Kuchli o‘sadigan novdalarni olib tashlash. Tokning deyarli
har bir tupida kuchli o‘sadigan, ba’zan esa surh novdalar ham
bo‘ladi. Bular tana asosidagi zangda va ma’danli zanglarda joyla-
shadi. Ular birinchi va ikkinchi yili kam hosil beradi. Bularning
hosildorligini oshirish maqsadida tupning o‘sish kuchini ularda
qo‘ltiq novdalar hosil bo‘lishiga yo‘naltirish maqsadga muvofiq-
dir. Bunda har bir novda uchun 3–4 qo‘ltiq novda qoldiriladi.
Qo‘ltiq novdalarda hosil yetishtirish va novdalarning uchini kesish. Novdalarning uchi chilpib tashlanganda oziq
moddalar shakllanayotgan qo‘ltiq kurtaklarga boradi, bu esa ko‘p
navlardagi ana shunday kurtaklardan to‘pgul hosil bo‘lishiga
yordam beradi. Sun’iy yo‘l bilan hosil qilingan qo‘ltiq novdalar
tez o‘sadi va yuqori agrotexnika qo‘llanganda anchagina mo‘l
hosil beradi.