Hissiyotning kuchi.
Emotsional kechinmalaming kuchi turlicha boMishi
mumkin. Hissiyotning kuchi, awalo, yoqimli yoki yoqimsiz tuyg‘ularning
naqadar kuchli boMishidadir. Shuning uchun ham «juda xursand boMdim»,
«unchalik yoqmadi» va shu kabi iboralar ishlatiladi. Subyektiv jihatdan
olganda, hissiyotning kuchi shu hissiyotni shaxsning naqadar ehtiros ila
kechirayotganligi bilan ham belgilanadi.
Hissiyotning kuchi intellektual (aql-idrok) jarayonlarga ham sezilarli
ravishda ta’sir qiladi. Emotsional qo‘zg‘alishning ma’lum bir darajasida
intellektual jarayonlar kuchayadi: idrok va tasawur yaqqolroq boMadi,
tafakkur jarayonlari jadallashadi. Lekin ba’zan, ayniqsa, kuchli emotsio
nal kechinmalar vaqtida intellektual jarayonlar cheklanadi, sustlashadi va
hatto aql-farosat qochadi. Odam o‘z hissiyotlarini tiyib tura olmaganlari-
da ko'proq shunday boMadi. Paydo boMgan tasawurlar va fikrlar to'xtalib
qoladi yoki yo'qoladi, mantiqiy bogManishlar susayadi, tafakkurning na
zorat qiluvchi, tanqidiy faoliyati bo'shashadi yoki butunlay to'xtab qola
di. Odam mana shunday qattiq emotsional iztirob holatida qattiq haya-
jonga tushgan yoki hovliqqan paytlarida ko'pincha nojo'ya ishlar qilib
qo'yadi, mantiqqa sig'maydigan, subyektiv, haqsiz, g'arazli xulosalar
chiqaradi, eng oddiy masalalarni ham hal qila olmay qiynalib qoladi. O'z
atrofidagi vaziyatni yaxshi payqay olmaydi. Agar kuchli hissiyotlami bizning
ongimiz boshqarib tursa, bu hissiyotlar bizning tamoyillarimiz tufayli
tug'ilgan bo'lsa, bunday kuchli hissiyotlar ijobiy ahamiyat kasb qiladi.
Ifodalovchi harakatlarning muskul-harakatlantiruvchi sohadagi va nutq-
dagi eng sezilarli o'zgarishlar bilan birga kuchayishi yoki kuchsizlanishi
sirtdan qaraganda hissiyotlarning kuchi qay darajada ekanligini bildirib
turadi. Hissiyot naqadar kuchli bo'lsa, uning sirtqi ko'rinishi shu qadar
ifodali bo'ladi.
Muayyan narsaga zo'r intilish bilan namoyon boMadigan kuchli hissiyot
lar katta-katta to'siqlami yenga oladigan kuchli harakatlarda ifodalanadi.
Sensor hissiyotdan farqli boMgan emotsional hissiyot his-tuyg'ular paydo
bo'Iishining tezligi va kuchi bilan belgilanadi.
His-tuyg‘ularning barqarorligi. Emotsional kechinmalar qanchalik uzoq
davom etishi (barqarorligi) bilan ham bir-biridan farq qiladi. Paydo boMgan
kechinmalar uzoq vaqt davom etilsa, bunday his-tuyg'ular barqaror kechin
malar deb ataladi. His-tuyg'ular paydo boMishi bilan darrov so'nib qolsa,
yoki boshqa biror emotsional kechinmaga tez o'tib ketsa. bunday his-
tuyg'ular beqaror his-tuyg'ular deb ataladi.
His-tuyg'ulaming kuchi va barqarorligini ularning chuqurligidan farq
qilmoq kerak. His-tuyg‘ularning chuqurligi, odatda, tasawurlar va fikr-
larning, shuningdek, mana shu konkret emotsional kechinma sababli paydo
boMgan va shu kechinmalarga muayyan bir ma’no berayotgan intilish-
laming xilma-xiiligi va boyligi bilan belgilanadi. Odamning e’tiqodlari,
dunyoqarashi, qiziqishlari va mayllari bilan aloqador tasawurlarga, fikr-
laiga va intilishlarga boy bo'lgan his-tuyg'ular chuqur his-tuyg'ulardir.
Chuqur his-tuyg'ular o'tib ketganidan keyin ham, odatda, ularning izi
uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ko'pincha tasodifiy idrok qilishlar va tasav-
vurlar bilan bog'liq bo'lgan beqaror his-tuyg'ular, ya’ni «havas» deb ata
ladigan his-tuyg'ular chuqur bo'lmaydi. Bunday vaqtincha havaslar, odatda,
odamning xotirasida biror sezilarli iz qoldirmaydi.
His-tuyg'ulami qo'zg'atuvchi emotsiyalarning xususiyati — paydo
bo'lish tezligi kuchi va barqarorligi bir qancha sabablarga, ya’ni nerv
sistemasining holatiga, muayyan paytda paydo bo'lib qolgan ehtiyojlar-
ning kuchiga, shu hislaming paydo bo'Hshiga sabab bo'lgan hodisalaming
shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatini odam qay darajada anglaganligiga, shu
his-tuyg'ular paydo bo'layotgan va o'tayotgan vaziyatga, shaxsning indi
vidual xususiyatlariga bog'liqdir.
Hislarning ayni vaqtda naqadar tez, kuchli va barqaror bo'Hshiga qa
rab, emotsional holatlarning turlari farq qilinadi. Emotsional holatlarning
asosiy turlari — kayfiyat, ehtiros, ruhlanish va affektlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |