X bob. DIQQAT
I. DIQQAT TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Biz bundan oldingi boblarda aqliy faoliyatning ayrim turlarini bayon
qilganda diqqatning ahamiyati haqida gapirib o ‘tgan edik. Aqliy faoliyat
ning barcha turlarida diqqat ishtirok etadi. Bizning ish-harakatlarimiz
ham diqqat ishtiroki bilan sodir b oiadi.
Diqqat deb, ongni bir nuqtaga to ‘plab, muayyan bir obyektga faol
qaratilishini aytamiz;
biz o ‘z faoliyatimiz jarayonida idrok va tasaw u r
qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o ‘zimizning qilgan ishlarimiz, o ;v
va fikrlarimiz diqqatning obyekti b o l a oladi.
Diqqat paytida
ongning bir nuqtaga t o ‘planishi ong doirasining to ra -
yishidan iboratdir;
bunda go ‘yoki ong doirasi anchagina tig'izlanadi. Ana
shunday torayish va tormozlanish tufayli ong doirasi juda ham yorqin-
lashadi. Ongning eng tormozlangan va binobarin, eng yorqin nuqtasi
diqqatning fokusi (ya’ni markazi) deb ataladi. Ana shu fokusga tushgan
barcha narsalar (idrok qilinayotgan predmetlar, tasawurlar, fikrlar) juda
t o l a , yorqin hamda juda aniq aks ettiriladi.
Diqqatga hamma vaqt u yoki bu darajadagi faollik xosdir. Bunday
faollik ongning bir nuqtaga to ‘planishining kuchayishi va m a l u m vaqt
mobaynida diqqat qaratilgan narsaga ongning faol yo'naltirilishini saqlab
turishdan iboratdir.
Diqqatimiz qaratilgan obyektlar ongimizning to‘plangan «zonasida» juda
aniqlik va yaqqollik bilan aks ettiriladi. Bu yerda yana shuni ham nazarda
tut ish kerakki, diqqat — idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq singari alo
hida psixik jarayon emas. Diqqat hamma psixik jarayonlarda ko'rinadi. Biz
«shunchaki» diqqatli b o la olmaymiz, balki biz diqqat bilan idrok qilamiz
(qaraymiz, eshitamiz), diqqat bilan esda olib qolamiz, o'vlaymiz, diqqat
bilan muhokama vuritainiz, gaplashamiz. Diqqat aqliy jarayonlarning si
fatini ta ’minlaydigan ichki faollikdir. Diqqat har qanday faoliyatning zaru-
riy shartidir. Mana shu hoi fransuz olimlaridan Kyuvcni o'z zamonasida
geniallikni chidamli diqqat deb ta'riflashga undagan edi. Masalan, u Nyu-
tonning genialligi diqqatining kuchi va barqarorligidadir, deb ko'rsatadi.
Nyutonning o'zi «Siz butun dunyo tortilish qonunini ochishga nima tufayli
muyassar bo'ldingiz» deb berilgan savolga: «Fikri-zikrim doimo shu n:isa-
laga qaratilganligidan muyassar bo'ldim», deb javob bergan.
2 5 7
Albatta, diqqatga bunday baho berish uning ahamiyatini haddan
tashqari oshirib ko'rsatishdir. Lekin bu baho diqqatning inson faoliyati
ning barcha turlari uchun ahamiyati katta ekanligini ko'rsatib beradi.
Darhaqiqat, o‘tin yorish, yer chopish kabi eng oddiy ishlarni ham, ma
shinalar bilan ishlash, ilmiy tekshirishlar olib borish kabi eng murakkab
ishlarni esa diqqatning ishtirokisiz bajarib bo'lmaydi.
Diqqat o'qish ishining ham zaruriy shartidir. O'quvchilaming dars
materiallarini muvaffaqiyat bilan o'zlashtirishlari, dastawal diqqatning
mavjud bo'lishiga bog'liqdir. K.D.Ushinskiyning aytishicha: «Diqqat ruhiy
hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsa
larning barchasi shu eshik orqali o'tib kiradi».
Ayrim o'quvchilarda uchraydigan o'zlashtira olmaslik holatining sa-
babini, awalo, ular diqqatining yetarli emasligidan qidirish kerak. Xoti
raning bo'shligi, o'quv materiallarini o'zlashtirishning bo'shligi, asosan,
diqqatning bo'shligidan kelib chiqadi.
Mana shuning uchun ham pedagog o'qitish ishida yuksak muvaffaqi-
yatga erishishni istar ekan, o'quvchilar diqqatini va, xususan, eng barqaror
va eng kuchli diqqatini uyushtirish hamda tarbiyalash haqida jon kuydiri-
shi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |