N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/126
Sana31.08.2021
Hajmi2,37 Mb.
#160913
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   126
Bog'liq
2 5264940554055058622

32-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
139-mashq. 
Matnni 
o‘qing.  E
rgashgan  qo‘shma  gaplarni  aniqlab, 
ularga  izoh  bering.  Ona  tiliga  hurmat  borasida  suhbatlashing. 
Tilimizdagi  yana  bir  yengillik  shuki,  sanog‘i  aytilgan  narsalarni 
bild
irgan  so‘zlarga  ko‘plik  qo‘shimchasi  -lar  qo‘shilmaydi.  Bu 
http://eduportal.uz


65
mantiqan  to‘g‘ri,  chunki  sanoqning  o‘zi  ko‘plikni  ifoda  qiladi. 
Rus,  ingliz  tillarida  sanog‘i  ma’lum  narsalarga  ham  ko‘plik  belgisi 
qo‘yiladi.  Bu  ikki  til  ta’sirida  bizlarda  ham 
o‘nta  kitoblar,  o‘n 
ikkita  kursilar  deguvchi  chala  mullalar  paydo  bo‘ldi.  Bu  hol  ona 
tilining  fazilatini  bilmaslik,  mensimaslikdir. 
(E.  Vohidov)
 
140-mashq.
  O‘qing.  Matn  tarkibidagi  qo‘shma  gaplarni  aniqlang. 
Ergashgan  qo‘shma  gaplarni  ko‘chiring.  Ergash  gapni  bosh  gapga 
bog‘lovchi  vositalarni  izohlang.
Eshitdimki,  bir  podshoh  bir  asirni  o‘ldirishga  farmon  beribdi. 
Sho‘rlik  asir  hayotdan  umidini  uzibdi  va  podshohni  boplab  so‘ka 
boshlabdi,  chunki  kishi  jonidan  umidini  uzsa,  ko‘nglida  borini 
bayon  etadi.
Podshoh:  «U  nima  deyapti?»  –  deb  so‘rabdi.  Sofdil  vazirlardan 
biri:  «Ey  podshohi  olam,  har  kim  g‘azabini  ichiga  yutsa,  u 
gunohkorning  gunohidan  o‘tadi  deyapti»,  –  deb  javob  beribdi.
Podshohning  rahmi  kelib,  asirni  afv  etibdi.  Sofdil  vazirni 
ko‘ra  olmaydigan  ikkinchi  vazir  gapga  aralashdi  va  vazirlar 
podshoh  huzurida  faqat  rost  so‘zlashlari  lozimligini  aytdi:  «Bu 
asir  podshohni  haqorat  qildi  va  sha’niga  yomon  gaplar  aytdi»,– 
debdi.  Shunda  podshoh  jahl  bilan  debdi:  «Sen  aytgan  rost  gapdan 
ko‘ra  uning  yolg‘oni  menga  ko‘proq  ma’qul  tushdi,  chunki  uning 
yolg‘oni  xayrixohlik  yuzasidan  aytilgan  edi.  Seniki  esa  jinoyatga 
boshlash  uchun  aytildi». 
(Sa’diy)
141-mashq. 
Ergashgan  qo‘shma  gaplarni  aniqlang  va  ularning 
tuzilishiga  diqqat  qarating.  Mavzuga  o‘z  munosabatingizni  bildiring. 

Qoida,  yo‘l-yo‘riq”  ma’nosidagi  dastur  so‘zi  tilimizdan 
mustahkam  joy  olayotgani  —  quvonchli  hol.  Bu  yo‘lda  sobitqadam 
bo‘lishimiz  kerak.  Lekin  tilimizni  tozalaymiz  deb,  xalqaro 
atamalarni  yalpi  surib  chiqarish  ham  to‘g‘ri  emas.  Ular  ham 
yangi  zamonda  topgan  til  boyligimiz.  Inson  degan  so‘z  yonida 
http://eduportal.uz


66
odam,  bashar,  odamzod,  jon,  shaxs,  zot,  banda  kabi  atamalarimiz 
turganidek,  dastur yonida 
programma,  muammo  yonida  problema, 
atama,  istiloh qatorida termin  ham  bo‘lsa,  arava,  ulov,  markab 
bilan  yondosh  transport  ham  kunimizga  yarab  tursa,  o‘zbekcha 
aytganda,  teshib  chiqmaydi. 
(E.  Vohidov) 
142-mashq. 
O‘.Hoshimovning  quyidagi  gaplarini  epigraf  qilib  olib, 
“Shirin  so‘z  –  jon  ozig‘i”
  mavzusida  og‘zaki  matn  tuzing.  Matnda 
qo‘shma  gaplardan  foydalaning.
Odamlarning  mushkulini  oson  qilish  qo‘lingdan  kelmasa,  aqalli 
bir  og‘iz  shirin  so‘z  bilan  ko‘nglini  ko‘tar. 
143-mashq. 
Quyidagi  so‘zlarni  lug‘at  daftaringizga  yozing,  ma’nosini 
yodda  saqlang.  Ular  ishtirokida  ergashgan  qo‘shma  gaplar  tuzing.

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish