P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Fazoni  idrok  qilishda  teri  sezgilari  va



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

Fazoni  idrok  qilishda  teri  sezgilari  va 

muskul-harakat  organlarining  roli

Fazoni teri sezgilari va muskul-harakat vositasi bilan idrok etganda ko'z 

bilan  qarab ham,  ko'z bilan qaramasdan ham  idrok qilaverish  mumkin.

Maydaroq  narsalarning  shaklini,  ularning  katta-kichikligini,  holatini 

biz  teri  sezgilari  vositasi  bilan,  ya'ni  uni  ko'rib,  bevosita  idrok  qilamiz. 

masalan,  qo'limizdagi tanga  pulning shaklini,  katta-kichikligini,  holatini



107


bevosita  teri  sezgilari  vositasi  bilan  bilamiz.  Teri  sezgilari  vositasi  bilan 

biz,  xususan  ikki  o'lchovni  uzunlik  (masofa)  va  sirt  o'lchovlarini  idrok 

qilishimiz  mumkin,  lekin  narsalarning  (hatto  mayda  narsalarning  ham) 

shaklini,  katta-kichikligini va fazodagi  munosabatlarini yolg'iz teri  sezgi­

lari  vositasi  bilan  idrok  qilganda  to'la  aniqlikka  erishib  bo'lmaydi.  Shu 

sababli ko'pincha fazoni teri sezgilari vositasi bilan idrok qilish muskullar 

harakat  vositasi  bilan  idrok  qilish  ila  birgalikda  o'tadi.  Muskul-harakat 

organlarimiz  vositasi  bilan  biz  yirik  va  mayda  obyektlarning  (masalan, 

stol,  xona,  hovli va shu  kabilarning)  shaklini,  katta-kichikligini,  fazodagi 

munosabatlarini  hamma  uch  o'lchovda  idrok  qilishimiz  mumkin.  Ko'r 

odamlar  (yoki  ko'r  emaslar  qorong'i  tushganda)  narsalarning  shaklini, 

masofani  va  fazodagi  munosabatlarni  ana  shu  yo'l  bilan  idrok  qiladilar. 

Mayda narsalarning shakli barmoq harakatlari  (paypaslash)  vositasi bilan 

idrok  qilinadi.  Yirik  narsalarning  shaklini  va  masofani  ko'zimizni  yumib 

yoki qorong'ida idrok qilganimizda biz qo'l  harakatlarimizdan va qadam- 

lab yurishdan  foydalanamiz.  Ana shu  harakatlardan tug'iladigan  muskul- 

harakat  sezgilarimizga  o'tmishda  hosil  bo'lgan  tajribamiz  qo'shiladi,  na­

tijada biz  ko'zimiz ko'rmasa ham,  turgan joyimizni,  fazoga oid  munosa­

batlarni chama bilan bilib  olamiz.

Fazoni  ko'z  bilan  ko'rib  idrok  qilishning  o'sishida  teri  sezgilari  va 

muskul-harakat organlari  katta rol  o'ynaydi.  Ko'r bo'lib tug'ilgan,  ammo 

tegishli  operatsiyadan  keyin  ko'zi  ochilgan  odamlarning  fazoni  qanday 

idrok  qilishlarini  tekshirish  natijalari  bunga  dalil  bo'la  oladi.

Bir necha misol  keltiraylik.  Ko'r bo'lib tug'ilgan bir odam  muvafifaqi- 

yatli  operatsiyadan  keyin  ko'zi  ochilgan  bo'lsa-da,  lekin  dastlabki  kun- 

larda  u  fazoni  va  narsalarning  fazodagi  holatini  ko'zi  ko'r  emas  (basir) 

odamlarga  qaraganda  boshqacha  idrok  qilgan,  masalan,  ko'ruv doirasiga 

kirgan  hamma  narsalarni juda  yaqin  va  ko'ziga  tegib  turayotgandek  his 

qilgan, shuning uchun bu odam ehtiyot yuzasidan ko'zini 

q o ‘li

 bilan hadeb 

qoplayvergan.  Narsalarning shaklini  ham  faqat  ko'rish  bilangina  fahmlay 

olmagan, bu narsalarni qo'li bilan paypaslab ko'rganidagina, ya’ni o'tmish- 

dagi  muskul-harakat  sezgisiga  asoslangan  tajribasiga  suyanganidagina 

narsalarning shakllarini  taniy olgan.

Operatsiyadan so'ng ko'zi ochilgan yana bir odamga yog'ochdan yasal- 

gan,  har  ikkalasi  ham  bir  xil  bo'yalgan  va  diametri  teng  shar  bilan  kub 

ko'rsatganlar.  U  odam bu narsalarning turli buyumlarekanini ko'rib tursa 

ham,  lekin  ularni  bir-biridan  aniq  farq  qila  olmagan:  qaysisi  dumaloq  va 

qaysisi burchakli ekanini aniq aytib bera olmagan. Yana shu odamga shar 

bilan  bir  xil  kattalikdagi  doiraning,  kub  bilan  bir  xil  kattalikdagi 

to'rtburchakning yassi shaklini  yonma-yon  qo'yib  ko'rsatganlarida,  ular­

ni bir-biridan farq qila olmagan,  faqat  paypaslab ko'rganidan  keyin shar-




ni  doiradan  va  kubni  to'rtburchakdan  ajratgan.  Bu  odam  qilingan 

operatsiyadan  tamomila  sog'aygandan  keyin,  ko‘z  bilan  ko'rib  idrok  qi­

lishni o'rganmoq uchun maxsus mashq qilgan.  Masalan, oyog'idan etigini 

yechib  irg‘itib  yuborar,  so‘ngra  etikkacha  bo‘lgan  masofani  ko'zi  bilan 

chamalashga  urinar ekan.  Chama bilan bir-ikki  qadam yurgandan  keyin, 

qoiini uzatib etikni olishga harakat qilar ekan,  lekin ko'zi bilan  masofani 

aniq belgilay olmaganligidan yanglishar va paypaslab, qachon eshik qo'liga 

tegsa,  uni  shundagina  ushlab olar ekan.

Yuqorida  keltirilgan  misollardan  maium  boidiki,  ko'rlar  ko'zlari 

ochilgandan  keyin,  ularda  fazoni  ko'z bilan  ko'rib  idrok qilish  qobiliyati 

teri va muskul  harakat organlarining ishtiroki bilan asta-sekin o'sib bora­

di.  Demak,  fazoga  oid  shakl,  katta-kichiklik  va  munosabatlarni  ko'rish, 

teri sezgilari va muskul-harakat organlari bir-biri bilan mahkam bogianib 

ishlaganlaridagina  eng to'g'ri  va  mukammal  idrok qilish  mumkin.

Sezgi  organlarimizning  —

  tuyush,  muskul-harakat  va  ko'rish  organ- 

larimizning o'ziga xos xususiyati, jumladan,  obyektiv mavjud fazoni  ham 

idrok  qilish  qobiliyatiga  ega  boiishdadir.  Idrokning  hamma  turlari  sin­

gari,  fazoni  idrok qilish ham kishining tajribasi va umumiy kamoloti jara­

yonida boradi.




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish