78-savol:
O‘zbekistonda ko‘p ukladli iqtisodiyotning shakllanishi. (Davlat mulki, xususiy mulk,
aktsiyadorlik jamiyatlari)
Koʻp ukladli iqtisodiyot -turli mulk shakllari va har xil xoʻjalik turlarining yaxlitligidan tashkil topgan
iqtisodiy tizim. Xoʻjalik yuritish tarzi va uklad subʼyektlari faoliyatini tashkil etishning oʻziga xos
tizimiga ega boʻlgan turli ishlab chiqarish munosabatlarining birgalikda mavjud boʻlishi bilan yakka
ukladli iqtisodiyotdan farq qiladi. Har qanday iqtisodiyot koʻp ukladli harakterga ega.
Iqtisodiyot tuzilmalarning oʻzgaruvchanligi ukladlar xususiyatlariga katta taʼsir koʻrsatadi, natijada yangi
ukladlar paydo boʻlgach, eskilari sifat jihatidan yangi ukladlarga aylanadi yoki yoʻqolib ketadi. Bu
jarayonlar, ayniqsa, bir iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga oʻtishda yoki uning oʻzgarishida yaqqol koʻrivadi.
Shunga muvofiq \olda ukladlar 2 guruhga boʻlinadi: oʻtmishda ustun boʻlgan ijtimoiy tizimlarning
qoldigʻi tarzida mavjud boʻladigan ukladlar; ishlab chiqarish usullari va ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlardagi oʻzgarishlar natijasida paydo boʻladigan ukladlar. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti
davomida turli davrlarda biron-bir uklad hukmron mavqeida turgan. Mas, kapitalizmda, garchi davlat,
mayda tovar ishlab chiqarish ukladlari mavjud boʻlsada, kapitalistik uklad hukmron boʻlgan.
Bozor iqtisdiyoti sharoitida mulkchilik yangi shakllari va munosabatlarining xuquqiy asoslari.
O‘zbekistonda mulkchilik huquqiy iqtisodiy o‘zgarishlarning asosi hisoblanadi. Respublikamizda
mulkdor huquqi qonun bilan tan olingan va himoya qilinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikni
tashkil etish shakllari:
Davlat mulki: respublikamizdagi ma’muriy-hududiy birliklarning mulklari (kommunal mulklar ham
kiradi). Davlat mulkiga: 1) yer va yer osti, ichki suvlar, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, respublika
hududi doirasidagi havo havzasi. 2) O‘zR boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari mol-mulklari. 3)
Respublika xalqlari madaniy va tarixiy qadriyatlari. 4) Respublika byudjeti vositalari, oliy o‘quv yurtlari
va h.k.
Xususiy mulk: o‘z mol-mulkidan o‘z erki bo‘yicha foydalanish va tasarruf etish, unga huquqiy jihatdan
xususiy egalikni bildiradi. Xususiy mulk-mulkchilikning boshqa shakllari bilan bir qator daxlsiz va davlat
tomonidan himoyalaniladi. Jamoa (shirkat yoki fermer) mulki: oilaning mol-mulkini, mahalla mulkini,
yuridik shaxslar bo‘lgan kooperativlar, ijara, jamoa korxonalarining, jamoat va diniy tashkilotlarning,
turli xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari, fererlar, assotsiatsiyalar va boshqa birlashmalar mulklarini o‘z
ichiga oladi.
Boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarga qarashli yuridik va jismoniy shaxslarning mulklari:
O‘zbekiston hududida joylashgan va xorijiy yuridik hamda jismoniy shaxslarga foydalanish uchun
berilgan mol-mulklar va nomulkiy huquqlar kiradi.
Mulkchilikning aralash shaklida: erishilgan bitimga ko‘ra mol-mulkning ma’lum bir qismi davlat va
nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lishi mumkin. Ikki tomonning hamkorligida amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |