KIMYOVIY SINAPSLAR
Kimyoviy sinapslar yirig‘i ancha keng (10-40 nm) va yuqori elektr qarshilikka ega
bo`lgani uchun elektr impulslar o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Impulslar bu to‘siqdan maxsus
kimyoviy vositachi – mediator yordamida o‘tishi mumkin.
Oldindan sintezlanib qo‘yilgan mediator aksonning presinaptik oxiridagi sinaptik
pufakchalarda saqlanadi. Har bir pufakchada 20 mingga yaqin mediator molekulasi bor.
Bu miqdor mediatorning bir kvantini tashkil qiladi. Nerv impulsini aksonning sinaps oldi
oxirlariga yetib kelishi, pufakchalar yorilib, mediatorni sinaps yirig‘oga ajralishiga sabab
bo`ladi.
Hozir mediator deb ataladigan moddalarning kimyoviy tuzilishi har xil. Atsetilxolin,
dofamin, noradrenalin, serotonin, gistamin mediatorlarning monoamin guruhini tashkil
qiladi. Ba‘zi aminokislotalar ham mediator rolini o‘taydi. Bularga GAMK (gamma-
aminomoy kislota), glutamin kislota, glitsin va taurin kiradi. Bu moddalarning hammasi
musbat zaryadli azot atomiga ega. Organizmda keng tarqalgan ATF ning ham
mediatorlik qoboliyati bor. Oxirgi vaqtda anchagina neyropeptidlarni ham (AKTG,
endorfin, enkefalin, P modda va boshqalar) mediatorlar, deb hisoblashyapti.
Sinapslar qo‘zg‘alishni o‘zidan o‘tkazishi uchun zarur bo`lgan meditorga qarab
xolinergik, adrenergik, GAMK-ergik, serotoninergik va boshqalarga bo`linadi.
Bir neyron odatda bitta mediatorni sintezlaydi. Ammo bu qoidadan mustasnolari
ham bor. Ikkita mediator moddani (atsetilxolin+ATF yoki atsetilxolin+peptid) sintezlab,
undan foydalanishi mumkin sinapslar ham mavjud.
Ba‘zi bir sinapslarda presinaptik membranani postsinaptik membrana bilan bog‘lab
turuvchi juda ingichka tolalar topilgan. Tolalar mediator molekulalarini sinaps yirig‘idan
o‘tish tezligini boshqarib turadi, degan tamin bor.
Qo‘zg‘alishning
sinapsdan o‘tishida postsinaptik membranada joylashgan
meditoplarga sezgir retseptorlarning ahamiyati katta. Har qaysi mediatorning mahsus
retseptori bor. Ular ichida atsetilxolinga sezgir xolinoretseptorlar ko‘proq tekshirilgan.
Alohida olingan xolinoretseptorlar membranani teshib o‘tgan beshta murakkab oqsil
molekulalari yig‘indisidan iborat. Bu molekulalar yonma-yon zich qilib aylana shaklida
44
taxlangan beshta qalarnga o‘xshayda. Oqsilning o‘rtasida ionlar, masalan, natriy o‘tishi
mumkin bo`lgan kanal bor. Sinapsdan o‘tadigan impulslar bo`lmaganida, kanal yopiq
turadi.
Retseptor yiqindisidagi oqsillarning sinaps yirig‘iga qaragan uchida atsetilxolin bilan
o‘zaro bog‘lanadigan ikkita kontakt maydoncha mavjud. Sinapsga yetib kelgan impuls
ta‘sirida ajralgan atsetilxolin molekulasi sinaps yirig‘idan o‘tib, kontakt maydonchaga
yopishadi. Sinapsdan yakka impuls o‘tayotgan vaqtda 8000 ta xoliniretseptor ishga
tushadi. Natijada ion kanali ochilib,hujayra ichiga qaratilgan natriy oqimi jadallashadi.
Bu oqim 1 ms davom etadi, kanal berkiladi, kontakt maydonchadan uloqtirilgan
atsetixolinni xolinesteraza fermenti bir zumda parchalab tashlaydi.
Qo‘zg‘alishning kimyoviy sinapsdan o‘tish boshqichlari quyidagicha. Aksonning
presinaptik kengayishiga yetib kelgan impuls presinaptik membranadagi kalsiy
kanallarini ochadi. Kalsiy ionlari hujayralararo suyuqlikdan ichkariga, sinaptik
pufakchalar joylashgan yerga o‘tadi va pufakchalarni presinaptik membrana bilan
qoshilib, yorilishiga sabab bo`ladi. Bir vaqtning o‘zida 100-200 ta pufakcha yorilib,
sinaps yirig‘iga 1-2 million atsetilxolin molekulasi o‘tadi. Atsetilxolin postsinaptik
membranadagi xolinoretseptorlar bilan birikib, ion kanallarining ocholishini va juda
jadal, ammo juda qisqa vaqt davom etuvchi natriy oqimini yuzaga keltiradi. Bu oqim
membranani qisman (chegaralangan) depolyarizatsiyalanishiga olib keladi. Bunda
qo‘zg‘atuvchi postsinaptik potensial (QPSP) vujudga keladi. QPSP ko‘pchilik
neyronlarda 5 ms davom etadi, uning amplitudasi 20 mV dan oshmaydi. Postsinaptik
membranada potensial bilan bbog‘liq bo`lgan (potensial ta‘sirida ochiladigan) natriy va
kaliy kanallari yo‘q. Shuning uchun bu yerda harakat potensiali shakllanmayda. Ammo
postsinaptik membranada hosil bo`lgan QPSP neyron membranasining boshqa
qismlariga tarqalib, harakat potensialining taraqqiy etisiga olib keladi. O‘z vazifasini
bajarib bo`lgan mediatorni maxsus ferment parchalayda yoki u endotsitoz yo`li bilan
sinaptik pufakchaga qaytadi.
Tormozlovchi sinapslarda mediator sifatida GAMK, glitsin, serotonin va boshqa
moddalar xizmat qiladi. Ammo ma‘lum mediator, masalan, atsetilxolin bir sinapsda
qo‘zg‘alishni rivojlantirsa, bboshqa bir sinapsda tormozlanishni yuzaga keltirishi
mumkin. Akson orqali tormozlovchi sinapsga yetib kelgan impuls mediatorning
ajralishiga olib keladi. Postsinaptik membranadagi retseptor bilan mediatorning birikishi
kaliy va xlor kanallarini ochadi. Musbat kaliy ionlarining hujayralardan chiqishi va ayni
vaqtning o‘zida manfiy xlor ionlarining ichkariga o‘tishi membranani giperpolyarizatsiya
holatiga olib keladi. Tormozlovchi postsinaptik potensial (TPSP) ro‘yobga chiqadi. Endi
bu neyronning qo‘zg‘aluvchanligi odatdagidan past bo`ladi.
Keltirilgan ma‘lumotlar shuni ko‘rsatadiki, kimyoviy sinaps o‘z vazifasini bir
me‘yorda bajarishi uchun faqat mediatorning o‘zi emas, balki mediator tizimi mavjud
bo`lishi kerak. Bu tizim uch qismdan iborat bo`ladi: a) mediatorni sintezlovchi ferment
yoki fermentlar; b) mediator moddaning o‘zi; v) mediatorni sinaps yirig‘idan
yo‘qotuvchi mexanizm (ferment yoki endotsitoz). Atsetilxolinning mediator tizimini
misol qilib ilsak, unga atsetilxolinni sintezlovchi ferment – xolinatsetilaza,
atsetilxolinning o‘zi va uni parchalovchi ferment – xolinesteraza kiradi. Bu tizimning
biror qismi shikastlansa, qo‘zg‘alishning sinapsdan o‘tishi buziladi. Nerv tizimi
faoliyatini kuchli o‘zgartiruvchi ko‘pgina dorilarning ta‘sir mexanizmi mediator
tizimining biror qiismini shikastlashdan iborat.
45
Kimyoviy sinapslarning o‘ziga xos xossalari quyidagilardan iborat. Qo‘zg‘alishni bir
tarafga – presinaptik membranadan postsinaptik membrana tomon o‘tishi.
Qo‘zg‘alishning sinapsda to‘xtab o‘tishi. Ana shu to‘xtalib o‘tish mediatorning
pufakchadan ajralib, sinnaps yirig‘iga o‘tishi va postsinaptik membranadagi retseptor
bilan birikishiga ketgan vaqtga teng (0,2-0,5 ms). Sinapslarning labilligi past, ulardan
sekundiga faqat 100-150 ta impuls o‘tishi mumkin. Nerv tolasining labilligi, masalan,
sekundiga 500-1000 ta impulsni tashkil qiladi. Sinapslarda ularga yetib kelgan impulslar
chastotasi transformatsiyaga (o‘zgarishga) uchraydi. Sinapsga yetib kelgan va undan
chiqqan impulslar soni odatda teng bo`lmaydi. Sinapslarning ba‘zi fiziologik faol
moddalarga, dorilarga va zaharlarga sezgirligi yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: |