119-mashq.
Ko‘chiring. Bosh va ergash gaplardagi o‘zaro
nisbatlanayotgan so‘zlarni toping. Bosh gap tarkibidagi nisbatlanayotgan
ko‘rsatish olmoshining qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelayotganini
aniqlang.
1. Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o‘shaniki bo‘ladi.
(
O‘. Haydarov) 2. Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko‘rsang,
Tangri ham seni shunchalik yaxshi ko‘radi.
(Hadis) 3. Kim
birovga choh qazisa, o‘zi yiqiladi.
(Maqol) 4. Qayerda ish to‘g‘ri
yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha yerda rivojlanish bo‘ladi. 5. Nima
ro‘zg‘orga kerak bo‘lsa, dadam o‘shani bozordan keltiraverar edi.
(Oybek) 6. Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga ham
hech kim rahm-u shafqat qilmaydi.
(Hadis)
Do'stlaringiz bilan baham: |