N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


-dars. SHART MAYLI VOSITASIDA ERGASHGAN



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/126
Sana31.08.2021
Hajmi2,37 Mb.
#160913
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126
Bog'liq
2 5264940554055058622

25-dars. SHART MAYLI VOSITASIDA ERGASHGAN 
QO‘SHMA GAPLAR 
1- topshiriq. 
Berilgan  qo‘shma  ga  plar  qismlari  orasidagi 
mazmuniy  munosabatga  diqqat  qiling.
Alpomishga  alla  aytgan  momolarim 
Ruhini  shod  etay  desang,  xalq  bo‘l,  elim!  (Muhammad  Yusuf)
Bahor  osmonida  chaqnasa  chaqin, 
Ko‘ksingdan  otilar  olovli  nafas.(A.  Oripov)
2- topshiriq.
  Qo‘shma  gap  tarkibidagi  bosh  va  ergash  gaplarni 
aniqlang.  Ergash  gap  kesimi  qanday  shaklda  ekanligini  ayting.
 Bilib oling.
  Ergash  gapning  kesimi  shart  mayli  shaklidagi 
fe’llar  orqali  ifodalanganda,  shart  mayli  qo‘shimchasi 
ergash  gapni  bosh  gapga  bog‘lovchi  vosita  ham  sanaladi.  Bunday 
ergash  gaplar  bosh  gapda  ifodalangan  mazmunning  yuzaga  chiqish 
yoki  chiqmaslik  shartini,  paytini  bildiradi.  Yozuvda  ergash  gap 
bosh  gapdan  vergul  bilan  ajratiladi.
http://eduportal.uz


53
108-mashq.
  Ko‘chiring,  bosh  va  ergash  gaplarni  aniqlang.  Ergash 
gapning  bosh  gapga  qanday  bog‘lovchi  vosita  yordamida  bog‘lanayotganini 
ayting.
1.  Yerga  mehringni  bersang,  u  senga  rizq  beradi,  seni 
to‘ydiradi. 
(Erkin  Samandar)  2.  Yomon  bo‘lar,  agar  ko‘z  yoshing 
tugab  qolsa,  kelgunicha  baxt. 
(Shavkat  Rahmon)  3.  Esli-hushli 
do‘stlaringiz  bo‘lsa,  biznikiga  olib  kelarsiz. 
(Murod  Muhammad 
Do‘st)  4.  Qorako‘zni  yana  supurgi  bilan  ursang,  unga  kosov 
otsang,  ukalaringnikiga  ketib  qolaman. 
(Said  Ahmad)
109-mashq.  
-sa,
    qolipiga  mos  uchta  ergashgan  qo‘shma  gap 
yozing.  Ergash  gapning  bosh  gapga  qanday  bog‘lanayotganini  izohlang.
110-mashq.
  Siz  tabiatni  kuzatganmisiz?  Agar  kuzatgan  bo‘lsangiz, 
bu  haqda  o‘z  fikr-mulohazalaringizni  bildiring.  Berilgan  gaplarni  bosh 
va  ergash  gaplarga  ajrating.
1.  Agar  daraxt  shoxlari  yoz  faslida  sarg‘aysa,  kuz  erta  keladi. 
2.  Olma,  olcha  kabi  mevali  daraxtlar  ikkinchi  bor  gullasa,  bu 
kuzning  iliq  kelishidan  darakdir.  3.  Qaldirg‘och  pastlab  uchsa, 
yog‘ingarchilik  bo‘ladi.  4.  Chinnigul  o‘zidan  yoqimli  hid  taratsa, 
tez  orada  shamolni  kutavering.  5.  Baliq  tez-tez  suv  betiga  sapchib 
chiqsa,  yomg‘ir  yog‘adi.  6.  Mevali  daraxtlar  ko‘p  hosil  qilsa,  qish 
qattiq  keladi.
111-mashq.
  Ko‘chiring.  Ergash  va  bosh  gaplarni  aniqlab,  ergash 
gapni  bosh  gapga  bog‘lovchi  vositalarni  ayting.
1.  Kasalini  yashirsang,  isitmasi  oshkor  qiladi. 
(Maqol) 
2.  Seni 
hurmat  qilishlarini  istasang,  o‘zingni  hurmat  qil. 
(«Tafakkur  gulshani»dan)              
3.  Ichlari  achimasa,  menga  o‘sha  gaplarni  gapirmas  edi. 
(Abdulla 
Qahhor)
  4.  Hurmat  qilsang,  hurmat  ko‘rasan. 
(Maqol)
  5.  Mehmon  kelsa 
eshikdan,  rizqi  kirar  teshikdan. 
(Maqol)
 
1. Kesimi  fe’lning  shart  mayli  shakli  bilan  ifodalangan  ergash   
gaplar  qanday  ma’nolarni  ifodalaydi?
http://eduportal.uz


54
2.  Shart  mayli  qo‘shimchasi  yordamida  bog‘langan  qo‘shma  gap 
qismlari  qanday  tinish  belgisi  bilan  ajratiladi?
112-mashq.
 
Uyga  vazifa.
  Kesimi  shart  mayli  shaklidagi  fe’llar 
bilan  ifodalangan  ergash  gapli  qo‘shma  gaplardan  bo‘lgan  to‘rtta  maqol 
keltiring.  Ergash  va  bosh  gaplarni  aniqlang.

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish