E nuritdinov



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/158
Sana04.09.2021
Hajmi0,91 Mb.
#164576
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Azot balansi 
 
Azot  oqsillar  va  aminokislotalar  .tarkibiy  -.qisniining  asosiy  elementi 
hisoblanib, orga-nizmga oqsilli va boshqa xil oziq moddalar tarkibida kiradi. 
Organizmga  ovqat  bilan  kiradigan  va  siydik,  ter  va  boshqa  yo'l  bilan 
chiqadigan azot miqdorlarining nisbati azot balansi deb ataladi.Organizmga kiradigan 
va undan chiqadigan azot miqdori bir xil bo'lgan holda azot baravarligi (muvozanati) 
kuzatiladi.Bu hol ko'pincha katta yoshdagi odamlarda kuzatiladi. 
Organizmga ovqat bilan kiradigan azot miqdori organizmdan chiqadigan azot 
miqdoriga nisbatan ortiq bo'lsa,organizmda nusbiy azot balansi kuzatiladi,ya'ni oqsil 
parchalanishidan  ko'ra  ko'proq  hosil  bo'ladi.Bu  hodisa  ko'pincha  kichik  yoshdagi 
o'sayotgan bolalarda, ayollarda homiladorlik paytida, shiddatli jismoniy mashqlardan 
keyin,  mushak  faoliyati  kuchayganda,  ka-sallikdan  keyin  va  boshqa  holfarda 
kuzatiladi. 
Manfiy  azot  balansi  (azot  tanqisligi)  -  organizmdan  chiqqan  azot  miqdori 
organizmga  kirgan  azot  miqdoriga  nisbatan  ortiq  bo'lgan  holda  kuzatiladi.Manfiy 
azot  balansi  oqsil  ochlik,  isitma,  oqsillar  almashinuvining  neyroendokrin 
boshqarilishi  izdan chiqqan hollarda kuzatiladi. 
Mutaxassislar  tomonidan  ish  xarakteriga  va  yoshga  bog'liq  bo'lgan  holda  oqsilli 
oziqlanish  me'-yori  ishlab  chiqilgah.Masalan,  70  kg  og'irlikdagi  katta  yoshdagi 
sog'lom  odamlar  va  aqliy  meh-nat  bilan  shug'ullanuvchi  kishilar  uchun  me'yorda  1 
kecha ktinduzda 100 g gacha,o'rtacha jismoniy mehnat bilan mashg'ul bo'luvchilarga 


 
91 
120 g, og'ir jismoniy mehnatdagilar uchun esa - 130-150 g oqsil iste'mol qilish talab 
qilinadi. 
Oqsilning miqdoriy oziqlanish tomoni bilan birgalikda uning sifatiy tomonini 
ham  e'ti-borga  olish  kerak.Gap  shundaki,organizmda  kechadigan  oqsil  biosintezida 
oziq-ovqat  tarkibida-gi  aminokislotalaraing  tarkibiy  jihati  ham  muhim  ahamiyatga 
ega bo'ladi. 
Biologik 
nuqtayi 
nazardan 
oqsil 
biosintezida 
ishtiok 
etadigan 
aminokislotalarni 2 guruh-ga bo'lish mumkm. 
Almashinadigan 
aminokislotalar.Bu 
aminokislotalarning 
oziq-ovqat 
moddalari    tarkibi-dagi    yetishmovchiligi    boshqa    aminokislotalar    tomonidan 
qoplanadi. 
Almashinmaydigan  aminokislotalar,  ular  tanada  hosil  bo'lmaydi,ular  albatta 
oziqa  tarki-bida  bo'lishi  shart  bo'lgan  aminokislotalar  va  ularning  yetishmovchiligi 
oqsil 
sintezini 
izdan 
chiqarishiga 
olib 
keladi.Almashtirib 
bo'lmaydigan 
aminokislotalarga  valin,  leytsin,  treonin,  izo-leytsin,  metionin,fenilalanin,  triptofan, 
lizin, gistidin, arginin kiradi. 
O'simlik  mahsulotlaridan  iborat  oziqlarga  :qaraganda  hayvon  mahsuloti 
tarkibli  oziqlar  tarkibida  almashtirib    bo'lmaydigan  aminokislotalar  ko'p 
bo'ladi.Aminokislotalarning  kerakli  yi-g'indisini  saqlovchi  oqsillarni,  biologik  to'la 
qimmatli oqsillar deb nomlanadi.Oo'sht, baliq, tu-xum, sut tarkibidagi oqsillar yuqori 
darajadagi  biologik  to'la  qimmatli  oqsil  hisoblanadi.  Makkajo'xori,bug'doy,arpa 
oqsillari to'la qimmatli bo'lmagan oqsillardir. 
Oqsil sinteziga va parchalanishiga markaziy asab tizimining boshqaruv ta'siri 
to'g'ri  asab  o'tkazuvchi  yo'l  bilan  amalga  oshiriladi,  shunga  mos  holda  ichki 
sekretsiya  bezlarining  funksi-onal  holati  ham  o'zgartiriladi.Asab  tizimining  oqsil 
metabolizmiga  vositasiz  ta'sirining  bo'lmas-ligi  ko'pgina  tajribalarda  asab  tolalarni 
qirqib qo'yish yo'li bilan aniqlangan. 
Asab  ta'sirlaridan  mahrun  qilingan,  ya'ni  denervatsiya  qilingan  to'qimalarda 
oqsil  tuzil-masining  metabolizmi  izdan  chiqishi  kuzatiladi.Hayvonlarda  bosh  miya 
katta  yarim  sharlari  po'stlog'i  olib  tashlanishi  natijasida  oqsil  almashinuvi  susayishi 
isbotlangan.Bu holat ayniqsa, yosh hayvonlarda kuzatiladi, bu esa bo'y o'sishi va tana 
massasining oshishiga olib keladi. 
Gormonlar  oqsil  almashinuviga  ta'sirining  turli-tumanligi  bilan  bir-biridan 
farqlanadi.  Bir  xil  gormonlar  oqsil  sintezini  faollashtiradi,ya'ni  anabolitik  ta'sir 
ko'rsatadi,boshqalari oqsil-ning parchalanish jarayonini faollashtiradi,ya'ni katabolitik 
ta'sir ko'rsatadi. 
Somatotropin-gipofiz  bezining  oldingi  bo'lagida  sekretsiyalanadigan  gormon 
hisoblana-di.U  tananing  o'sish  davrida  skeletning  o'sishini  va  barcha  a'zo  va 
to'qimlarning  oqsil  massasini  oshishini  ta'minlaydi.Odam  va  hayvon  hayotining 
keyingi  davrlarida  somatotropin  gormoni  normal  hayot  qobiliyatlari  uchun  kerakli 
bo'lgan oqsilni sintezlanib turishini boshqarilishida asosiy rol o'ynaydi. 
Hozirgi  zamon  tasavvurlariga  ko'ra  oqsil  sintezining  somatotropin  ta'sirida 
faollashishi turli mexanizmlar bilan tushuntiriladi: 
1.Aminokislotalarning    hujayra  tashqi  muhitidan  hujayra  ichiga  o'tishining 
tezlashuvi; 
2.Hujayra    yadrosida    informatsion  RNK  sintezi,u  orqali  oqsil  sintezining 


 
92 
kuchayishi va subhu-jayraviy tuzilmalarining shakllanishi; 
3.Katepsin-hujayra 
ichi 
proteolitik 
sintezlar 
ta'sirini 
susaytirish. 
          Insulin    bu    ham    anabolitik    ta'sir  ko'rsatadigan    gormondir.U  oqsil 
almashinuviga  be-vosita  va  karbonsuv  almashinuvi  orqali  esa  bilvosita  ta'sir 
ko'rsatadi.Bu gormonning bevosita ta'siri shu bilan tavsiflanadiki,u ammokislotalarga 
nisbatan 
hujayra 
membranalarining 
o'tkazuv-chanligini 
oshiradi.Natijada 
aminokislotalarning  hujayra  tashqi  muhitidan  hujayraning  ichiga  o'tishi  oshadi.Shu 
sabali  hujayra  ichida  oqsil  sintezi  faollashadi.Bundan  tashqari,insulin  ta'sirida  bir 
talay  to'qimalarning  hujayralari  tomonidan  glukozaning  hazm  bo'lishi  yoki  iste'mol 
qilinishi  kuchayadi,oqibatda  ancha  miqdorda  energiya  ajraladi  va  ma'lum  miqdorda 
oqsil sintezi jara-yonlarida sarflanadi. 
Qalqonsimon  bez  gormonlari  (tiroksin,  triyodtironin)  oqsil  almashinuviga, 
oqsilli oziq-lanishga va oqsil almashinuvining oxirgi holatiga ta'sir ko'rsatadi.Bezning 
me'yor funksiyasida oqsil sintezini: rag'batlantiradi, shu tufayli oqsil sintezini, a'zolar 
va 
to'qimalar 
differensiatsiy-asining 
rivojlanishini 
faollantiradi.Oqsil 
bilan 
oziqlanishning  me'yordan  ortiqcha  miqdorda  bo'-lganda  gormonlarning  ta'siri 
katabolitik  tavsirga  ega  bo'ladi,bu  o'z  navbatida  oqsil  parchalanishi  jarayonlarini 
kuchaytiradi. 
Jinsiy  gormonlar.Ayollar  jinsiy  gormoni  faqat  maxsus  ayollar  jinsiy  a'zolari 
(bachadon,  qin,  ko'krak  bezlari)  dagi  to'qimalarda  ishlab  chiqilib,ular  oqsil  sintezini 
kuchaytiradi.Boshqa  a'zo  va  to'qimalardagi  oqsil  almashinuviga  estrogenlar  ta'sir 
qilmaydi.Erkaklar jinsiy gormon-lari (androgenlar) xuddi shunday anabolitik ta'sirga 
ega,  lekin  ularning  ta'siri  estrogerilardan  ko'ra  yanada  ko'proq  bo'ladi.Androgenlar 
ta'sirida  oqsil  sintezi  faqat  erkak  jinsiy  a'zolarda  ku-chaymay,  balki  boshqa 
to'qimalarda  ham  kuchayadi.Androgenlar  steroid  tizilmasi  asosida  ko'p-gina  sintetik 
preparatlar  tayyorlangan:ular  oqsil  sinteziga  aniq  anabolitik  va  kuchsizlangan 
spetsifik ta'sir ko'rsata olish qobiliyatiga ega.Ular bolalar bo'yining o'sishida, ayniqsa, 
fiziologik rivojlanishi qoloq bo'lgan bolararni davolashda ishlatiladi. 
 

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish