QALQONSIMON BEZ
Qalqonsimon bez ichki sekretsiya bezlari icida eng kattasi bo'lib (15-30 g), diametri
har xil bo'lgan follikullardan iborat. Follikullarning ichki yuzasi kubsimon epiteliy bilan
qoplangan. Bu hujayralarning asosiy hususiyati qondagi yodni kimyoviy va elektrik
gradiyentga qarshi ajratib olib, uni gormonnal faol organik moddalarga aylantirishdan
iborat. Bezning asosiy gormonlari tiroksin (T
4
) va triyodtironin (T
3)
follikulalar epiteliyi
ishlagan kolloidning tarkibida bo'ladi. Follikullar atrofida tireokalsitoninni sintezlovchi
parafollikulyar hujayralar joylashgan.
Follikullar atrofidagi bo'shliqdan juda ko'p kapillyarlar o'tadi. Bu kapillyarlar orqali
bezga gormonlarning sintezlanishi uchun zarur bo'lgan moddalar yeetkazilib, tayyor
gormon qonga chiqariladi.
Qalqonsimon bez gormonlari (tireoid gormonlar) yod va tirozin aminokislotasidan
sintezlanadi. Qon plazmasidagi yodning 90-95% tiroksin tarkibida bo'ladi. Tireoid
104
gormonlarning faqat 0,1% plazmada erkin holda bo'lib, qolgan qismi oqsillarga bog'liq.
Faqat erkin tiroksin fiziologik faollikka ega.
Tireoid gormonlar ko'pgina metabolik jarayonlarni o'zgartirib, to'qimalarning o'sishi
va yetilishiga ta'sir qiladi. Kortikoid gormonlar bolan birga bu gormonlar jrganizmning
muhit o'zgarishlariga, hususan, mavsumiy o'zgarishlarga moslashishini ta'minlaydi. Bu
gormonlar organizmga yuborilganda asosiy modda almashinuvi oshadi, kislorod
sarflanishi va CO
2
chiqarilishi ko'payadi. Gormonlar mitoxondriyalarda oksidlanish
jarayoniga bevosita ta'sir qiladi. Hujayralarda oqsil sintezi tezlashib, yog' va uglevodlar
ko'proq parchalanadi.
Tireoid gormonlar to'qimalarning katexolarninlarga nisbatan sezgirligini oshiradi. Bu
gormonlar miqdori qonda ko'paysa, adrenalin va noradrenalinning juda oz miqdori
periferik qon tomirlarni toraytiribb, arterial qon bosimini oshiradi.
Qalqonsimon bezning me'yoridan ortiq ishlashi tireotoksikozga olib keladi. Bunda
organizmda quyidagi o'zgarishlar ro'y beradi:
1. Markaziy nerv tizimining qo'zg'aluvchanligi oshadi, odam serjahl bo'lib qoladi,
behuda bezovtalanadi, yig'laydi, uyqusi buziladi.
2. Tremor (qo'llar titrashi) paydo bo'ladi.
3. Taxikardiya ro'y berib, arterial qon bosimi oshadi.
4. Nafas o'zgaradi, o'pkaning minutlik havo almashinuvi (ventilyatsiyasi) ko'payadi.
5. Me'da-ichak tizimining harakatlari kuchayadi.
6. Ko'z yorig'i va qorachiq kengayadi, hamda ko'z chaqchayadi (ekzoftalm).
Kretinizm – qalqonsimon bez bolalik davridanoq sust ishlaganda ro'y beradigan holat.
Kretinlarning bo'yi o'smay qo'yadi, tana qismlarining nisbati o'zgaradi (oyoq-qo'llari
kalta, boshi katta bo'ladi), balog'atga yetish to'xtaydi, u ruhiy rivojlanishda orqada qoladi.
Tili og'ziga sig'may, og'zidan chiqib turadi. Bu miksedema (shilomshiq shish)
belgilaridan biridir.
Miksedema – voyaga yetgan odamning qalqonsimon bezi sust ishlaganda
kuzatiladigan holat. Uning ko'pgina belgilari tireotoksikoz alomatlarining teskarisi.
Miksedemaga uchragan bemorning asosiy modda almashinuvi 30-40% kamayadi. Tana
harorati pasayadi. Bradikardiya, gipotoniya kuzatiladi. Oqsillar almashinuvining
buzilishi natijasida a'zo va to'qimalarning hujayralararo bo'shliqlarida al'bumin va mutsin
miqdori ko'payib, bu yerdagi suyuqlikning onkotik bosimi oshadi. Natijada to'qimalarda
suv yig'iladi, «shilimshiq shish» paydo bo'ladi. Kretin bolaning tili og'ziga
sig'maganligining sababi ham tilning shishishida.
Markaziy nerv tizimi faoliyati buzilishi natijasida miksedema kasaliga uchragan
odamning fikr yuritishi va so'zlashi qiyinlashadi, unda hech narsaga ishtiyoq bo'lmaydi.
Boshqa endokrin bezlar, xususan jinsiy bezlar faoliyati buziladi.
Tireoid gormonlarning qondagi miqdori barqarorligini gipofizning tireotrop gormoni
ta'minlaydi. Bu trop gormonning qonga o'tish tezligi, o'z navbatida, rilizing-
gormonlarning faolligiga bog'liq. Tireoid gormonlarning qondagi miqdori kamaysa yoki
organizmning bu gormonlarga ehtiyoji oshsa (masalan, organizmga sovuq ta'sir
qilganda), gipotalamusning gipofizotrop sohasidan tiretropin-rilizing-gormonning
adenogipofizga o'tishi tezlashadi. Qonda TTG miqdori oshib, follikullardan tireoid
gormonlarning qonga o'tishi tezlashadi. Agar triyodtironin va tiroksinning qondagi
miqdori oshsa, rilizing-gormonning faolligi pasayadi, tiretropin miqdori ham kamayadi,
natijada qalqonsimon bez gormonlarining qondagi miqdori kamayadi. Demak,
105
qalqonsimon bez faoliyatini boshqarishda ham manfiy qaytar aloqa tamoyili katta rol
o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |