Uzum boshlarini siyraklashtirish. G‘ujumlari yaxshi
rivojlangan ancha chiroyli uzum boshlarini yetishtirish uchun
ulardan bir nechta g‘ujum yoki ularning ayrim shoxlari olib
tashlanadi. Bunda umumiy hosil kamayadi. Ток gullab uning
gullari tabiiy to‘kilganda 10–15 kundan keyin siyraklashtira
boshlanadi.
Tokni qo‘shimcha sun’iy changlash. Gullar to‘kilib
g‘ujumlarning maydalashib ketishining oldini olish uchun tokni
sun’iy ravishda qo‘shimcha changlash samarali tadbir hisobla-
nadi. funksional urg‘ochi gulining navlarini sun’iy changlash-
da tokning ikki jinsli navlaridan ilgari tayyorlangan va yangi
yig‘ilgan changdan foydalaniladi. Ikki jinsli navlar yoppasiga
gullagan davrda to‘pgulini sekin silkitib chang qog‘oz xaltacha-
larga yig‘ib olinadi.