P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet301/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

Kayfiyat

Kayfiyat 

zaif yoki  o'rtacha  kuchga  ega  bo'lgan  va,  odatda,  ancha 

barqaror emotsional  holatdir.  Odamdagi ba’zi bir kayfiyat bir necha kun, 

bir necha hafta,  bir necha oy va undan ham ko'proq davom etishi  mum­

kin. Quvnoq kayfiyat, ma’yus kayfiyat, g'amginlik kayfiyati, g'azab kayfi- 

yati  va shu  kabi  kayfiyatlar,  yaxshi  yoki  yomon  kayfiyatlar bo'lib  turishi 

hammaga  ma’lum.  Biz  biror  kishidan,  ahvollaringiz  qalay,  deb 

so'raganimizda,  biz,  asosan,  uning kayfiyatini  nazarda tutamiz.

Odamdagi  turli  kayfiyat  turlicha  sabablar  tufayli  tug'ilishi  mumkin. 

Odamning shaxsiy yoki ijtimoiy hayotida sodir bo'lgan va shu odam uchun 

katta  ahamiyatga  ega  bo'lgan  biror voqea  mana  shu  xildagi  kayfiyatning 

tug'ilishiga  sabab  bo'lishi  mumkin.  Biror  ishning  muvaffaqiyatli  baja- 

rilganligi odamda bir necha kun davom qiladigan xursandlik, shodlik kay­

fiyatini  tug'dirishi  mumkin.  Biror ishning  muvaffaqiyatli  bajarilganligiga 

mo'tabar kishi yoki muassasa tomonidan berilgan yuksak baho odamning 

kayfini  chog'  qilib  yuboradi.  Ishdagi  chatoqlik,  muvafTaqiyatsizlik,  odam­

ning qilgan ishiga past baho berilganligi  uning ruhini tushirib yuboradi, unda 

ma’yuslik tug'diradi,  uning o'z kuchiga  ishonchsizlik vujudga keltiradi.

Odamdagi  nerv  sistemasining  holati  va  umuman  odam  sog'lig'ining 

holati  odamda  ma’lum  bir kayfiyatning  tug'ilishiga  sabab  bo'lishi  mum­

kin.  Ba’zan  kishi  o'zida  muayyan  kayfiyat  tug'dirgan  sabab  nimaligini 

anglamaydi.  Bunday  hodisa  ko'pincha  organizmning  holati,  jumladan, 

nerv sistemasining holati  sababli  vujudga  keladi.



Odatda,  muayyan kishida u yoki bu xil kayfiyat ustunlik qilishi mum­

kin.  Odatda,  qay  xildagi  kayfiyatning ustunlik  qilganiga  qarab,  biz  ba’zi 

kishilami quvnoq,  xushchaqchaq, bardam kishilar deymiz, ba’zi kishilar- 

ni esa g‘amgin,  ma’yus,  beparvo kishilar deymiz.  Mana shunday ustunlik 

qilgan  kayfiyat  odam xarakterining xislati  bo'lib  qoladi.

Odamning barcha psixik jarayonlarida va faoliyatida kayfiyat katta rol 

o'ynaydi. Tasawurlar va flkrlaming o'tishidagi tezlikka, shuningdek, tasav- 

vur  va  fikrlarning  mazmuniga  hamda  yo'nalishiga  kayfiyat  ta’sir  qiladi. 

Odamdagi boshqa emotsional kechinmalaming hammasiga kayfiyat, odat­

da,  o'zining ta’sirini  o'tkazib turadi,  bu  kechinmalaming,  intilishlarning 

va harakatlarning faolligida shu kayfiyat o'zgarishini ko'rsatadi.  Masalan, 

odamning kayfi chog' bo'lsa, u ancha faolroq bo'ladi, odam ma’yus bo'lsa, 

unchalik faol bo'lmaydi. Odamning kayfiyati uning tevarak-atrofdagi kishi­

larga va narsalarga munosabatiga ta’sir qiladi. Chunonchi, odam xursand 

bo'lib turganida uning ko'ziga hamma narsa yaxshi bo'lib ko'rinadi, odam 

xafa  va  ma’yus  bo'lib  turganida,  uning  ko'ziga  hamma  narsa  yomon 

ko'rinadi.  Ijobiy  kayfiyat,  xushchaqchaqlik  va  xursandlik  kayfiyati  ustun 

bo'lib turganida, odam vaqtincha muvaffaqiyatsizliklarni vaxafagarchilikni 

ham  osonlik  bilan  o'tkazib  yuboradi.

Odamzod  onglidir,  binobarin,  u  salbiy  kayfiyat  bilan  kurashmog'i: 

ma’yuslikka,  bo'shanglikka,  sababsiz  tajanglikka  berilmasligi  mumkin  va 

lozim. Odamning o'zida va boshqa kishilarda bardamlik, xursandlik, xush­

chaqchaqlik  kayfiyati tug'dira bilishi  uning  eng yaxshi  xislatidir.

Odamning  o'zidagi  e’tiqod,  maslak,  qiziqish  hamda  o'zi  yashab  va 

ishlab turgan vaziyat undagi muayyan kayfiyatning davom ettirilishi uchun 

katta  ahamiyatga  egadir.  Bardamlik,  xushchaqchaqlik  kayfiyati  bizning 

kishilarimizning asosiy xususiyatidir. O'zbek xalqi mustaqillikka erishishini 

o'z maqsadi  va maslagi  deb biladi.  U  o'z mehnatining erkinligini anglab, 

Vatani  uchun  sidqidildan  harakat  qilish  ularda  mana  shunday  kayfiyatni 

vujudga  keltirdi.  Bizda  har  bir  kishi  nima  uchun  mehnat  qilayotganini, 

kim uchun mehnat qilayotganini biladi.  Mehnatning tagi  rohat ekanligini 

his  qiladi.

Ma’lumki,  mehnat  ijtimoiy foydali,  moddiy yoki  ma’naviy  mahsulot 

ishlab chiqarishga qaratilgan  faoliyatdir.  Mehnat  faoliyati  o'zining amal­

ga oshirilishi  uchun yuksak psixologik funksiyalarni talab qilish bilan bir­

ga,  insoniyat  taraqqiyoti  jarayonida  ularni  tarkib  topishi  uchun  shart- 

sharoitlar yuzaga  keltiradi.  Bu  esa  inson  kayfiyatiga  ta’sir qiladi.  Kayfi­

yatning chog'ligi  mehnat  unumdorligini  oshiradi.  Uni  sermahsul  qiladi.

Mustaqillikka to'la erishib olgunga qadar qancha uqubatli mehnatlar- 

ga  duch  kelindi.  Xalqimiz  tushkunlikka  tushmay,  qiyinchiliklarga  bar- 

dosh  berib,  to'siqlarni  yengib,  ko'tarinki  kayfiyat  bilan  mehnat  qilib  o'z




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish