26-dars. KO‘
RSATISH OLMOSHILI ERGASHGAN
QO‘SHMA GAPLAR
1-topshiriq.
Ko‘chiring. Qo‘shma gaplar tarkibidagi bosh va ergash
gaplarni aniqlang.
1. Shuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz
seni yaxshi ko‘ramiz. (Parda Tursun) 2. Shunga aminmanki, «Ta’lim
to‘g‘risida»gi Qonun ta’lim tizimimizni yaxshilashda tub burilish yasaydi.
(«Ma’rifat» gazetasidan) 3. Umidimiz shuki, Sizlar baxtli bo‘linglar.
(Ismoil To‘lak) 4. Shunday yashaylikki, hamma havas qilsin.
2-topshiriq.
Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshini toping va
qanday gap bo‘lagi vazifasida kelayotganini ayting.
Bilib oling.
Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi
ma’nosini izohlash uchun qo‘llangan ergash gaplar bosh
gapga
-ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi. Bu yuklama bosh gap
kesimi tarkibida bo‘ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan
ajratiladi. Ba’zan bu bo‘lak qo‘llanmasligi ham mumkin, ammo
uning o‘rni bilinib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |