6-mashg‘ulot. (2soat).
Mavzu: Sodda va qо‘shma sо‘zlar. Qо‘shma sо‘zning sо‘z birikmasidan farqlari. Sо‘z
yasalishi strukturasi.
Reja:
1. Sodda va qо‘shma sо‘zlar haqida tushuncha.
2. Qо‘shma sо‘zlarning sо‘z birikmasidan farqlari.
3.
Sо‘z yasalishi strukturasi.
4.
Sо‘z yasalishi tahlili.
5. Kо‘rsatilgan mashqlar tо‘plamidagi 20,27,29,31,32-mashqlarni ishlatish.
Adabiyotlar:
1. SH. Shoabdurahmonov. О‘sha darslik. 172-174-betlar.
2. A. Hojiyev О‘zbek tilida sо‘z yasalishi. T, 1989, 97-10.32-betlar.
3.
О‘zbek tili grammatikasi. 1-tom, T."Fan
!
',,1975, 28-46-betlar.
4. M. Mirzayev va Y.Eshonqulov. О‘sha mashqlar tо‘plami. 71 -79-betlar.
5. K. Mamatov.- Qо‘shma Sо‘zning sо‘z birikmalaridan farqlari. "О‘zbek tili va adabiyoti"
jurnali, 1981. 19-21-betlar.
О‘qituvchi mavzu haqida talabalar bilan suhbat, savol-javob boshlashidan oldin talabalarning sо‘z
yasalishi usullari haqidagi savollariga javob beradi. Auditoriyaga savollar tashlab, avvalgi mashg‘ulot
materiallarining talabalar tomonidan о‘zlashtirilishi darajasini aniqlaydi. Munozarali о‘rinlarga izoh
beradi. Bu haqidagi talabalar bilimini mustahkamlashga hararakat qiladi. Ana shundan keyingina
sо‘zlarniig tuzilishi jihatidan sodda va qо‘shmaligi haqida va ularniig farqlarini talabalar hamkorligida
aniqlashga kirishadi, .Sodda sо‘zlar, qisqa. qilib aytganda, bir о‘zak sо‘zlar ekanligini. ta’kidlagan
holda ular tub yoki yasama bо‘lishi mumkinligini alohida eslatadi. Misol sifatida terimchilik, ishonch,
gulzor, qalam, boloxona, choyxona kabilarni keltiradi. Bulardan terimchidik о‘zakdan tashqari uch
sо‘z yasovchi qо‘shimcha mavjudligini kо‘rsatib, qalam leksemasida esa о‘zakdan boshqa formantlar
yо‘qligini aytib, sodda sо‘zlar bir о‘zakli bо‘lgani uchun sodda deb qaralishini asosiy mezon deb
belgilaydi.
Shu bilan boshqa tillardan о‘zlashgan (о‘z tilda qо‘shma sо‘z hisoblangan) zararkunanda,
odamshavanda, dardisar, astoydil, santimetr kabi sо‘zlarni misol uchun aytib, bu sо‘zlar о‘zbek tili
uchun sodda deb qaralishi sababini, yani bu sо‘zlar komponentlaridan kunanda, shavanda, sar, astoy,-
santi kabilar о‘zbek tilida ma’no ifodalash xususiyatiga ega bо‘lmaganligini ta’kidlaydi. Sodda va
qо‘shma sо‘zlarning farqi shundaki, sodda sо‘zda mustaqil ma’noli morfema bitta, qо‘shma sо‘zda esa
birdan ortik, bо‘ladi: terimchi. Kо‘kalamzorlashtirish, eslatma, tortinchoq- sodda sо‘z: zrksevar,
belbog‘, tomorqa, boshpana, asalari - qо‘shma sо‘z deb misollar bilan sodda va qо‘shma sо‘z
farqlarini kо‘rsatadi.
Shundan keyin esa qо‘shma sо‘zlar haqida tо‘xtaladi. Qо‘shma sо‘z birdan ortik mustaqil ma’noli
morfemadan tashkil topgan bir sо‘z ekanligi talabalar faolligida aniqlab: о‘rinbosar, qо‘ziqorin,
qorakurt kabi misollarni keltiradi. Qо‘shma sо‘z va sо‘z birikmasi о‘zaro farqlanishi masalasida
ma’ruzada ta’kidlangan: qо‘shma sо‘zning komponentlari morfema, sо‘z birikmasining komponentlari
esa sо‘z bо‘lishini, shu sababli qо‘shma sо‘zning komponentlari yaxlitligicha bir leksik ma’no
ifodalashini, kompoiyentlari orasida sintaktik aloqa bо‘lmasligini, sо‘z birikmasi komponentlari
sо‘zlar ekanligini, sо‘z birikmasi komponentlar birikma tarkibida ham о‘z ma’no mustaqilligini saqlay
olishini, ular о‘rtasida hokim tobelik singari sintaktik aloqa ham saqlanishini aytib, bular ular
о‘rtasidagi farqlarning asosiylari ekanligini eslatadi.
Talabalardan qо‘shma sо‘zga tuyakash, oybolta, kо‘ziqorin, xushfe’l, olib kelmoq kabilarni
keltirib, ularning qо‘shma sо‘zligining sabablarini talabalardan aniqlatadi, qora portfelli (yigit), atlas
kо‘ylakli (qiz), о‘n besh qavatli (bino) kabi sо‘z birikmalarini toptiradi va uning sо‘z birikmasi
hisoblanishi sabablarini talabalarga isbotlatadi.
Shundan keyin о‘qituvchi qо‘shma sо‘zlar tarkibida mustaqil ma’no ifodalaydigan birdan ortiq
morfemaning bо‘lishi shartligini aytib, mustaqil ma’noli sо‘z bilan kо‘makchi fe’lning birikishidan
qо‘shma sо‘z hosil bо‘lmasligini ta’kidlaydi. Shunga kо‘ra yetakchi va kо‘makchi fe’ldan tashkil
topuvchi о‘qib bermoq, yoza boshlamoq, uxlab qolmoq kabi birikuvlar qо‘shma sо‘z bо‘la olmasligini
ham alohida kо‘rsatadi. Bunga sabab sifatida birinchi fe’l о‘z ma’nosini saqlagan holda, keyingisi
unga qо‘shimcha ma’no berishini aytadi.
О‘qituvchi sо‘z yasalishi strukturasi haqida tо‘xtalib, sо‘z yasovchi asos+sо‘z yasovchi formant
yoki yasovchi komponent teng yasama ekanligini terimchilik sо‘zining yasovchi asosi terimchi
+yasovchi formanti+lik, terimchi sо‘zining yasovchi asosi terim, yasovchi formanti+chi, terim
sо‘zining yasovchi asosi ter, yasovchi formanti+im ekanligini kо‘rsatadi va uning-sо‘z yasalishi tahlili
ham shunday bо‘lishini talabalar ishtirokida aniqlaydi. Sо‘z yasalishi strukturasi yasovchi
asos+yasovchi formant teng yasama bо‘lsa, sо‘zning morfem strukturasi sо‘z tarkibida nechta morfema
bо‘lsa, shuncha strukturadan iborat bо‘lishini kо‘rsatish uchun paxta+kor+lik, о‘rin+bos+ar+lik+ka
kabi misollar keltiradi. Bordi-yu, sо‘z yasalishi strukturasi tarkibida qо‘shma sо‘zga sо‘z yasovchi affiks
ham qо‘shilgan bо‘lsa-chi? deyilsa, bunda ham, ya’ni belbog‘+li tarzida sо‘z yasalish strukturasida
komponentlar yasovchi asos va yasovchi formantdan iborat bо‘lishiga, boshqacha bо‘lmasligiga e’tibor
qaratadi.
Zaruriy nazariy tushunchalar talabalar ishtirokida kо‘rib chiqilgandan keyin mavzuga doir mashq
ishlash, mustaqil amaliy topshiriqlar bajarishga kirishiladi. Mashqlar tо‘plamidagi 20, 27, 29, 31, 32-
mashqlardan namunalar ishlatadi, kartochka tarqatib,sodda, qо‘shma sо‘zlar, sо‘z birikmalari va ular
orasidagi farqlarga oid talablarni bajartiriladi, ish sifati nazorat etiladi, talabalar bilimiga qо‘yilgan
ballar e’lon qilinadi va mashg‘ulot xulosalanadi. Mustaqil mashqlar uchun mashqlarning qolganlari
topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |