loqiy tamoyillarni ado etishlari yoki buzishlari sababli odamlarda paydo
shuningdek, odat qatoriga kirib qolgan axloqiy normalar va qoidalar ni
Odamlarning axloqiy qoidalariga va qarashlariga muvofiq boMgan ha
rakatlari va qiliqlari ma’naviy, axloqiy harakatlar va qiliqlar deb hisobla
nadi, shu axloqiy qoidalarga va qarashlarga to‘g‘ri kelmagan, shu qoidalar
va qarashlarni buzadigan harakatlar esa axloqqa to'g'ri kelmaydigan ha
rakatlar yoki axloqsizlik deb hisoblanadi.
Ma’naviy hislar axloqiy ongning eng umumiy fundamental (asos) qism-
laridandir. Ular jamiyatda mavjud axloqiy munosabatlar, tasawur va qa-
rashlaming muhim, ijtimoiy mohiyatli jihatlarini o‘zida aks ettiradi.
Axloq tushunchalarida elat, millat, jamiyat axloqining tarixi, bugungi
holati va uning kelajak yo'nalishlari ham o‘z ifodasini topadi. Axloq-
odob qoidalari, urf-odatlar dunyoning turli xalqlarida turlicha bo'lishiga
qaramay, axloq tushunchalarini tushunishda umumiylik bor. Buning sababi
shundaki, axloq tushunchalarida insoniyat axloqining mushtarak mohiyati,
mag‘zi bo'lgan insoniylik aks etadi. Shunga ko'ra, axloq tushunchalarini
umuminsoniy axloqiy qadriyatlar deyish mumkin. Ular jamiyat insoniyat
kamoloti ehtiyojlarini ifodalab, jamiyatda real, mavjud axloqiy munosa
batlar va tasawurlardan yuqoriroq turadi va aynan shu xususiyat tufayli
axloqiy ideal vazifasini bajaradi, har bir insonni, jamiyatni axloqiy yuk-
salishga undaydi.
Jamiyatning axloqiy yuksalishi insoniyatning manfaatlarini va ideal-
larini ifodalaydi.
Axloq voqelikning eng umumiy hodisalarini ifodalovchi ilmiy tushun
cha hamdir. Chunki u obyektiv reallik, ijtimoiy bog'liq ifodasidir. Axloq
kategoriyalari mavjud ijtimoiy-tarixiy sharoit, insonlarning manfaat va
ehtiyojlaridan ajralib qolsa, ular mavhum kuch, xayoliy orzu-istaklarga
aylanib qoladi. (Masalan: adolat, burch, va h.k.) Amaliyot uchun, kun
dalik hayot uchun foydasi bo'lmaydi. Axloqiy ongning axloqiy tushun-
chalari ham bo'lib, ular kundalik hayotda kishilar xulqini baholash,
boshqarishda ishlatiladi. Ularni axloqning «ishchi tushunchalari» deyish
mumkin. Masalan: ehson, ezgulik, saxovat, sadoqat, hayo, vafo, oliy-
janoblik va h.k. axloq kategoriyalari jamiyat axloqining eng yuksak,
umumiy ifodasi bo'lsa, axloqning «ishchi tushunchalari» kategoriyala-
rining mazmunini ochuvchi, aniqlashtiruvchi yo'ldosh shakllardir. Ma
salan: yaxshilik kategoriya bo'lsa, ehson, rahm-shafqat,'saxiylik uning
aniq ifodalari, ko'rinishlaridir. Demak, axloq kategoriyalari — axloqiy
ongning birlamchi tushunchalaridir. Axloq kategoriyalari — axloqiy ong
ning mujassam tushunchalaridir. Axloq talablarini bajarish kishilarning
burchidir. Tashqi majburiyat yoki buyruq sababli bajariladigan vazifa
emas, balki, awalo har bir insonni jamiyat oldidagi va o'zi oldidagi
axloqiy mas’uliyat sababli bajarilishi lozim bo'lgan vazifadir. Dilga jo
bo'lgan ma’naviy e’tiqodlar ta’siri ostidagina qilinadigan harakatlar
ma’naviy burchning oliy ko'rinishidir, bunday holda mana shunday ha
rakatlar qilish kishi uchun ma’naviy ehtiyoj bo‘lib qoladi.
Axloq tamoyillarini yoki ayrim qoidalami bajarish yoki buzish odam
larda xilma-xil axloqiy hislar vujudga keltiradi. Odamning boshqa odam-
larga munosabati, mehnatga munosabati, ayni vaqtda o‘z-o‘ziga ham
munosabati ana shu hislarda ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: