P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

Yozma  nutq

Yozma  nutqning  xususiyati  shuki,  bu  nutq  bevosita  aloqa  boglash 

vositasi bo'lmasdan, balki,  ko‘pincha, boshqa vaziyatda, boshqa bir joyda 

turgan  yoki  turishi  mumkin  boigan  odamlar bilan aloqa bog’lash  vosita­

sidir.  Masalan,  biz  o‘z  do'stimizga yoki  qarindoshimizga xatimizda yozib 

yuborgan  xabarimizni  u  ehtimolki  bir  kundan  keyin,  ikki  kundan  keyin, 

bir  haftadan  keyin,  boshqa  shaharda  yoki  boshqa  qishloqda  o'qib  bilishi 

mumkin.  Biz  bundan  yarim  yil,  bir  yil,  hatto  bir  necha  o‘n  va  yuz  yil 

muqaddam  yozib qoldirilgan  kitoblarni  o'qib,  shu  kitoblardagi  bilimlami 

bilib  olamiz.

Yozma  nutq ham  monolog shaklida va dialog shaklida boiadi.  Masa­

lan,  ilmiy  asarlar  hamisha  deyarli  monolog  shaklida  yoziladi.  Badiiy- 

adabiy asarlar dialog shaklida ham, monolog shaklida ham yoziladi.  Ba’zan 

oddiy  maktublar ham  dialog shaklida  yoziladi,  shu  maktubni  yozavotgan 

kishi  uni  o'qiydigan  kishini  tasawur  qilib,  unga  maktubda  o'zi  savollar 

beradi  va  shu  savollarga  o’zi javob  qaytaradi.

Sintaksis jihatidan  qaraganda  yozma  nutq  eng  toiiq  va  mukammal 

nutqdir.  Har bir kishi  oddiy maktubni yoki  ilmiy maqolani  yozayotganida 

grammatika  qoidalariga,  og'zaki  nutqdagiga  qaraganda,  ko'proq  rioya qi­

ladi.  Yozma  nutqda gap bolaklaridan  biri  tushib qolsa,  bu yozma  nutqni 

o'qigan  kishilar  uni  qiynalib  tushunadilar  yoki  butunlay  tushunolmay- 

dilar.  Yozma  nutqning  sintaksis  jihatdan  toiiq  bolishi  shuning  uchun 

ham  zarurki,  og'zaki  nutq  uchun  xarakterli  boigan  mimika,  imo-isho- 

ralar,  intonalsiyalar va  boshqa  shu  kabi  qo'shimcha  elcmcntlarni  yozma 

nutqda  ishlatib  bo'lmaydi.

Yozma  nutq,  asosan,  ixtiyoriy  nutq  bo'ladi.  Maktub,  doklad, 

ma’ruzalar  va  boshqa  shu  kabilarni  vozayotgan  kishi  so'zlarni  ongli  ra­

vishda  tanlaydi, gaplarni yaxshiroq  qilib tu/.ishga  intiladi.  Ko'pincha o'z 

fikrlarimizni  o'qiydigan  kishilarga  so'zlar  vositasi  bilan  g'ovat  ravshan 

va  tushunarli  qilib  ilodalamoq  uchun  ancha-muncha  kuch  sarllashimiz 

lozim  bo'ladi.



Yozma  nutq  fikrlarimizni  ifodalab  berishning  eng  yaxshi  vositasidir. 

Yozma  nutqda fikrning mazmuni va shaklidagi  ayrim kamchiliklar ochiq 

ko'rinib  qoladi  va  fikrning  o'zi  mazmun  va  shakl jihatidan  eng  ravshan, 

aniq  qilinib  ifodalanadi.  Shuning  uchun  ham  biz  aqliy  ish  bilan 

shug'ullanayotganimizda, biror masalani hal qilganimizda yoki tayyor bilim- 

larni  o'zlashtirayotganimizda  ish  natijasini  yoki  olgan  bilimimizni 

ko'pincha,  xatga  yozib  qo'yamiz,  ba’zan  esa  bir  necha  marta  ko'chirib 

yozamiz.  Shu  sababli,  har xil  yozma  ishlar  — hikoya  qilib  yozib  berish, 

insho  yozish,  konspekt  olish  — tafakkurning  o'sishi  uchun  katta  ahami­

yatga egadir. Shu bilan birgalikda, yozma nutqni egallash kishining og'zaki 

nutqini  takomillashtirishga  ham  yordam  beradi,  natijada  og'zaki  nutq 

o'zining  lug'at  tarkibi jihatidan boyroq  bo'lib  qoladi,  grammatika jihati­

dan to'g'riroq ifodalanadigan bo'ladi, ancha muntazam va sistemaga tush­

gan  nutqqa  aylanadi.  Mana  shuning  o'zi  og'zaki  nutq  bilan  yozma  nutq 

hamisha bir-biri  bilan  bog'liq  ekanligini  ko'rsatadi.

Og'zaki  nutq bilan yozma nutq o'rtasida o'rtacha joy oladigan nutqlar 

borki,  bu  nutqlar  monologning  alohida  turlaridir.  Og'zaki  dokladlar: 

ma’ruzalar,  nutqlar,  o'qituvchining  darsni  tushuntirib  berishi  va  boshqa 

shu kabilar monolog nutqning mana shunday alohida turlaridir.  Bu nutqlar 

o'zining  sintaksis  tuzilishi jihatidan  yozma  nutqqa  yaqinroqdir:  odatda, 

ma’ruza,  doklad  qilmoqchi,  nutq  so'zlamoqchi,  dars bermoqchi  bo'lgan 

kishi  buning uchun 




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish