Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/92
Sana04.09.2021
Hajmi0,69 Mb.
#164483
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92
Bog'liq
maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari

“Geometrik shakllar”. O‘quv  yilining  dastlabki  oylarida  maktabgacha

yoshidagi bolalarning  o‘zlariga  tanish  geometrik  shakllar  -  doira  va  kvadratlarni

farq qilish hamda  to‘g‘ri  aytish  malakalarini  mustahkamlash kerak.  Bu ishni



guruhlarni  miqdoriy  taqqoslash  va  sanoqqa  o‘rgatish mashqlari bilan bir vaqtda

o‘tkazish maqsadga muvofiq. Mashg‘ulotlarda  bolalarni  doira,  kvadrat,

uchburchakning  ba’zi belgilari  bilan,  keyinroq  esa,  to‘g‘ri  to‘rtburchakning

belgilari  bilan tanishtirish,  shakllar  har  xil  o‘lchamli  va  har xil rangli  bo‘lishini

ko‘rsatish muhim.

Bolalar  tarbiyachi  bilan  birga  katta  o‘lchamli  (diametri  15  sm) shakllarni

qarashadi, kichik o‘lchamdagi xuddi shu shakllarni ko‘rsatishadi. Bolalarga  o‘z

konvertlaridagi  shakllarni  ajratish va  ular qanday shakllar ekanini va qanchaligini

aytish taklif qilinadi. Tarbiyachining  topshirig‘iga  binoan,  bolalar  shakllarning

kattaliklari  bo‘yicha  ortib  va  kamayib  borish  tartibida joylashtiradilar,  har  xil

shakllarning  miqdorlarini  taqqoslab,  qaysi shakllar  kam,  qaysi  «shakllarning

miqdori  barobar  eqanini aniqlaydilar.  Birinchi  mashg‘ulotda bolalarga

shakllarning bir  xil komplekti  beriladi, keyingi mashg‘ulotlarda esa, har qaysi bola

shakllarning shunday komplektini  oladiki,  unda  shakllarning miqdori, rangi va

o‘lchami har xil bo‘ladi. Tarbiyachining  ko‘rsatmasiga binoan, bolalar figuralarni

ikki poloskali kartochkalarga shakli, rangi, kattaligi bo‘yicha joylashtiradilar, so‘ngra

poloskalarning har qaysisidagi shakllar miqdorini taqqoslaydilar. Mashg‘ulotlarda

bolalar  kvadratlar bilan to‘g‘ri  to‘rtburchaklarni taqqoslaydilar va ularning ba’zi

xususiyatlari bilan tanishadilar.

Shuni  kuzatish  kerakki,  bolalar  «burchak»  so‘zini  burchakning  uchi bilan,

ya’ni  burchakni  hosil  qiluvchi  nurlar  (tomonlar)  chiqadigan  nuqta bilan

bog‘lamasinlar.  Shuning  uchun  burchak  ko‘rsatilayotganda,  qo‘lni burchak

tekisligida  bir  tomondan  ikkinchi  tomongacha  surib  borib ko‘rsatish maqsadga

muvofiqdir.

Bolalar o‘z kvadratlari va to‘g‘ri to‘rtburchaklarining tomonlarini topishadi,

so‘ngra    esa    burchaklarini    topishadi,    tomonlar    va    burchaklar  miqdorlarini

sanashadi,  kvadrat  va  to‘rtburchakning  to‘rttadan  burchagi va to‘rttadan tomoni

borligini aniqlashadi.

Navbatdagi  mashg‘ulotda  ular  uchburchaklarni  ham  xuddi  shunday

tekshirishadi    va    hamma    uchburchakda    uchtadan    burchak    va    uchtadan    tomon

borligini aniqlashadi. Bunday  mashqlarni  bolalar  shakllarni  tekshirib,  ko‘yilgan

savolga javobni mustaqil izlab topa oladigan qilib tuzish kerak.

Geometrik    shakllar    haqidagi    bilimlarni    mustahkamlash    uchun  tarbiyachi

bolalarga  oldin  sanoq  cho‘plaridan  shakl   tuzishni,  so‘ngra murakkabroq

ornamentlar hosil qilishni taklif qiladi.

Shakllarni farq qilish va aytish bo‘yicha mashq qildirish uchun «Nima

o‘zgardi?»,  «Nima  yo‘q  bo‘ldi?»,  «Shakllar  dominosi»,  «Xuddi  shunday shaklni

ko‘rsat»  kabi  didaktik  o‘yinlardan  foydalaniladi.

Masalan,    tarbiyachida    plakat    bo‘lib,    unga    har    xil    geometrik  shakllar

joylashtiriladi. Tarbiyachi  goh  u shaklni,  goh  bu  shaklni  ko‘rsatadi,  bolalar  esa,




o‘z  shakllari  orasidan xuddi shunday shakllarni topishadi, ko‘rsatishadi va nomini

aytishadi.




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish