Tashqi nutq
Tashqi nutq boshqa odamlar bilan aloqa qilishimizda foydalaniladi-
gan nutqdir.
Bu nutq biron kishiga qaratilgan, biron nimani xabar qiladigan nutqdir.
Tashqi nutqning o‘zi ham og‘zaki va yozma nutqqa bo'linadi.
Og'zaki nutq
Og'zaki nutq — boshqa kishilar bilan bevosita qilayotgan aloqamizda
foydalanilayotgan nutqdir. Bu nutq odatdagi gaplashuv nutqidir. Bu nutq
hamisha boshqa kishilarning eshitish organlari yordami bilan idrok qi-
lishlari uchun mo'ljallangan «tovushli» nuqtadir. Shu sababli, odatda, og'zaki
nutq ovoz bilan va (ba’zan) shivirlab aytiladi. Og'zaki nutq vaqtida. odat
da, gapirayotgan kishi bu nutqni mimika, imo-ishoralar bilan ishlatadi.
Og'zaki nutqning xarakterli xususiyati shuki, bu nutq suhbatdoshlar
o'rtasida boiadi. Suhbatdoshning yoki suhbatdoshlarning bunday ishti
rok etishi ularning gapirayotgan kishining nutqiga diqqat qilib turishi,
savollar berib turishi, so'z tashlab turishidan iborat boiadi; suhbatdoshlar
gapirayotgan kishining fikriga e’tiroz bildiradilar, yoki bu fikrga o'zlarining
rozi boiganliklarini izhor qiladilar, yoxud shu fikrni kengaytiradilar.
Suhbatdoshlarning og'zaki nutqda qatnashishlari qay xarakterda va
qay darajada boiishiga qarab, og'zaki nutq ikki shaklga bo'linadi. Bu-
larning biri dialog nutq (dialog) va ikkinchisi monolog nutq (monolog)
deb aytiladi.
Ikki yoki ko'p suhbatdosh o'rtasidagi gaplashish tariqasida bo'ladigan
nutq
dialog
deb ataladi. Suhbatdoshlar navbatma-navbat gaplashaveradi-
lar — biri so'raydi, biror narsani aytadi, boshqalar esa uni tinglaydilar,
javob beradilar.
Odam bitta o'zi gapirsa-yu, boshqa kishilar bu gapga faol qatnashmay
faqat uning nutqini tinglab tursalar, nutqning bu shakli
monolog
deb atala
di. Masalan, lektorning, dokladchining nutqi, sudda, kengashlarda va boshqa
shu kabi joylarda so'zlanadigan nutq monolog nutqdir yoki monologdir.
Og'zaki nutq so'zlayotgan kishi o'z fikrini suhbatdoshlari to'g'ri tushu
nib olishiga harakat qiladi. Shu sababli, og'zaki nutqda ega, kesim, aniq-
lovchi, to'ldiruvchi so'zlarni ham to'la aytishga to'g'ri keladi. Durust, ba’zi
og'zaki nutq ham qisqartirilgan holda, ayrim gap boiaklarini tushirib qoldir-
gan holda gapiriladi. Ba’zi hollarda gaplashuv, dialog ham faqat kesimlar
bilangina ifodalanishi mumkin. Masalan, yarim kechada bir necha kishi
gaplashib, tramvay kelishini kutmoqda, ulaming hammasi tramvay keladi
gan tomonga ko'z tikib turibdi. Ular o'rtasida taxminan shunday gaplar
boMadi: «Ko'rinyaptimi?» — «Yo‘q, ko‘rinmayapti». Oradan biroz o'tgach:
«Kelyaptimi?» — «Ha, kelyapti». Bu gaplar faqat kesimlaming o'zidangina
iborat gaplardir. Ammo, shunday boMsa ham, gaplashayotgan kishilarning
hammasi bir-birlarining fikrlarini tushunadilar.
Og'zaki nutqning sintaksis jihatidan to'liq bo'lmasligiga, awalo, sabab
shuki, gap mavzui ham, shu gap sodir bo'layotgan vaziyat ham, odatda,
gaplashib turgan kishilarga aniq va ravshandir. Shu sababli, og'zaki nutq,
vaqtida gap bo'laklarining hammasini, ega, kesim, aniqlovchi, to'ldiruvchi
va hokazolami gapda har safar to'liq aytishga hojat qolmaydi. Bundan
tashqari, mimika va imo-ishoralar, intonatsiyalar, pauzalar, mantiqiy
urg'ular va shu kabilar, xullas nutqimizni jonlantiradigan vositalarning
hammasi og'zaki nutqni boyitadi. Jonli nutq tinglanibgina qolmasdan,
uni odamlar ko'rib ham turadilar, his ham qiladilar. Bunday nutq,
ko'pincha, og'izdan chiqishi bilanoq tushuniiaveradi.
Og'zaki nutq ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy boMadi. Gapirayotgan kishi so'z
va grammatika shakllarini maxsus tanlamay, og'ziga kelganicha so'zlashsa,
bu holda nutq ixtiyorsiz nutq boMadi. Gapirayotgan kishi o'z so'zlari
uchun alohida mas’uliyat sezib gapirganida, shu nutqni tinglayotgan kishi
gapirayotgan kishi uchun alohida ahamiyatga ega boMganida, bunday
hollarda nutq ixtiyoriy xarakterga ega bo'lib qoladi. Masalan, o'quvchining
o'z o'qituvchisi bilan gaplashayotgan vaqtidagi nutq mana shunday ixti
yoriy nutqdir. Bunday hollarda gapirayotgan kishi lozim boMgan so'zlarni
tanlab, joy-joyiga qo'yib ishlatishga, grammatika qoidalariga rioya qilish
ga intiladi va harakat qiladi.
Dialog — ikki yoki bir necha odam o'rtasida boMadigan gapdir, bunda
suhbatdoshlarning gapi bir-biriga bogManadi, ulanib ketadi, ya’ni gaplashib
turganlar bir-birlariga savol-javob qilib, bir-birlariga e’tiroz qilib gapni
ulab, davom ettiradilar. Shuning uchun dialog ma’nosi bir-biriga ulangan
nutqni ancha osonlashtiradi. Monolog nutq esa ancha og'ir ko'chadi.
Monolog — gapirayotgan kishidan juda ko'p diqqat-e’tibor berishni talab
qiladi, gapirayotgan kishining faqat o'z nutqining mazmunigagina diqqat-
e’tibor berib qolmay, balki, shu bilan birga, bu nutqning tashqi tuzilishiga
ham, fikrlarni ifodalashda muayyan sistema, tartib bo'lishiga ham rioya
qilishi lozim boMadi.
Monolog nutq tuzilishi jihatidan yozma nutqqa yaqindir.
Og'zaki nutq (dialog ham, monolog ham) ichki nutq singari, tafakkur
qurolidir. Bunda boshqalar bilan gaplashish jarayonida gapirayotgan kishi
ning o'z fikrlari ham o'ziga ravshan bo'lib qoladi.
Ko'pincha mana bunday boMadi: miyamizda paydo boMgan, lekin
unchalik ravshanlashmagan fikr o'zimiz muhokama qilib ko'rishimiz va
boshqalarga bayon qilishimiz jarayonida o'zimizga ham ravshan bo'lib
qoladi — pishib yetiladi. Ba’zi bir fikrlarimizni pishitib yetishtirishda,
boshqalarning fikrini uqib bilib olish (tushunib olish) vaqtida biz ko‘pincha
bu fikrlarni go‘yo biron suhbatdoshga aytayotgandek yoki
0
'z-o‘zimizga
ovoz chiqarib ifodalashimizning sababi ham ana shunda.
Bunday hodisalar ichki nutq bilan tashqi nutq o‘rtasida ajralish
yo‘qligini ko'rsatadi: fikrni nutq bilan ifodalash faoliyatida hamisha ichki
nutqdan tashqi nutqqa va aksincha, tashqi nutqdan ichki nutqqa o'tish
hollari boiib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |