115-mashq.
Ko‘chiring. Qo‘shma gap tarkibidagi bosh va ergash
gaplarni aniqlang. Ergash gaplarni bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish
olmoshi o‘rnida keltirib, qo‘shma gapni sodda gapga aylantiring.
1. Baxtim shuki, seni uchratdim.
(Z.Saidnosirova) 2. Shunday
o‘zgarishlar bo‘lmoqdaki, aqling bovar qilmaydi. 3. Shunisi
quvonarliki, sinfdagi o‘quvchilarning hammasi bir-biri bilan juda
ahil. 4. Shuni bilingki, hech bir yangilik bexosiyat bo‘lmaydi.
(Asqad Muxtor) 5. Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun
el qoshida manzur va mo‘tabar bo‘lsin.
(Oybek)
Namuna:
Baxtim shuki, seni uchratdim. // Baxtim – seni
uchratganligim.
Do'stlaringiz bilan baham: |