sakkiz oylik boMganida faol nutqni egallay boshlaydilar. Bolaning nutqi
o'sishidagi bu davr nutqni egallashga tayyorgarlik davri boMadi.
bosqichi (ingalash), guvrash bosqichi, til chiqa boshlash bosqichi bor
ligini ko'rish mumkin.
Ma’lumki, chaqaloq tug'ilgan paytdan boshlab, chinqira boshlaydi: u
yig'laydi. Chaqaloqning chinqirib yig'lashi uning o'zini bezovta qilayot
gan organik va tashqi qo'zg'ovchilarning ta’siriga — ochlikka, og'riqqa,
sovuqqa, tagi ho'llikka va shu kabilarga bo'lgan reaksiyasidir. Chaqa-
loqlarning chinqirib yig'lashi ularning o'sishida ijobiy ahamiyati ham bor:
chinqirib yig'lash tufayli chaqaloqning nafas olish va nutq apparati o'sadi
va mustahkamlanadi. Shu sababli, bolalaming chaqaloqlik vaqtidagi chin
qirib yig'lashlari keyinchalik ular nutqning o'sishi uchun zarur shartlar-
ning biridir.
Chaqaloq ikki yo uch oylik bo'lganida, odatdagi chinqirib
yig'lashdan tashqari «а», «и», «guv-guv», «ruv-ruv», «ga», «agu-guv»,
«bu» va boshqa shu kabi tovush birikmalarini chiqara boshlaydi. Bu
tovushlar guvrashning boshlanishidir. Bu xil tovushlarni chaqaloq yayrab
yotganida chiqaradi: chaqaloqqa go'yo o'z nutq apparati bilan
«o'ynashayotganidan» huzur qilgandek bo'lib, shunday tovushlarni
chiqarayotgandek ko'rinadi. Bu vaqtda chaqaloq tovushlarga taqlid
qilishni hali bilmaydi. Chaqaloqning mana shunday ayrim tovushlar
chiqarishi uning nutq apparatini o'stiradi, mustahkamlaydi, shuningdek,
unda bir qancha yangi tovushlar hosil bo'ladi.
Bola uch-to'rt oylik bo'lganida и til chiqara boshlaydi. Chaqaloqda,
masalan, «buv-va», «nan-nan-nan», «gi-gi-gi», «dad-dad-da» va boshqa
shu kabi tovush birikmalari paydo boMadi.
Bolaning til chiqarishida boshqa odamlar nutqining ta’siri sezila bosh
laydi. Go'dak tevarak-atrofdagi kishilarning nutqini eshitib, shu nutq to
vush birikmalariga o'zi anglamagan holda taqlid qila boshlaydi. Gung
(kar-soqov) bolalarda ham qichqirish va guvrash bo'ladi, lekin faqat nor
mal bolalargina til chiqara boshlaydi. Bolalaming til chiqara boshlashi
nutqning o'sishi jarayonida tayyorgarlik rolini o'ynaydi: til chiqara bosh-
lash vaqtida tovushlar va bu tovushlar birikmasi hosil boMadi, nutq appa
rati mustahkamlanadi.
B o l a l a r y e t t i - s a k k i z o y l i k b o M g a n i d a u l a m i n g b o s h q a l a r d a n e s h i t g a n
s o ' z l a r i b i l a n s h u s o ' z l a r d a i f o d a l a n g a n n a r s a l a r o ' r t a s i d a g i d a s t l a b k i
b o g M a n i s h l a r h a m h o s i l b o Ma d i . B o l a l a r o ' z l a r i g a a y t i l g a n s o ' z g a j a v o b a n
h a r a k a t q i l a d i l a r . M a s a l a n , « t i k - t a k » d e y i l g a n v a q t d a b o l a n i n g k o ' z i s o a t -
g a b u r i l a d i , « а у а » d e g a n s o ' z n i a y t g a n i m i z d a b o l a b o s h i n i o n a s i t o m o n g a
b u r a d i , b u — p a s s i v n u t q n i c g a l l a s h n i n g b o s h l a n g ' i c h i d i r .
K e y i n r o q b o l a t o ' q q i z y o k i o ' n o y l i k b o M g a n i d a , o ' z i o g ' z i d a n
c h i q a r a y o l g a n t o v u s h l a r b i r i k m a s i n i m a M u m b i r n a r s a b i l a n b o g M a y d i .
C h u n o n c h i : b o l a s o a t g a q a r a b « t i k - t i k » d e b a y t a b o s h l a y d i . B o l a b u t o
v u s h b i r i k m a s i n i t a q l i d yoMi b i l a n a y t a d i , l e k i n s h u t o v u s h b i r i k m a l a r i -
n i n g o ' z i d a faol n u t q b o s h l a n g ' i c h i b o r l i g i n i k o ' r i s h m u m k i n .
Bola tovushlarni birga qo'shib, narsalarning nomini va o'z fikrlarini
ifodalashga qadam qo'yishidan boshlab, u tom ma’noda nutqni egallay
boshlaydi.
Abstraksiyalashga va umumiylashtirishga imkon beradigan ikkinchi
signal sistemasi o'sa borishi bilan ma’noli nutq paydo bo'la boshlaydi.
Tarbiyaning belgilovchi ta’siri ostida tafakkur o'sa boshlaydi va shu
bilan chambarchas bog'langan holda nutq ham o'sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: