120-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, nisbiy so‘zlarni aniqlang va ularning
gapdagi vazifalarini tushuntiring.
1. Kimning aqli ko‘p bo‘lsa, ayblari yashirin va do‘stlari ko‘p
bo‘ladi. 2. Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutsa, u
o‘z maqsadlariga oson erishadi. 3. Nimaiki senga zarar keltirsa,
o‘sha narsani boshqalarga ham ravo ko‘rma. 4. Har kim o‘z
og‘zining qorovuli bo‘lsa, uning nafasi hech qachon bo‘g‘ilmaydi.
5. Kimning ichi nog‘ora singari bo‘sh bo‘lsa, uning behuda
so‘zlari atrofdagilarning miyasini egovlaydi.
(«Mashriqzamin –
hikmat bo‘stoni» kitobidan)
Do'stlaringiz bilan baham: |