Muqaddima



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

GEMODINAMIKA ASOSLARI 
 
     Qonning qon tomirlardagi harakatini o‘rganuvchi fan gemodinamika, deb ataladi. Bu 
fan gidrodinamikaning bir qismi. 
     Gidrodinamika  qonuniyatiga  ko‘ra,  naylarda  suyuqlikning  oqishi  ikki  kuchga: 
suyuqlikning  harakatini  yuzaga  keltiruvchi  bosim,  ya‘ni  nayning  boshi  va  oxiridagi 
bosimlar farqiga va oqayotgan suyuqlikka ko‘rsatiladigan qarshilikka bog`liq. 
     Bu kuchlarning birinchisi – bosimlar farqi suyuqlikni harakatga keltirsa, ikkinchisi  – 
gidravlik  qarshilik  suyuqlikning  harakatiga  to‘sqinlik  qiladi.  Bosimlar  farqining 
qarshilikka  nisbati  vaqt  birligida  naylardan  oqayotgan  suyuqlik  hajmini,  ya‘ni  suyuqlik 
oqimining hajm tezligini belgilaydi. Bu bog‘lanish quyudagi tenglarna bilan ifodalanadi: 
                                                    P
1
 – P
2
 
                                          Q =    
                                                        R 
 
     Qon  tomirlarda  qon  oqishiga  qarshilik  tomirlarning  uzunligi,  diametri,  qonning 
yopishqoqligiga bog'liq. 
     Turli  tomirlardagi  qarshilikni  ularning  uchi  va  oxiridagi  qon  bosimi  farqidan  bilish 
mumkin. Qon oqimiga qarshilik qancha katta bo'lsa, tomirda qonning harakatiga shuncha 
ko'p kuch sarflanadi, binobarin, bu tomirdagi bosim shuncha ko'p pasayadi. 
     Tomirlardagi  qon  bosimini  bevosita  o'lchash  uning  yirik  va  o'rta  arteriyalarda  atigi 
10%, arteriolalarda va kapillyarlarda esa 85% pasayishini ko'rsatadi. 
     Qon  oqimining  ikkita  tezligi  o'rganiladi.  Birinchisi  –  chiziqli  tezlik.  Chiziqli  tezlik 
qon  zarrachalarining  tomirda  siljish  tezligini  aks  ettiradi.  Uni  mm/s  yoki  sm/s  da 
ifodalanadi.  Ikkinchisi  –  hajm  tezlik.  U  qon  tomirlardan  vaqt  birligida  oqib  o'tgan 
qonning hajmini ko'rsatadi va ml/s da o'lchanadi. 


 
 
146 
 
     Aorta yoki kavak venalar orqali, o'pka arteriyasi yoki o'pka venalari orqali 1 daqiqada 
o'tadigan qon hajmi bir xil. Yurakdan ketayotgan qonning miqdori unga kelayotgan qon 
miqdoriga  teng.  Katta  va  kichik  qon  aylanish  doirasining  butun  arterial  tizimi  yoki 
barcha arteriolalar, yoxud barcha kapillyarlar  yoki butun  venoz  tizimi  orqali o'tgan  qon 
hajmi bir xil. 
     Tomirlar tizimining har qanday umumiy ko'ndalang kesimidan o'tgan qonning hajmi 
doimiy  bo'lgani  holda  qon  oqimining  chiziqli  tezligi  bir  xil  bo'lmasligi  kerak.  Chiziqli 
tezlik tomirning umumiy kengligiga (eniga) bog'liq. 
     Qon  tomirlar  tizimining  eng  tor  qismi  –  aorta.  Arteriyalar  shoxlanganda,  har  bir 
tarmoq  o'zini  ajratgan  arteriyaga  nisbatan  torroq  bo'lishiga  qaramay,  tarmoqlar 
yig'indisining  kengayganligi  kuzatiladi.  Kapillyarlar  to'ra  hammadan  keng,  chunki 
barcha kapillyarlar diametrining yig'indisi airtaning diametridan taxminan 600-800 marta 
katta. Shunga ko'ra, aortada qon kapillyarlardagiga qaraganda juda tez harakatlanadi. 
     Qon yurakdan uzluksiz chiqmay, balki otilib-otilib chiqani uchun arteriyalardagi qon 
oqimi  uzlukli  tabiatda  bo'ladi.  Arteriola,  kapillyar  va  venalardagi  qon  oqimi  uzluksiz, 
doimiydir. Buning sababi arteriyalar devorining tuzilishida. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish