P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


VII.  N U T Q N IN G   O 'S I S H I



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

VII.  N U T Q N IN G   O 'S I S H I

Bolalar,  odatda,  ikki  yoshga  o'tganida,  o‘rta  hisobda  o‘n  yetti-o‘n 

sakkiz  oylik  boMganida  faol  nutqni  egallay  boshlaydilar.  Bolaning  nutqi 

egallash  vaqtigacha  boMgan  davrni  va  shu  davrdagi  o‘sib  borish  vaqtini 

uning tili chiqmagan davri yoki til chiqmagan bosqich deb aytiladi.  Bolaning 

o'sishidagi  bu  davr nutqni  egallashga  tayyorgarlik  davri  boMadi.



Tayyorgarlik  davri

Bola  nutqi  o'sishining tayyorgarlik  davrida  uchta  bosqich:  chinqirish 

bosqichi  (ingalash),  guvrash  bosqichi,  til  chiqa  boshlash  bosqichi  bor­

ligini  ko'rish  mumkin.




Ma’lumki,  chaqaloq tug'ilgan paytdan boshlab,  chinqira boshlaydi:  u 

yig'laydi.  Chaqaloqning  chinqirib  yig'lashi  uning  o'zini  bezovta  qilayot­

gan  organik  va  tashqi  qo'zg'ovchilarning  ta’siriga  — ochlikka,  og'riqqa, 

sovuqqa,  tagi  ho'llikka  va  shu  kabilarga  bo'lgan  reaksiyasidir.  Chaqa- 

loqlarning chinqirib yig'lashi ularning o'sishida ijobiy ahamiyati ham bor: 

chinqirib yig'lash tufayli chaqaloqning nafas olish va nutq apparati o'sadi 

va mustahkamlanadi. Shu sababli, bolalaming chaqaloqlik vaqtidagi chin­

qirib  yig'lashlari  keyinchalik  ular  nutqning  o'sishi  uchun  zarur  shartlar- 

ning  biridir.

Chaqaloq  ikki  yo  uch  oylik  bo'lganida,  odatdagi  chinqirib 

yig'lashdan  tashqari  «а»,  «и»,  «guv-guv»,  «ruv-ruv»,  «ga»,  «agu-guv», 

«bu»  va  boshqa  shu  kabi  tovush  birikmalarini  chiqara  boshlaydi.  Bu 

tovushlar guvrashning boshlanishidir.  Bu xil tovushlarni chaqaloq yayrab 

yotganida  chiqaradi:  chaqaloqqa  go'yo  o'z  nutq  apparati  bilan 

«o'ynashayotganidan»  huzur  qilgandek  bo'lib,  shunday  tovushlarni 

chiqarayotgandek  ko'rinadi.  Bu  vaqtda  chaqaloq  tovushlarga  taqlid 

qilishni  hali  bilmaydi.  Chaqaloqning  mana  shunday  ayrim  tovushlar 

chiqarishi uning nutq apparatini o'stiradi, mustahkamlaydi, shuningdek, 

unda  bir  qancha  yangi  tovushlar  hosil  bo'ladi.

Bola  uch-to'rt  oylik  bo'lganida  и  til  chiqara  boshlaydi.  Chaqaloqda, 

masalan,  «buv-va»,  «nan-nan-nan»,  «gi-gi-gi»,  «dad-dad-da»  va  boshqa 

shu  kabi  tovush  birikmalari  paydo  boMadi.

Bolaning til chiqarishida boshqa odamlar nutqining ta’siri sezila bosh­

laydi.  Go'dak tevarak-atrofdagi  kishilarning nutqini  eshitib,  shu  nutq  to­

vush  birikmalariga  o'zi  anglamagan  holda  taqlid  qila  boshlaydi.  Gung 

(kar-soqov)  bolalarda ham  qichqirish va guvrash  bo'ladi,  lekin  faqat  nor­

mal  bolalargina  til  chiqara  boshlaydi.  Bolalaming  til  chiqara  boshlashi 

nutqning o'sishi jarayonida  tayyorgarlik  rolini  o'ynaydi:  til  chiqara  bosh- 

lash  vaqtida tovushlar va bu  tovushlar birikmasi  hosil  boMadi,  nutq appa­

rati  mustahkamlanadi.

B o l a l a r   y e t t i - s a k k i z   o y l i k   b o M g a n i d a   u l a m i n g   b o s h q a l a r d a n   e s h i t g a n  

s o ' z l a r i   b i l a n   s h u   s o ' z l a r d a   i f o d a l a n g a n   n a r s a l a r   o ' r t a s i d a g i   d a s t l a b k i  

b o g M a n i s h l a r   h a m   h o s i l   b o Ma d i .   B o l a l a r   o ' z l a r i g a   a y t i l g a n   s o ' z g a   j a v o b a n  

h a r a k a t   q i l a d i l a r .   M a s a l a n ,   « t i k - t a k »   d e y i l g a n   v a q t d a   b o l a n i n g   k o ' z i   s o a t -  

g a   b u r i l a d i ,   « а у а »   d e g a n   s o ' z n i   a y t g a n i m i z d a   b o l a   b o s h i n i   o n a s i   t o m o n g a  

b u r a d i ,   b u   —  p a s s i v   n u t q n i   c g a l l a s h n i n g   b o s h l a n g ' i c h i d i r .

K e y i n r o q   b o l a   t o ' q q i z   y o k i   o ' n   o y l i k   b o M g a n i d a ,   o ' z i   o g ' z i d a n  

c h i q a r a y o l g a n   t o v u s h l a r   b i r i k m a s i n i   m a M u m   b i r   n a r s a   b i l a n   b o g M a y d i .  

C h u n o n c h i :   b o l a   s o a t g a   q a r a b   « t i k - t i k »   d e b   a y t a   b o s h l a y d i .   B o l a   b u   t o ­

v u s h   b i r i k m a s i n i   t a q l i d   yoMi  b i l a n   a y t a d i ,   l e k i n   s h u   t o v u s h   b i r i k m a l a r i -  

n i n g   o ' z i d a   faol  n u t q   b o s h l a n g ' i c h i   b o r l i g i n i   k o ' r i s h   m u m k i n .



Bola  tovushlarni  birga  qo'shib,  narsalarning  nomini  va  o'z  fikrlarini 

ifodalashga  qadam  qo'yishidan  boshlab,  u  tom  ma’noda  nutqni  egallay 

boshlaydi.

Abstraksiyalashga  va  umumiylashtirishga  imkon  beradigan  ikkinchi 

signal  sistemasi  o'sa borishi  bilan  ma’noli  nutq paydo  bo'la  boshlaydi.

Tarbiyaning  belgilovchi  ta’siri  ostida  tafakkur  o'sa  boshlaydi  va  shu 

bilan  chambarchas bog'langan  holda  nutq  ham o'sadi.


Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish