bo'yicha 1900 taga yetdi, ularda I mln. 400 ming kishi shirkat a'zosi sifatida mehnat qildi. Agrar
munosabatlar tizimida shirkat xo'jaligida paychilik asosiga qurilgan oila pudratiga keng o'rin
beriidi.
Qishloq xo'jaligida fermer va dehqon xo'jaliklari salmoqli o'rin egallamoqda. 2004- yilda fermer
xo'jaliklari soni 85,5 mingdan ziyodni tashkil etdi. Bu turdagi xo'jaliklar don, kartoshka,
sabzavot-poliz mahsulotlari, go'sht, sut, tuxum yetishtirishda tobora salmoqli o'rinni egaflab
qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtiradigan asosiy ishlab chiqaruvchilarga aylanmoqda.
Qishioqda shaxsiy yordamchi xo'jaliklar dehqon xo'jaliklari sifatida qayta shakllandi. Dehqon
xo'jaligi - bu oilaviy mayda tovar xo'jaligi bo'lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig'iga umrbod
meros qilib beriladi, mahsulotlar oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida yetishtiriladi va
sotiladi. 2003-yilda 3,5 mln.dan ortiq dehqon xo'jaligi faoliyat yuritdi. Respublikada
yetishtirilgan go'shtning 93,7 foizi, sutning 95,9 foizi, kartoshkaning 90 foizi, sabzavot-poliz
mahsulotlarining 70,3 foizi, tuxumning 53,5 foizi dehqon xo'jaliklari tomonidan tayyorlandi.
2003- yilda respublikamiz qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilgan jami mahsulotlarning 22.2 foizi
shirkal xo'jaliklariga, 14,9 loizi fermer xo'jaliklariga, 62,9 foizi dehqon xo'jaliklarida yetishtirildi.
2005 - yilda esa fermer xo'jaliklarida 1 minilliondan ziyod kishi hand bo'ldi, paxtanng 66%i,
g'allaning 55%i fermer xo'jaliklarida yetishlirildi. 2006 yil birinchi yarmida 210 ta
ixtisoslashitiriilgah meva-sabzavotchilik va uzumchilik shirkat xo'jaliklari nogizida 39 ming
fermer xo'jaliklari tashkil etildi. Paxtachilik va g'allahilikda esa 447 shirkal fermer xo'jaliklariga
aylantirildi. 2014-yilda dehqon va fermerlar uyushmasi Ozbekiston fermerlar kengashiga,
joylarda esa viloyat va tuman fermerlar kengashiga aylantirildi.
2012-2014 yillarda paxta xom-ashyosi tayyorlashning barqaror hajmi saqlangan holda, sabsavot
yetishtirish 16,3 foizga, poliz mahsulotlari 16,6 foizga, meva yetishtirish esa 21 foizga kopaydi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi,
dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o'zgardi. Ular yerning haqiqiy
egasiga, o'z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylanmoqda. Qishloq xojaligida
fermer va dehqonlarning manfaatdorligini oshirish borasidagi organish va izlanishlarimiz davom
etmoqda. Sohaga ilgor texnologiyalar va klaster tizimi joriy etilmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: