60
29-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Topshiriq.
Gapni ko‘chiring. Sodda gaplarning bir-biriga bog‘lanishiga
diqqat qiling. Gapni kengaytirib, og‘zaki matn tuzing.
Hayo dilni ravshan
qiladurgan bir nurdirki, inson har vaqt shul ma’naviy nurning ziyosiga
muhtojdur.
(
Abdulla Avloniy)
128-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, bog‘lovchi vositalarga diqqat
qiling. Bu hikmatlarni yodda tuting, ularning biridagi fikr haqida
mulohazalaringizni bayon qiling.
1. Bilingki, jim turib salomat bo‘lish gapirib malomatga
qolishdan afzal. 2. Shuni anglamoq kerakki, ota-ona uchun
farzanddan ko‘ra yaqinroq kimsa yo‘q. 3. Shundan ehtiyot
bo‘lingki, birovning ota-onasini haqorat qilgan odam o‘zining ota-
onasini ham haqoratlagan bo‘ladi. 4. Shuni hamisha yodingizda
saqlangki, birovga yolg‘on gapirish eng katta gunohdir. 5. Shuni
unutmangki, do‘stlar bilan suhbat qurmoq gullar orasida sayr
qilmoqdan xushdir.
(
«
Aql aqldan quvvat olar
»
kitobidan
)
129-mashq.
Gaplarni o‘qing, ularning qismlari o‘rtasidagi bog‘lanishni
izohlang.
1. Katta arava qaysi yo‘ldan yursa, kichik arava ham xuddi
shu yo‘ldan yuradi.
(Maqol)
2. Sevgi shunday navbahorki, u
tikondan gul qilur.
(E.Vohidov)
3. Kim yalqov bo‘lsa, uning
qo‘lida obod yer ham xarob bo‘ladi.
(Sobir Abdulla)
4. Men senga
shunday narsalar keltirayki, ularni tushingda ham ko‘rmagansan.
(Oybek)
5. Kimning quroli bilim bo‘lsa, uning kelajagi porloq.
(J.Abdullaxonov)
130-mashq.
Ko‘chiring. Ergash va bosh gaplarni aniqlab, ergash
gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalarni ayting.
1. Kasalini
yashirsang, isitmasi oshkor qiladi.
(Maqol)
2. Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, johil odam har doim
o‘zini boshqalardan ustun qo‘yadi.
(«Sharq hikmatlari»dan)
3. Seni hurmat qilishlarini istasang, o‘zingni hurmat qil.
(«Tafakkur
gulshani»)
4. Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan.
(Maqol)
http://eduportal.uz
61
131-mashq.
Yusuf Xos Hojib tomonidan aytilgan hikmatlar
mag‘zini chaqing. Ergash gaplarni bog‘lovchi vositalarni izohlang.
1. Jahl kelsa, yaxshi kishidan ham aql ketadi. 2. O‘limga qarshi
dori-darmonlar foyda qilganda edi, tabiblar abadiy tirik qolgan
bo‘lardilar. 3. Agar kim zo‘ravon bo‘lsa va to‘g‘rilikdan qochsa,
zahar-zaqqum o‘shaning nasibasi bo‘ladi. 4. Kim yomonlik qilsa,
o‘ziga qiladi, u yomonlikning mukofoti ham yomonlik bo‘ladi.
132-mashq.
Uyga vazifa.
Quyidagi so‘zlarning ma’nosini yodda
saqlang va ular ishtirokida ergashgan qo‘shma gaplar hosil qilib,
daftaringizga yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: