P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

oriyentirovka 

yoki 


te k ­

shirish 

reflekslaridan  iborat.

Bu  reflekslarni  akademik  l.P.  Pavlov boshqacha  nom bilan  «bu  nima 

ekan»  refleksi  deb  ataydi.  Shu  bilan  birga,  Pavlov  kishilarda  «bu  refleks 

juda ham yuksak taraqqiy qila borib,  nihoyat fanni yarata oladigan bilim- 

ga  havas  tarzida  ko‘rinadi»  deydi  (Полное  собрание  сочинений,  IV 

tom,  28-bet).

Diqqatimiz qaratilishi  lozim boMgan  narsani  oldin belgilab olib,  ongli 

ravishda  qo‘yilgan  maqsad  bilan  ishga  solingan  diqqatni 

ixtiyoriy 

diqqat 


deyiladi.

Bu diqqatning boshlanishi va, ko£pincha, butun qilinayotgan ish mobay- 

nida  davom  ettirilishi  kuch  va  zo‘r  berishni,  ya’ni  irodaning  ishtirokini 

talab  qiladi.  Shuning  uchun  uni  irodaviy  diqqat  deyiladi.  Ixtiyorsiz 

diqqatning  kuchi  asosan  qiyinchiliklarni  yengish  bilan  bogMiq  boMgan 

irodaviy  zo‘r berish  darajasi  bilan  xarakterlanadi.

Masalan,  bu  yerda  ana shunday  qiyinchiliklarni  ayni  chog'dagi  ishga 

hech  qanday  aloqasi boMmagan va  ixtiyorsiz tarzda  yuzaga keladigan  ke- 

raksiz  taassurot,  tasawur,  fikr,  hissiyot  va  mayllarni  yenga  bilish  orqali 

ifodalab  berish  mumkin.

Ixtiyoriy  diqqat  fiziologik tomondan,  asosan,  ikkinchi  signallar siste­

masining  faoliyati  bilan  belgilanadi.

CVquvchining tushuntirilayotgan  yangi  darsni  eshitib  oMirishi  shu  ix­

tiyoriy diqqat  bilan  ishlashning  misoli  boMa  oladi.  Bunda o‘quvchi  «eshi­

tib  o‘tiraman»  deb,  ilgaridan  o‘z  oldiga  maqsad  qo‘yadi  va  o4z  diqqatini 

faqatgina o‘qituvchining so‘ziga  qaratish  uchun  kuch  sarf qiladi.  Shuning 

bilan birga, olquvchi beixtiyor ravishda paydo boMib, o'qituvchining so'zini 

eshitishga  xalaqit  beruvchi  idrok,  fikr,  hissiyot,  xayol  kabi  boshqa  psixik 

jarayonlarni yo‘qotish uchun ongli ravishda harakat qiladi.  Ixtiyoriy diqqat, 

masalan,  ninaga  ip taqish  kabi juda oddiy ishda, ayniqsa,  ochiq  ko‘rinadi. 

Juda  ko‘p  har xil  ishlar borki,  ular asosan,  ixtiyoriy diqqatni  talab qiladi, 

masalan:  musahhihning  ishi,  gMsht  teruvchining  ishi,  ekskavatorda  ish­

lash va shuning kabilar.  Bu ishlar boshlanishdan oxirigacha ixtiyoriy diqqat 

asosida  bajariladi.

Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat turlari o‘rtasidagi farq yana shundan ibo- 

ratki,  ixtiyorsiz  diqqat  bilan  qilinadigan  faoliyat  ko'pincha  unchalik  zo‘r 

bermay,  ancha  yengillik  bilan  va  deyarli  toliqmasdan  amalga  oshiriladi; 

ixtiyoriy diqqat bilan amalga oshiriladigan  har qanday faoliyat esa ancha­

gina  zo‘r  berishni  talab  qiladi  va  birmuncha  toliqarli  boMadi.  Yuqorida



ko'rsatilgan  ixtiyorsiz  va  ixtiyoriy  diqqat  o'rtasidagi  ayirmalarga  ikkita 

alohida funksiya deb qarash yaramaydi.  Ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqatning 

ham  muhim  belgilari  bir xildir.  Bunday belgilar biron  faoliyat  davomida 

biz idrok va tasawur qiladigan hamda uning haqida fikr yuritadigan ma’lum 

narsaga  ongimizning  qaratilishi  va  to'planishidan  iboratdir.

Bir xil ish jarayonida va, shu jumladan, o'qish jarayonida ham, ixtiyoriy 

diqqat ixtiyorsiz diqqatga va, aksincha,  ixtiyorsiz diqqat ixtiyoriy diqqatga 

o'tib  ketishi  mumkin.  Masalan,  qandaydir  o'qish  materialini 

o'zlashtirishning  boshlanishi  o'quvchilardan  ixtiyoriy  diqqat  talab  qiladi. 

Lekin,  ko'pincha,  o'zlashtirish jarayonida  bu  ixtiyoriy  diqqat  ixtiyorsiz 

diqqatga o'tib ketadi.  Diqqatning bunday o'zgarishi o'qish materiali maz- 

munining  ba’zi  xususiyatlari  (masalan,  uning  ma’nodorligi,  qiziqarlili- 

gi)  tufayli  yoki  bayon  qilishning  xususiyatlari  — ko'rgazmali  bo'lishi, 

jonliligi  va  shuning  bilan  birga,  o'quvchilaming  o'qish  materiali  maz­

muniga  qiziqishlari  tufayli  sodir bo'ladi.  Ixtiyoriy  diqqatning  ixtiyorsiz 

diqqatga  mana  shunday  o'tib  ketishi  bilimlami  o'zlashtirish jarayonini 

ancha  yengillashtiradi.

Buning  aksincha  holati  ham  bo'ladi.  Agar  biron  faoliyat  jarayonida 

(masalan,  bilim  egallash jarayonida)  qandaydir qiyinchilik  uchrab  qolsa, 

bunday paytda  ixtiyorsiz  diqqat  ixtiyoriy diqqatga  o'tib  ketadi.

Faoliyat jarayonida,  ko'pincha,  diqqatning  ixtiyorsiz  ravishda  asosiy 

ishdan  bo'lak  narsalarga  ko'chib  turishi  uchraydi.  Bunday  hodisani 

diqqatning chalg'ishi deb ataladi.  Diqqatning chalg'ishi ishga yomon ta’sir 

qiladi.  Shu  sababli,  diqqatni,  garchi  salgina  bo'lsa  ham  chalg'itmaslik 

uchun  ish  jarayonida  ora-sira  ixtiyoriy  diqqatni  kuchaytirishga  hamda 

beixtiyor paydo bo'lib,  ishga aloqasi bo'lmagan  idrok tasawur va fikrlarni 

bosmoq  uchun  zo'r berishga  to'g'ri  keladi.

Ixtiyorsiz diqqat ham,  ixtiyoriy diqqat ham o'zining yo'nalishiga ko'ra 

tashqi  va  ichki  bo'lishi  mumkin.

Manbai bizning ongimizdan tashqarida bo'lgan diqqatga 




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish