E nuritdinov


ОЧ  safroning  hosil  bo'lishi,  ajralib  chiqishi  va  ovqat  hazm  qilish  jarayonida



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/158
Sana04.09.2021
Hajmi0,91 Mb.
#164576
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

ОЧ  safroning  hosil  bo'lishi,  ajralib  chiqishi  va  ovqat  hazm  qilish  jarayonida 
qatnashishi 
 
O't  pufak  o'ti,  ya'ni  o't  pufagidan  ichakka  qo'yiladigan  o't  va  jigar  o'ti  ikki  xilga 
bo'linadi.  Ularning  farqi  shuki,  pufak  o'ti  quyuqroq  bo'ladi,  chunki  ovqat  hazm 
qilinmagan vaqtda o't pufakda to'planib, suvi qisman so'riladi. O't quyuqlashib, rangi 
qoramtirroq bo'lib qoladi. Jigar o'ti esa hosil bo'lgach o't pufagiga kirmay, to'g'ridan-
to'g'ri ichakka quyiladi. Jigar o'ti och sariq bo'lib, suyuq choyga o'xshaydi. 
O't  -  safroning  jigardan  hosil  bo'lishi  xolerez  deyiladi.  O't  ovqat  hazm  qilish  uchun 
muhim ahamiyatga ega bo'lgani sababli jigarda uzluksiz hosil bo'ladi. Ammo o'n ikki 
barmoqli ichakka o't ovqat hazm qilish vaqtida quyiladi. Ovqat hazmi to'xtaganda o't 
(safro) o't pufagida to'planadi. Odamda bir kecha kunduzda hammasi bo'lib 0,5-1,5 1 
o't hosil bo'ladi. 
O'tning  asosiy  tarkibiy  qismini  o't  kislotalari,  o't  pigmentlari  va  xolesterin  tashkil 
qiladi.  Undan  tashqari  uning  tarkibiga  yog'  kislotlari,  musin,  turli  ionlar:  Na+,  K+, 
Ca2+,  Gl,  HCO3  va  boshqa  moddalar  ham  kiradi;  jigardagi  o'tning  pH-7,3-8,0  va 
pufakdagi o'tning pH-6,0-7,0 ga teng. 
O'tning  birlamchi  kislotalari  -  xoll  va  xenodezoksixol  kislotalari  jigar  hujayralari 
(gepatotsitlar)  da  xolesterindan  hosil  bo'lib,  glisin  yoki  taurin  bilan  birikib  natriy 
tuzlari  (glikoxol)  va  kaliy  tuzlari  (tauroxol)  kislotalari  shaklida  chiqariladi.  Ichakda 
esa  ular  bakterial  flora  ta'siri  ostida  ikkilamchi  o't  kislotalari  dezoksixol  va 
litoxollarga 
aylanadi. 
Ichakdan 
o't 
kislotalarining 
90% 
igacha 
qonga 
reabsorbsiyalanib, jigarga qaytadi. 
O't  pigfnentlariga  bilirubin  va  biliverdin  kiradi.  Bilirubinning  oksidlanishi  tufayli 
biliverdin hosil bo'ladi. Odam o'tida asosan bilirubin bor. Eritrotsitlar parchalanganda 
chiqadigan gemoglobindan bilirubin hosil bo'ladi. 1 g gemoglobindan 40 mg bilirubin 
hosil bo'ladi. 
O't  -  safroning  hosil  bo'lishi  (xolerez)  ovqat  iste'mol  qilgan  vaqtda  ortadi.  Lekin 
xolerezning eng asosiy sababchisi sekretin hisoblanadi, chunki uning ta'sirida o'tning 


 
84 
sekretsiyasi  va  undagi  bikarbonatlarning  miqdori  oshadi.  Xolerez  jarayoni  uchun 
ichakdan qonga so'riladigan o't kislotalarning ahamiyati juda katta, ular o't va undagi 
organik moddalarning miqdorini ko'payishiga sababchi bo'ladi. 
O't  hosil  bo'lishini  qo'zg'atuvchi  gumoral  ta'sirlovchilar  orasida  o'tning  o'zi  alohida 
o'rin  tutadi.  Qonga  o't  yuborilganda  jigar  hujayralarining  sekrelor  ishi  kuchayadi, 
natijada  ular  qonga  kiritilganiga  qaragartda  ko'proq  o't  chiqaradi.  Ba'zi  moddalar 
gumoral yo'l bilan ta'sir etib, jigar hujayralarida o't hosil bo'lishini qo'zg'aydi. Gastrin, 
sekretin  va  go'sht  ekstraktlari  shunday  gumoral  moddalardan  hisoblanadi.  Bu 
moddalarning  hammasi  sekretor  hujayralarga  bevosita  ta'sir  etib,  o't-safrohosil 
bo'lishini  qo'zg'aydi.  O't  asab  impulslarining  ta'sirida  refleks  yo'li  bilan  ham  hosil 
bo'ladi.  Adashgan  va  o'ng  diafragmal  asablar  qo'zg'alishi  natijasida  o'tning  jigar 
hujayralaridan  chiqishi  kuchayadi,  simpatik  asablar  esa,  aksincha,  o't  sekretsiyasiga 
tormozlanuvchi natija beradi. Bu murakkab jarayonga reflektor yo'li bilan ham ta'sir 
yetkazish mumkin. Masalan, me'da, ingichka va yo'g'on ichaklarning retseptorlaridan 
(intero  retseptorlardan)  keladigan  asab  impulslari  ham  o't  chiqarish  jarayoniga  o'z 
ta'sirini yetkazadi. 
Bosh  miya  yarim  sharlari  po'stlog'i  o'tning  hosil  bo'lishiga  va  ajralib  chiqishiga 
ishtirok  etib,  jigarning  fiziologik  holati  va  organizm  tomonidan  iste'mol  qilingan 
ovqatning turiga qarab o't chiqarishi jarayonini boshqaradi. 
Iste'mol  qilingan  ovqat  turiga  qarab,  o'tning  miqdori  va  tarkibi  turlicha  bo'ladi.  Sut, 
go'sht va non kuchli o't chiqaruvchi omillarga kiradi. Tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, 
go'sht yeyilganda o'tning ishlab chiqarish davomiyligi 7 soatga teng, nonda 10 soat va 
sutda 9 soat. O't go'sht ya sutga ko'p miqdorda sekretsiyalanadi, nonda esa kam. 
 

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish