195
Ichak shilliq pardasida va shirasida 20 ga yaqin gidrolitik fermentlar bor. Ular
oqsillar
va polisaxaridlarning parchalanishi natijasida hosil bo`lgan oligomerlarini, yoglar
parchalanishi mahsuloti monoglitseridlarni va ovqat tarkibidagi disaxaridlar va ba‘zi
boshqa moddalarning parchalanishini oxiriga yetkazadi.
Ichakning proteolitik fermentlari orasida enterokinaza alohida ajralib turadi. Bu
ferment tripsinogen molekulasida lizin va izoleysin aminokislotalari o'rtasidagi
aloqadorlikni uzib, undan geksapeptid ajratadi. Natijada fermentning faol markazi
ochilib, tripsinga aylanadi. Enterokinaza o‗n ikki barmoq ichak va ingichka ichakning
yuqori qismida sintezlanadi. Ingichka ichakning hamma qismida bir guruh peptidazalar
aniqlangan. Ular di- tri- va oligopeptidlarning aminokisotalarga parchalanishini
ta‘minlaydi.
Ovqat tarkibidagi polisaxaridlarni parchalashda ingichka ichakning gamma-amilazasi
ma‘lum ahamiyatga ega. Bu fermentning pankreatik alfa-amilazadan farqi shuki, uning
ta‘sirida polisaxarid molekulasining uchidagi glyukoza yaxshi ajraladi. Shuning uchun
gamma-amilaza ta‘sirida polisaxaridlardan oligo-disaxaridlar bilan bir qatorda, sezilarli
miqdorda glyukoza ham hosil bo`ladi.
Disaxaridlarni parchalovchi fermentlar ham bir nechta. Maltaza va izomaltaza
kraxmaldan amilazalar ta‘sirida hosil bo`lgan dekstrinlar va oligosaxaiidlarning a -1,6—
glyukozid,a —1,‘— glyukozid bog‘lamlarim uzadi, maltozani ikki glyukoza
molekulasiga parchalaydi.
Saxaroza iste‘mol qilinadigan lavlagi yoki shakarqamish qandini —- saxarozani
glyukoza va fruktozaga parchalaydi. Bu ferment maltozani ham parchalash qobilivatiga
ega.
Sut tarkibidagi laktozani laktaza fermenti glyukoza va galaktozaga ajratadi, iaktoza
boshqa disaxaridazalar tomonidan parchalarnnasligini etiborga olsak, laktazani sut bilan
ovqatlanish davridagi ahamiyati tushunarli bo‗ladi,
Ingichka ichakning yarn bir disaxaridazasi — tregalaza — qo‗ziqorin va suv
o‗simljklarida uchraydigan tregalozani parchalaydi
Yuqori faollikka ega bo`lgan ichak fermentlariga ishqoriy fosfataza ham kiradi. Bu
ferment ishqoriy muhitda (Ph-optimumi 9—10 atrofida) fosfor kislotasi efirlarirti
parchalaydi.
ishqoriy fosfataza tabiiy sharoitda parchalaydigan moddalari fosfoserin, xolinfcefat va
etanolarninfosfatlardir. Bu moddalar fosfoproteinlar va fosfolipidlarning parchalanish
jarayonida oraliq mahsulotlar sifatida paydo bo'ladi.
Ingichka ichak lipaza ham sintezlaydi. Bu lipaza monoglitseridlarga nisbatan juda
faol va uchglitseridlardan pankreatik lipaza ta‘sirida kelib chiqqan monoglitseridlarni
erkin glitserin va yog‗ kislotaga parchalaydi.
Demak, ingichka ichak fermentiari asosiy oziq moddalari oqsil, yog‗ va uglevodlar
parchalanishinmg oxirgi bosqichini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: