V I. IN T E L L E K T U A L H IS L A R
Odamning aqliy faoliyati bilan bog'liq boMgan hislar
intellektual his
lar
deb ataladi. Bilishga qiziqishlik taajjublanish va hayron qolish hislari,
ishonch, ishonchsizlik va shubhalanish hislari intellektual hislar qatoriga
kiradi. Bunday hissiyotlar har xil nazariy va amaliy savollar tugMlganida,
vazifa va masalalarni hal qilish chogMda, kashfiyotlar, ixtirolar qilinayot
gan chog‘da, biror yangilikni o'zlashtirish va bilish chogMda paydo boMadi
va his qilinadi.
Intellektual hislarning ba’zi bir ayrim ko‘rinishlariga to‘xtalib o'tamiz.
Urinchoqlik. Bu hisning nomidan ko'rinib turibdiki, bunday his odam
ning bilimlarga ijobiy munosabatida ifodalanadi. Biror sohada yoki turli
sohalarda eng chuqur va aniq bilim olishga intilishdan iborat boMgan bu his
juda uzoq (ayrim odamlarda umrbod) davom etadi. Urinchoqlik bilishning
turli yoMIarini va vositalarini izlashga (maxsus adabiyotlarni o'qishga, radio
va televideniye eshittirishlarini, ma’ruzalarni tinglashga, mutaxassislar bi
lan suhbatlashishga, tajribalar o'tkazib turishga) hamda shu yo'llar va vosi-
talardan foydalanishga rag'batlantiradi. Ayni vaqtda bu murakkab hislar
olingan bilimlarning odamning o'zi uchun va boshqalar uchun Qamiyat
uchun) naqadar ahamiyati borligini ijobiy baholashga yordam beradi.
Bilishga qiziqish urinchoqlikning alohida bir turidir. Ba’zan bu ikki
termin (urinchoqlik va bilishga qiziqish terminlari) hatto bir xil ma’noda
ishlatiladi. Bilishga qiziqish ba’zan biror nimadan xabardor bo'lishga kuchli
intilish tariqasida va shuni bilib olgach, undan mamnun bo'lish tariqasida
namoyon bo'ladi Lekin bunda (bilishga qiziqishda) mana shu intilish va
mamnuniyat hissi ko'pincha qisqa boMadi, bevosita yaqin tevarak-atrof
dagi hodisalar va voqealarni, odatda, odamning o'zi qiziqayotgan hodi-
salarni ko'pincha bevosita idrok qilib olishdan iboratdir: ko'rib, eshitib,
qo'lda ushlab bilib olishdan iboratdir.
Bilishga qiziqish degan termini ba’zan salbiy ma’noda ishlatiladi,
odamning bilimini kengaytirmaydigan, aksincha, uning pastkashligi, be-
fahmligidan dalolat beradigan tarzda mayda-chuyda va arzimas narsa-
lami va hodisalami bilishga intilish mana shunday salbiy ma’nodagi bi
lishga qiziqishning o‘zidir.
Bilishga qiziqaverish maktabgacha tarbiya yoshida bolalarga xos xu-
susiyatlardir. Normal turmush sharoitida va o‘qitish jarayonida, yoshi
ulg‘ayib, tajriba orta borgan sari, oqilona urinchoqlik rivoj topa boradi.
Bu his odamning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan samarali shug‘ullanishini
rag‘batlantiruvchi asosiy faktordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |