Lipidlar almashinuvi
Lipidlar sinfiga kimyoviy tarkibi bir xil bo'lmagan, bir qancha fizik, kimyoviy
xususiyatlari bilan umumlashtiriluvchi moddalar kiradi. Kimyoviy tarkibi.,bo'уicha
ularni oddly lipidlar (fosfolipidlar, neytral yog'lar) va murakkab (glukolipidlar,
sulfolipidlar) va steroidlarga ajratiladi. Hayvon va odam organizmidagi lipidlarning
asosiy massasini neytral yog'lar tashkil etadi. Ular asosan trilitseridlar, ya'ni glitserin
va bar xil yog' kislota (ko'proq palmitin, stearin, olein, linol, linolenlar tutadigan
murakkab organik moddalardir.
Neytral yog'lar odam va hayvon ovqatida - energiyaning asosiy manbai hisoblanadi. 1
gr yog' oksidlanganida 38,97 kDj yoki 9,3 kkal issiqlik ajraladi. Kattalarning
taxminan 50% energiyasini va emizikli bolalarning 40% energiyasini neytral yog'lar
ta'minlaydi, bunda endogen suv hosil bo'lib, bar 100 g yog'dan 107 ml suv hosil
bo'ladi. Bu esa, tanada suv almashinishini normal borishini .ta'minlaydi. Neytral
yog'lar zahiralarining oziq manbai sifatidagi roli tuyada tasvir qilish mumkin. Uzoq
vaqt cho'lda yurganda tuyaning o'rkachidagi yog' birdan energetik zahira ham va
kerakli miqdordagi endogen suv manbai ham bo'lib xizmat qiladi. Tanani teri ostida
joylashgan neytral yog1 harorati biologik muvofiqlashtiruvchi tizim bo'lib xizmat
qiladi, ya'ni tanada issiqlikni saqlaydi. Bunday yog'ni to'planishi ayniqsa dengiz va
shimol hayvonlarida uchraydi.
Shunday qilib, neytral yog' zaxiralari to'plami a'zolar, tomirlar va asablarni o'rab olib,
ularni tashqi travmatik ta'sirlaridan saqlaydi.
ҚаМа odamlarning bir kecha-kunduzdagi neytral yog'ga bo'lgan ehtiyoji 70-80 g, 3-
10 yoshli bolalarda 25-30 g ni tashkil qiladi.
Energetik tbmondan neytral yog'lar karbonsuvlar bilan bemalol almashinadi. Lekin
ba'zi to'yinmagan yog' kislotalar, masalan, linolen va araxidon kislotalari odam
ovqatida albatta bo'lishi kerak, chunki ular me'yorda o'sish uchun va bir qancha
a'zolar funksiyalari uchun kerakdir. Ovqatda bu kislotalarning uzoq vaqt bo'lmasligi
yosh hayvonlarning bo'y o'sishini sekinlashuvi, kattalarda esa urchish xususiyatining
yo'qolishiga olib keladi. Odamlarda, ayniqsa bolalarda teri shikastlanishi vujudga
keladi. Shu kislotalarga odamning bir kecha-kunduzlik ehtiyoji 3-6 g ni tashkil qiladi.
Tanaga ovqat bilan kiruvchi yog' ingichka ichakda so'riladi. Ichakda yog' kislotalar
ta'sirida yog' emulsiyalanadi.
Emuisiyalangan yog'ning 25-45% i me'da osti bezining lipazasi va ichak shirasi
ta'sirida glitserin va yog' kislotalargacha parchalanadi.
tomonga siljishiga olib keladi. 25-yoshdan o'tgandan so'ng yog' almashinuvi har 10
yildan so'ng taxminan 7,5% ga pasayadi. Shu jihatdan ko'pgina keksa yoshdagi
kishilarda semirish kuzatiladi, bu esa ishtaha markazining kuchli qo'zg'alishi va
energetik sarflanishining pasayishi oqibatidir.
Chuqur qarilik davrida odatda oriqlash kuzatiladi, bu esa simpatik jarayonlar
qo'zg'aluvchanligining pasayishi, shu jihatdan karbonsuvlarning yog'larga o'tishining
pasayishi natijasida yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |