E nuritdinov



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/158
Sana04.09.2021
Hajmi0,91 Mb.
#164576
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Chanqov 
 
Chanqov  sezgisi  uchun  fiziologik  reaksiya  -  suv  ichishdir.  Organizmga  suv  yetarli 
kirmaganda  yoki  mineral  tuzlar  ortiqcha  kirganda  (masalan, sho'r  ovqat  yeyilganda) 
yoki  ko'p  suv  yo'qotilganda  (ko'p  terlash,  siydik  haydovchilar  ta'sirida)  chanqov 
paydo  bo'ladi.  Chanqov  sezgisi  organizmda  suv  balansini  va  elektrolitlar 
muvozanatini doim bir darajada saqlab turishga yordam beradi. 
Zamonaviy  nazariyalarning  biriga  ko'ra,  chanqov  umumiy  his  hisobalanadi.  Uning 
kelib  chiqish  mexanizmini  organizmda  suv  kamayganda  osmotik  bosimning 
ko'tarilishiga  sezgir  bo'lgan  maxsus  retseptorlarning  qo'zg'alishi  bilan  tushuntirish 
mumkin.  Osmoretseptor  hujayralar  deb  ataluvchi  bunday  retseptorlar,  jumladan, 
gipotalamusda topilgan. 
Bu nuqtayi nazardan chanqov vaqtida doim og'iz va halqum qurish sezgisi ikkilamchi 
hodisadir.  Og'iz  va  halqumni  suv  bilan  chayish  chanqov  sezgisini  kamaytiradi-yu, 
yo'qotmaydi.  Qonga  gipotonik  eritma  yoki  to'g'ri  ichakka  suv  kiritilgandagina 
chanqov  sezgisi  yo'qolishi  mumkin.  Odam  bir  talay  suv  yo'qotganda,  masalan, 
haddan  tashqari  ko'p  suv  ajralganda  (vaboda)  shunday  hodisa  kuzatilgan. 
Ezofagotomiya  qilingan  it  ustida  o'tkazilgan  kuzatishni  chanqov  umumiy  his  degan 
farazga dalil qilib keltirish mumkin. Bunday it uzoq vaqt suv ichishi mumkin, lekin 
bu  suv  qizilo'ngachning  qirqilgan  joyidan  tashqariga  chiqib  ketadi  va  organizmga 
kirmaydi.  Bunda  chanqov  bosilmaydi,  albatta.  Me'daga  ozroq  kiritilsa,  hayvonning 
chanqovi bosiladi (N.l.Juravlev, B.G.G'afurov). 
B.G.G'afurovning fikricha, bosh miyada ovqat markaziga o'xshash «ichish markazi» 
bor. Chanqov  paydo  bo'lishi  gipotalamusning  lateral  va  ventromedial  funksiyalariga 
hamda  bosh  miya  yarim  sharlar  po'stlog'ining  4,  6,  8,  9,  10,  11,  12  maydonlari 
faoliyatiga bog'liq. 
Shunday qilib, to'qimalarda suv kamayganda paydo bo'luvchi va suv ichishga hamda 
gomeostazning  tiklanishiga  olib  keluvchi  sezgi  chanqov  deb  ataladi.  U  Kennon 
chanqov  sezishni  so'lak  sekretsiyasining  kamayishiga,  shuning  natijasida  og'iz  va 
halqumning  qurishiga  bog'laydi.  Ajralgan  so'lak  miqdori  esa  organizmdagi  suv 
kamayganda so'lak sekretsiyasi ham kamayadi. So'lak sekretsiyasi 20% kamayganda 
chanqov  sezgisi  paydo  bo'ladi,  sekretsiya  50%  kamayganda  esa  chanqov  chidab 
bo'lmaydigan darajaga yetadi. 
 

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish