Mavzu bo’yicha foydalanilgan adabiyotlar.
1.I.A. Karimov « Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» T. 2008 y
2.«O’zbekiston
Respublikasining
Kadrlar
tayyorlash
milliy
dasturi»,
«Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» – Toshkent: Sharq,
1997-65 b.
3. B. Normurodova Tarbiyafiy ishlar T 2006 y.
4. J.Hasanboyev, X.To’raqulov, Alqarov, N. Usmonov. Pedagogikadan izoxli
lug’at.
121
9-MAVZU: SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI ISHLARNI
AMALGA
OSHIRISHDA
DIREKTOR
O‘RNBOSARINING
ISH
METODIKASI.
O’QUV
ISHLARI
BO’YICHA
DIREKTOR
O’RINBOSARINING VAZIFALARI.
R E J A:
1. Umumta’lim maktablari ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor
o’rinbosarining ijtimoiy maqomi.
2. Umumta’lim maktablari ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor
o’rinbosarining tarbiyaviy ishlardagi vazifalari.
3. Umumta’lim maktablari ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor
o’rinbosariga tarbiyaviy ishlar bo’yicha qo’yiladigan talablar.
4. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarining ish hujjatlari.
Mavzuning maqsadi: talabalarga umumta’lim maktablari ma’naviy – ma’rifiy
ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarining tarbiyaviy ishlardagi vazifalari va ularga
qo’yiladigan talablar bo’yicha ma’lumot berish.
Kalit so’zlar: talaba, tarbiya, umumta’lim, maktab, ma’naviy, ma’rifiy, direktor,
o’rinbosar, ijtimoiy, maqom, vazifa, natija, metod, talab, vosita, samara, natija.
1. Umumta’lim maktablari ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor
o’rinbosarlarining ijtimoiy maqomi. Ma’naviy -ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor
o’rinbosari lovozimi ta’lim tizimi boshqaruvidagi yangi lavozim bo’lib, u
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 23 apreldagi “Respublika
Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil etish to’zrisida” gi
Farmonining hosilasi hisoblanadi. Bu lavozimning huquqlari, vakolatlari, vazifalari,
burchlari va majburiyatlari O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi” gi
Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi tomonidan 2000 yilda tasdiqlangan “Umumiy o’rta ta’lim muassasalari
ma’naviy – ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari xaqidagi Nizom”
bilan tartibga solinadi.
Ma’naviy-ma’rifiy
tarbiya
ishlari
bo’yicha
direktor
o’rinbosari
ta’lim
muassasalarida tarbiya sohasi bo’yicha mas’ul vakili bo’lib, o’qituvchilar, ota-
onalar, jamoat tashkilotlari va muassasalarning tarbiyaviy faoliyat yo’nalishlarini
muvofiqlashtiruvchi, o’quvchilar uchun maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni
tashkil etuvchi shaxs hisoblanadi.Uning bosh maqsadi o’quvchilarning darsdan
122
tashqari bo’sh vaqtlarida tarbiyaviy ishlar jarayonini shakllantirish bo’lib, tarbiyaviy
ishlar jarayoniga milliy g’oyaning bosh va asosiy g’oyalarini tatbiq etish, tarbiya
jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy va yordamchi vositalarni aniqlash, maktab
o’quvchilari uchun ma’naviy-axloqiy dasturlarini tuzish, tarbiyaviy ishlar rejasini
ishlab chiqish, tarbiya ishlariga ta’sir etuvchi texnologiyalarni joriy etish,
o’quvchilarning o’zini*o’zi boshqarish tuzilmalari bilan ishlashni yo’lga qo’yish,
o’quvchilarning kiyinish qoidalarini nazorat qilib borish, ularning tarbiyalanganlik
darajasini tahlil qilib borishdan iborat.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari bosh tarbiyachi-pedagog
bo’lib, u quyidagi sifatlarga ega bo’lishi kerak:
1.U o’z sohasini puxta tushuna oladigan, muayyan tajribaga ega, o’zini ijobiy
tomondan namoyon qilgan bo’lishi,o’zining ijtimoiy faolligi, ma’naviy-ma’rifiy
jihatdan bilimdon bo’lishi.
2. U dunyoqarashining kengligi, odamlarga va o’quvchilarga bo’lgan munosabati,
o’ziga va boshlarga nisbatan talabchanligi, pedagogik mahoratni egallaganligi bilan
boshqalardan ajralib turishi va yuqori kasb mahoratiga ega bo’lishi lozim.
3. Jamoa bilan ishlashni yaxshi ko’rishi, undan zavqlanishi, bolalarni seva olishi
kerak.
4. Muammoning yechimi yo’llarini, yutuqlarga erishish mexanizmini yaxshi
bilishi.
5. Direktor o’rinbosari faoliyatini oqilona tashkil etish yo’llarini bilishi.
6. Tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda psixolog, to’garak, sinf rahbari, fan
o’qituvchilari, bolalar yetakchisi, mahalla, maktab, oila, jamoat tashkilotlari,
maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, huquqbuzarlik yoki jinoyatchilikka moyil ,
voyaga yetmagan, tarbiyasi og’ir bo’lgan o’quvchilar va barcha yo’nalishdagi ishlar
bilan hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishi.
7. Tarbiyaviy ishlar jarayonini boshqarishda yangi usullardan foydalanishga
ehtiyoj sezishi, talabchanlik sifatlari bilan o’rnak bo’lishi, o’ziga tanqidiy qaray
olishi.
123
8. Vavzifalarni o’zi bajarishga kirishmasdan jamoa o’rtasida to’g’ri taqsimlash,
doimiy ravishda nazorat qilib borish, faoliyatni muvofiqlashtirish, xodimlarni
mustaqil va tashabbus bilan ishlashga, o’z vazifasiga ijodiy yondashishga o’rgata
olishi zarur.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor
o’rinbosari ota-onalar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorikda o’quvchi
yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularning ongiga ona Vataniga , xalqiga va
uning bugungi bunyodkorlik ishiga ehtirom bilan ruhida tarbiyalashga rahbarik
qiladi.
Umumta’lim
maktablari ma’naviy –
ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor
o’rinbosarining ijtimoiy maqomi konkret ravishda quyidagilardan iborat:
1) maktab ta’lim – tarbiya ishlarini tashkil qilish ishlarida vakolatli tarzda ishtirok
etish;
2) ma’naviy tarbiya ishlarini tashkil qilish va mazkur jarayonga oid ishlarni
boshqarish;
3) ma’rifiy tarbiya ishlarini yo’lga qo’yish va bu jarayonga oid ishlarni
muvofiqlashtirib borish;
4) ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishlari monitoringini olib borish.
Mazkur ijtimoiy maqomning axamiyati quyidagilar bilan belgilanadi:
a) maktab ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishlari uchun javobgarlik;
b) sinf raxbarlari, “Kamalak” bolalar tashkiloti va “Kamolat” yoshlar ijtimoiy
harakati yetakchilari, ota – onalar qo’mitasi a’zolari va mahalla faollarining tarbiya
ishlarida ishtiroki uchun ma’suliyatlik;
v) o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi uchun burchga egalik;
g) tarbiyaviy ishlarning samarali va istiqboli uchun majburiyatlik.
E’tibor berilsa, bu lavozimda ikki tushuncha mujassam bo’lgan: ma’naviy va
ma’rifiy. Ma’naviy tushunchasi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilarda quyidagi
ko’nikmalarni shakllantirish nazarda tutadi. [1,20]:
g’oyaviy immunitetlik;
mafkuraviy mo’tadillik;
124
ma’rifiy yetuklik;
madaniy barkamollik;
axloqiy talabchanlik.
Ma’rifiy tushunchasi o’quvchilarda tarbiya ishlarda quyidagi malakalarni
shakllantirish birlamchi hisoblaydi:
ongning shakllanganlik;
dunyoqarashning tarkib topganligi;
fe’l – atvor rivojlanganligi;
mazkur ishlarda tarbiyaviy ishlar ishtirokchilarining faolligi;
maktab tarbiyaviy ishlarning samaradorligi.
Bunday yondoshuv ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha maktab direktori
o’rinbosarlari ijtimoiy maqomining belgilarini namoyon etadi [4].
2. Ma’naviy ishlar bo’yicha maktab direktori o’ribosarlarining tarbiyaviy
ishlardagi vazifalari. Jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy
mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy tarixiy va madaniy merosimiz, milliy
an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol
g’oyalariga sadoqat ruhida keng fikrli, sog’lom, jismoniy, aqliy va ma’naviy
jihatdan barkamol, iqtisodiy isohotlarning mohiyatini tushunadigan hamda ularni
yangi ijtimoiy munosabatar orqali hayotga tatbiq eta oladigan, milliy g’oyani
shaxslarda shakllantira olish direktor o’rinbosari faoliyati maqsadining asosini
tashkil etadi.
Umumta’lim
maktablarida
amalga
oshiriladigan
tarbiyaviy
ishlarning
samaradorligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari
faoliyatiga bog’liq. Shu jihatdan mazkur didektor o’rinbosarining faoliyati
tarbiyaviy ishlarga majmui yondashuviga bog’liqdir. E’tibor bering:
125
Mazkur yondashuvni oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak o’qituvchi yetarli
darajada idrok qilib olishi kerak. Chunki u ertaga tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor
o’rinbosari bo’lishi mumkin. Bu o’z navbatida tarbiyaviy isholarni oqilona tashkil
qilish va olib borishni taqozo etadi. Uning asosiy xususiyatlari zaruriyatlik, foydalik
va ega bo’lishlikdan iborat. Shu sababli maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo’yicha o’rinbosarining faoliyati quyidagi modelda tashkil qilinsa, kutilgan
samarani berishi tajribalardan ma’lum bo’ldi (4-chizma):
Мақсади,
вазифалари
мазмуни
Шакллари
Методлари
Воситалари
Меҳнат тарбияси
Ақлий тарбия
Жисмони
й
тарбия
Эстетик
тарбия
Ахло
қий
тарбия
Маънавий
тарбия
Маърифий тарбия
126
E’tibor berilsa, bu model qat’iy bosqichlik tizimiga ega bo’lib, vaziyatlar tahlilidan
boshlanadi va natijalar tahlili bilan tugaydi; keyin yana vaziyat tahliliga qaytiladi.
Mazkur masalada alohida yondoshuv kerak. Negaki ma’naviy - ma’rifiy ishlar
bo’yicha maktab direktori o’rinbosarlari tarbiyaviy ishlarda muhim shaxs
hisoblanadi. Chunki u o’quvchi-yosharning dunyoqarashini shaklantirish,
xalqimizning boy tarixiy merosi asosida ularni vatanparvarik, mehnatsevarlik,
insonparvarlik, iymon-e’tiqod, mehr-shafqatlilik misolida har tomonlama barkamol
avlodni tarbiyalaydi. Bizning nazarimizda, bu masalada ularning asosiy vazifalarini
qo’yidagilar tashkil qiladi:
ma’naviy tarbiyalash va uni takomillashtirib borish;
ma’rifiy
tarbiyalash va uni rivojlantirib borish;
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni muvrfiqlashtirib borish;
tarbiya ishi ishtirokchilarini yo’naltirish;
ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalanganlik darajasi uchun ma’suliyatli bo’lish va h.k.
Buning uchun quyidagi modelga asoslanish kerak bo’ladi ( 1-chizma):
1.Вазият таҳлили ва
мақсадни шакллантириш
2.Тарбиявий ишларни
режалаштириш
3.Тарбиявий ишларни
ташкил қилиш
4. Тарбиявий ишларни
амалга ошириш
5. Натижалар таҳлили
127
Ushbu vazifalarning tasnifi quyidagilardan iborat:
1. Tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish bo’yicha:
- ma’naviy va ma’rifiy tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;
- ma’naviy va ma’rifiy tarbiyaviy ishlarni hozirgi va istiqboldagi rejalarini ishlab
chiqish;
- tarbiyaviy ishlar moddiy – texnik bazasini shakllantirish;
- tarbiyaviy ishlar monitoringini olib borish.
2. Tarbiyaviy ishlarni nazorat qilish bo’yicha:
- maktab tashkilotlari kuzatuvini olib borish;
- maktab tashkilotlari ishtirokchilari faoliyatini yo’naltirish;
- maktab tashkilotlari samaradorligini ta’minlash;
- maktab tashkilotlari asoslarini ishlab chiqish.
3. Tarbiyaviy ishlar manitoringini olib borish:
- maktab tarbiyaviy ishlari hisobotlarini tashkil qilish;
- maktab tarbiyaviy ishlar faoliyatini takomillashtirib borish;
- tarbiyaviy ishlar natijalarida tahlil etish;
- tarbiyaviy ishlarning strategik dasturlarini ishlab chiqish.
Тарбиявий ишларда
мактаб директорининг
маънавий-маърифий
ишлар бўйича ўринбо-
сарининг вазифалари
1. Тарбиявий
ишларни
ташкиллаштириш
2.Тарбиявий ишларни
назорат қилиш
3. Ташкилий ишлар
мониторингини олиб
бориш
Тарбиявий ишлар
натижаси
128
3. Umumta’lim maktablari ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor
o’rinbosariga tarbiyaviy ishlar bo’yicha qo’yiladigan talablar.
Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari tarbiyaviy ishlar bo’yicha
muayyan burchlarga ega bo’ladi. Bunday burchlar qo’yidagilardir:
Maktab direktori bilan tarbiyaviy ishlar uchun javobgarlik;
Maktab psixologi bilan tarbiyaviy ishlarning ta’sirchanligini ta’minlash;
Maktab tashkiloti ishtirokchilari faoliyati uchun mas’uliyatli bo’lish;
O’quvchilarning jismoniy, aqliy va axloqiy jixatdan tarbiyalanishini ta’minlash.
Umumta’lim maktablari ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor
o’rinbosarlariga tarbiyaviy ishlar yuzasidan quyidagi pedagogik talablar qo’yiladi
(2-chizma):
Bunda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
1.Tarbiyaviy ishlarni boshqarish bo’yicha:
maktab tarbiyaviy ishlarni nazorat qilish;
maktab tashkilotlari hisobotini qabul qilish;
maktab tashkilotlari muammolarini hal etish;
maktab tashkilotlarini strategik yo’naltirish.
2.Tarbiyaviy ishlar shakllarini belgilash bo’yicha:
maktab tashkiloti ishlari yo’nalishlari va asoslarini ishlab chiqish;
Тарбиявий ишларда
мактаб директорининг
маънавий-маърифий
ишлар бўйича ўринбо-
сарига қўйилган талаб
1.Тарбиявий ишларни
бошқариш
2.Тарбиявий ишлар
шаклларини белгилаш
3.Ташкилий ишларни
йўналтириб бориш
Мактаб тарбиявий
ишлари самараси
129
maktab tashkilotlari shakllari va ko’nikmalarini belgilash;
maktab tashkilotlari metodlari va texnologiyalarini tavsiya etish;
maktab tashkilotlarini takomillashtirsh yo’llarini taqdim qilish.
3.Tarbiyaviy ishlarni yo’naltirib berish bo’yicha:
maktab tashkilotlarining choraklik va yillik rejalarini ishlab chiqish;
maktab tashkilotlari samaradorligini oshirish choralarini ko’rish;
maktab tashkilotlari natijalarini taxlil qilib borish;
maktab tashkiloti xaritasini yuritish.
E’tibor berilsa ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlariga
tarbiyaviy ishlar bo’yicha qo’yiladigan pedagogik talablar konkret xususiyatga
egadir.
4. Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarining ish hujjatlari.
Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari o’z faoliyatini
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim tizimini
rivojlantirish to’g’risidagi qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda
Halq ta’limi vazirligining qaror va buyruqlari asosida tashkil etib, yuqori
idoralarning sohaga oid me’yoriy hujjatlari o’rganib quyidagi ish hujjatlari
bo’lishini ta’minlashi zarur:
1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni va Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi, ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot sohasiga oid hukumat
qarorlari, Vazirar Mahkamasining ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga oid qarorlari,
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligining buyruq va qarorlari,
yuqori boshqaruv idoralari tomondan yuborilgan hujjatlar.
2. Maktabning ijtimoiy pasporti. O’tgan o’quv yili yakunlari bo’yicha tarbiyaviy
ishar tahlili.
3. Sinflar bo’yicha o’quvchilarning tarbiyaanganlik darajasini ko’rsatuvchi
umumlashgan xarita.
4.Joriy o’quv yili va har bir chorak uchun tarbiyaviy ish rejalari.
130
5. Maktabdan va sinfdan tashqari bolalar birashmalari (to’garaklar, seksiya, klub)
ning ish rejalari.
6. O’quvchilarning o’zini-o’zi boshqaruv tizimi bilan ishash rejalari.
7. Ta’lim muassasasi va sinfar tomonidan o’tkazilgan tadbirlarda ishtirok etish
daftari.
8. Sinf rahbararining yig’ilish va seminarlarining bayonlar daftari.
9. Sinfar va sinfdagi o’quvchilar ro’yxati.
10. Tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan ishlash rejalari (kartoteka, tavsifnoma, reja,
tadbirlar).
11. Bayramlarni, kecha va tatbirlarni o’tkazish rejalari va ssenariylari.
12. O’quvchilarning ta’tilarni tashkil qilish uchun rejalar.
13. Navbatchilar kengashi ish hujjatlari.
14. Ilg’or ish tajribalar va ularni o’rganish bo’yicha hujjatlar.
15. Ota-onalar bilan hamkorlik qilish ish rejalari.
16. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bilan hamkorlik rejalari.
17. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarining shaxsiy ish rejasi.
18. Davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik ishlari va boshqalar.
Shunday qilib umumta’lim maktablari ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor
o’rinbosarining tarbiyaviy ishlardagi burchi va vazifalari keng ko’lamligi bilan
diqqatga sazovar.
Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari nizomda
belgilangan vazifalar bilan bog‘liq ravishda tegishli pedagogik xodimlarga
ko‘rsatma beradi. Xizmat vazifasi doirasidan kelib chiqqan holda sinfdan va
maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish va yangi to‘garaklarni ochish masalalarini
hal qiladi. Shuningdek, u:
—sinf rahbarining ta’lim-tarbiya ishlari bo‘yicha erishgan yutuqlarini hisobga olib,
uni taqdirlash uchun direktorga taklif kiritish;
131
—sinf rahbarlarining o‘z vazifasiga nisbatan mas’uliyatsizligi yoki uni suiiste’mol
qilganligi uchun direktor bilan kelishilgan holda tanbeh berish;
—bolani yaxshi tarbiyalagan ota-onalarni, maktabga yordam bergan mahalla
faollarini taqdirlash uchun direktorga taklif berish huquqiga ega.
Direktor o‘rinbosari vazifalari:
—sinf rahbarlari ish rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash;
—maktabda o‘tkaziladigan sport musobaqalari rejasini direktor bilan hamkorlikda
tasdiqlash;
—turli xildagi to‘garak ishlari rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash.
Direktor o‘rinbosari o‘quvchilarga nisbatan mehr va muhabbat, pedagogik
jamoasiga va ota-onalarga nisbatan talabchan bo‘lgan holda ish tutishda va
muntazam o‘z ustida ishlab, sabr-bardoshli, o‘z fikrlarini puxta bayon qilib,
o‘zgalarni o‘ziga jalb qila oladigan xislatlarnio ‘ziga mujassamlaydi.
Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari eng yaxshi va tajribali
o‘qituvchilardan tayinlanadi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktabda
ta’lim-tarbiya ishlarining barcha sohalarida rahbarning yordamchisidir. Maktabning
o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘z ishi uchun bevosita maktab rahbari
oldida javobgardir. U barcha ta’lim-tarbiya ishlarining to‘g‘ri olib borilishini,
o‘quvchilar bilimining to‘g‘ri hisobga olinishini va o‘qitishning yuqori sifatli
bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, maktabning umumiy rejasini va maktab rahbari
bilan o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘rtasidagi ish taqsimotini ko‘zda
tutib, o‘zining amaliy ish rejasini tuzib chiqishi kerak. Bu rejada aniq tadbirlar
ko‘rsatiladi. Rahbar bu rejani tasdiqlaydi va bajarilishini kuzatib boradi. O‘quv
ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ham rahbar singari „ichki tartibqoidalar“ga
binoan maktabning javobgar xodimi hisoblanadi.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha dars beradi.
Lekin darsi kuniga ikki soatdan oshmasligi kerak. U o‘qituvchilarga berilgan barcha
huquq va imtiyozlardan foydalanadi.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktabning ta’lim-tarbiya ishlariga
rahbarlik qilishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
132
U davlat dasturlarining o‘z vaqtida va aniq bajarilishinikuzatib boradi. Ammo bu
kuzatish faqat faktlarni qayd qilishda, ayrim fanlarning o‘quv materialini yuzaki
o‘tish va kechikib bajarish kabi hollarni yozib borishdan iborat bo‘lmasligi kerak.
Kamchilik va nuqsonlar aniqlanishi bilan o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
darhol ularning sababini o‘rganishi hamda bu kamchiliklarni tugatish va o‘quv
kursining to‘la ravishda o‘tilishi uchun zarur choralar ko‘rishi lozim.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘qituvchilarning darsiga kirib, o‘qitish
sifatini kuzatib boradi. U darslarning yuksak g‘oyaviy, siyosiy, nazariy saviyada
o‘tkazilishiga erishmog‘i kerak. Bu sohada o‘quv ishlari bo‘yicha direktor
o‘rinbosarining roli juda katta. U maktab rahbari singari, har kuni kamida ikkita
darsni kirib ko‘rishi zarur. Darslarga kirish ma’lum maqsadga qaratilishi, muayyan
vazifalarni ko‘zda tutishi lozim. Masalan, darsni kirib ko‘rishda u ma’lum bir
o‘qituvchining ish tizimini o‘rganishni, o‘quvchilarning biror fandan olgan bilimlari
darajasini yoki ma’lum sinflardagi o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlashni
maqsad qilib olmog‘i mumkin. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari kirgan
har bir dars yozma tahlil qilinib, alohida daftarga yozib qo‘yilishi ma’qul.
Maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari metodika ishlariga quyidagicha
rahbarlik qiladi:
Shu yilda maktab oldiga qo‘yilgan vazifalarni nazarda tutib, maktabdagi metodika
ishlari rejasining loyihasini tuzib chiqadi.
Metodik hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishini kuzatib boradi,pedagoglar yig‘ilishi va
metodik kengashlarga ma’ruzalar tayyorlashda yordam beradi.
O‘qituvchilar orasida tajriba almashish, yosh va tajribasikam o‘qituvchilarga
yordam berish ishlarini yo‘lga qo‘yadi. Bu ish o‘z kasbini yaxshi bilgan
o‘qituvchilarning yosh, tajribasi kam, ishga yangi kelgan o‘qituvchilarning darsiga
kirishi va ularga har xil ko‘rsatmalar berishi, metodika jihatidan yuksak saviyada
o‘tkazilgan dars namunalarini ko‘rsatish maqsadida yosh o‘qituvchilarni tajribali
o‘qituvchilarning darslariga taklif etish, nazorat ishlarining mavzusi va mundarijasi
masalalarida maslahatlar berish kabi shakllardan iborat bo‘ladi.
133
Maktab hayoti murakkab va ko‘p qirrali hayot yo‘lidir. Binobarin, maktab
rahbarlarining vazifalari ham xilma-xil. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor
o‘rinbosarining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hamma ishlarini tizimga solish, aniqlash
va rejalashtirish maqsadida ularni o‘quv yilining asosiy davrlariga taqsimlash yaxshi
natija beradi. Ma’lumki bunday asosiy davrlar uchtadir: 1. Yangi o‘quv yiliga
tayyorgalik ko‘rish.
Mashg‘ulotlarning boshlanishi va butun yil davomidata’lim-tarbiya ishlarining
borishi.
Imtihonlar va o‘quv yilining tugallanishi.
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik davrida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
maktabga taalluqli barcha buyruqlar bilan, yangi darsliklar, o‘quv qurollari va
ta’lim-tarbiya mavzularida va gazetalarda bosilgan eng muhim maqolalar bilan
yaxshi tanishib chiqishi kerak. U o‘qituvchi kadrlarni taqsimlash loyihasini
tayyorlashi, o‘quv dasturlarini o‘tish uchun taqvim-rejalarni qanday tuzish haqida
o‘qituvchilarga yo‘l-yo‘riqlar berishi zarur. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor
o‘rinbosari maktabning yangi o‘quv yilidagi ta’lim-tarbiya ishlari rejasining asosiy
qoidalarini ishlab chiqishi, o‘zining ish rejasini hamda maktabning sinfdan va
maktabdan tashqari ishlar rejasini ishlab chiqishi kerak. U kuzgi yakuniylarining
yaxshi o‘tkazilishi va 1 —4- sinfda yozgi topshiriqlarning bajarilish tadbirlarini
ko‘radi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan birgalikda imtihonlar
haqidagi qonun-qoidalarga to‘la rioya qilishini qattiq va puxta nazorat qilib turishi
zarur. U o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilimiga oshirib baho qo‘yishiga ham qarshi
kurashishi kerak. Shuningdek, hamma imtihonlar yakunlanib bo‘lib, natijalar
chiqarilgach, maktabning yillik hisobotini tuzishda rahbarga yordam beradi.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktab ishini chuqur va har tomonlama
bilgan taqdirdagina o‘qituvchi va o‘quvchilarning ishlariga aniq va amaliy rahbarlik
qila oladi. Bu rahbarlik vazifasiga ko‘tarilgan o‘qituvchi bir yoki ikki fanning
mutaxassisidir.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari quyidagilarni bilishi zarur:
134
O‘rta maktabda o‘qitiladigan hamma fanlarning dasturlarini va ularning uqtirish
xatlarini, xususiy metodikalarini, darsliklarini, ko‘rgazmali qurollarini.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning metodlarini.
O‘quvchilar tashkilotlari bilan ishlash metodlarini.
O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar nazariyasi va amaliyotini.
Bolalar adabiyotini.
Maktab gigiyenasi va ta’lim-tarbiya psixologiyasi masalalarini.
Rahbarlik qilish, nazorat qilish, hujjatlar yuritish vahisobga olish metodlarini.
Maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bularni bilmasa, rahbarlik qila
olmaydi. Shuning uchun u o‘z malakasini hormay-tolmay, har taraflama oshirib
borishi zarur. Unga bu sohada o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti, pedagogika
xonalari, xalq maorifi bo‘limlari, har turli seminarlar, qisqa muddatli kurslar va
tajriba almashish kabilar yordam beradi.
Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ham rahbar kabi ta’lim-
tarbiya ishlariga to‘g‘ri rahbarlik qilish uchun zarur bo‘lgan mustaqillik nazariyasi
bilan qurollangan siyosiy bilimdon kishi bo‘lishi kerak. O‘quv ishlari bo‘yicha
direktor o‘rinbosarining o‘qituvchi va o‘quvchilar oldidagi obro‘si uning o‘z ishini
qanchalik bilishiga bog‘liq. O‘quvchilar o‘quv ishlari bo‘yicha direktor
o‘rinbosariga faqat jadvallarni tuzuvchi va maktabning ichki tartib-qoidalarini
nazorat qiluvchi kishi debgina qaramasdan, balki ta’lim-tarbiya ishlari sohasidagi
bilimdon rahbar, qimmatli va foydali ko‘rsatmalar bera oladigan metodist va nihoyat
mohir pedagog deb qarashlari lozim.
Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari nizomda
belgilangan vazifalar bilan bog‘liq ravishda tegishli pedagogik xodimlarga
ko‘rsatma beradi. Xizmat vazifasi doirasidan kelib chiqqan holda sinfdan va
maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish va yangi to‘garaklarni ochish masalalarini
hal qiladi. Shuningdek, u:
—sinf rahbarining ta’lim-tarbiya ishlari bo‘yicha erishgan yutuqlarini hisobga olib,
uni taqdirlash uchun direktorga taklif kiritish;
135
—sinf rahbarlarining o‘z vazifasiga nisbatan mas’uliyatsizligi yoki uni suiiste’mol
qilganligi uchun direktor bilan kelishilgan holda tanbeh berish;
—bolani yaxshi tarbiyalagan ota-onalarni, maktabga yordam bergan mahalla
faollarini taqdirlash uchun direktorga taklif berish huquqiga ega.
Direktor o‘rinbosari vazifalari:
—sinf rahbarlari ish rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash;
—maktabda o‘tkaziladigan sport musobaqalari rejasini direktor bilan hamkorlikda
tasdiqlash;
—turli xildagi to‘garak ishlari rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash.
Direktor o‘rinbosari o‘quvchilarga nisbatan mehr va muhabbat, pedagogik
jamoasiga va ota-onalarga nisbatan talabchan bo‘lgan holda ish tutishda va
muntazam o‘z ustida ishlab, sabr-bardoshli, o‘z fikrlarini puxta bayon qilib,
o‘zgalarni o‘ziga jalb qila oladigan xislatlarni o‘ziga mujassamlaydi.
Davlat va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan barcha hujjatla rmohiyatini,
Prezident asarlarini yaxshi bilishi, uni o‘quvchi-yoshlar orasida targ‘ib eta olishi,
xalq pedagogikasi an’analarini, o‘zbek xalqi milliy urf-odatlari, qadriyatlari,
allomalari o‘gitlarini yaxshi bilishlari lozim.
– Mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini yaxshi bilishi va doimo uni o‘z
faoliyatida hisobga olishi , tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ilmiy asoslari hamda
yangicha usul va metodlarini yaxshi bilishi;
– radio, televidenie va ommaviy axborotning boshqa vositalari orqali berilgan eng
so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘lishi hamda ularning mohiyatini o‘quvchilarga
yetkaza olishi;
– sinfdan tashqari tadbirlarni tayyorlash va o‘tkaza bilishi;
– tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok
etishi;
– maktabda o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borayotganlarga metodik
tavsiyalar berib borishi;
– muntazam ravishda o‘z malakasini oshirib turishi, o‘z sohasi bo‘yicha
o‘tkaziladigan seminarlarda ishtirok etish.
136
DIREKTOR O‘RINBOSARINING HUQUQLARI
Nizomda belgilangan vazifalar bilan bog‘liq ravishda tegishli pedagogik xodimlarga
ko‘rsatma beradi.
Xizmat vazifasi doirasidan kelib chiqqan holda sinfdan va maktabdan tashqari
ishlarni tashkil etish va yangi to‘garaklarni ochish masalalarini hal qiladi.
– sinf rahbarining ta’lim-tarbiya ishlari bo‘yicha erishgan yutuqlarini hisobga olib,
uni taqdirlash uchun direktorga taklif kiritish;
– sinf rahbarlarining o‘z vazifasiga nisbatan mas’uliyatsizligi yoki suiiste’mol
qilinganligi uchun direktor bilan kelishilgan holda tanbeh berish;
– bolani yaxshi tarbiyalagan ota-onalarni, maktabga yordam bergan mahalla
faollarini taqdirlash uchun direktorga taklif berish huquqiga ega.
Direktor o‘rinbosari bilan quyidagi ishlar kelishilishi kerak:
– sinf rahbarlari ish rejasini direktor bilanhamkorlikda tasdiqlash;
– maktabda o‘tkaziladigan sport musobaqalari rejasini direktor bilan hamkorlikda
tasdiqlash;
– turli xildagi to‘garak ishlari rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash.
Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari eng yaxshi va tajribali
o‘qituvchilardan tayinlanadi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktabda
ta’lim-tarbiya ishlarining barcha sohalarida rahbarning yordamchisidir. Maktabning
o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘z ishi uchun bevosita maktab rahbari
oldida javobgardir. U barcha ta’lim-tarbiya ishlarining to‘g‘ri olib borilishini,
o‘quvchilar bilimining to‘g‘ri hisobga olinishini va o‘qitishning yuqori sifatli
bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, maktabning umumiy rejasini va maktab rahbari
bilan o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘rtasidagi ish taqsimotini ko‘zda
tutib, o‘zining amaliy ish rejasini tuzib chiqishi kerak. Bu rejada aniq tadbirlar
ko‘rsatiladi. Rahbar bu rejani tasdiqlaydi va bajarilishini kuzatib boradi. O‘quv
137
ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ham rahbar singari „ichki tartibqoidalar“ga
binoan maktabning javobgar xodimi hisoblanadi.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha dars beradi.
Lekin darsi kuniga ikki soatdan oshmasligi kerak. U o‘qituvchilarga berilgan barcha
huquq va imtiyozlardan foydalanadi.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktabning ta’lim-tarbiya ishlariga
rahbarlik qilishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
U davlat dasturlarining o‘z vaqtida va aniq bajarilishinikuzatib boradi. Ammo bu
kuzatish faqat faktlarni qayd qilishda, ayrim fanlarning o‘quv materialini yuzaki
o‘tish va kechikib bajarish kabi hollarni yozib borishdan iborat bo‘lmasligi kerak.
Kamchilik va nuqsonlar aniqlanishi bilan o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
darhol ularning sababini o‘rganishi hamda bu kamchiliklarni tugatish va o‘quv
kursining to‘la ravishda o‘tilishi uchun zarur choralar ko‘rishi lozim.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘qituvchilarning darsiga kirib, o‘qitish
sifatini kuzatib boradi. U darslarning yuksak g‘oyaviy, siyosiy, nazariy saviyada
o‘tkazilishiga erishmog‘i kerak. Bu sohada o‘quv ishlari bo‘yicha direktor
o‘rinbosarining roli juda katta. U maktab rahbari singari, har kuni kamida ikkita
darsni kirib ko‘rishi zarur. Darslarga kirish ma’lum maqsadga qaratilishi, muayyan
vazifalarni ko‘zda tutishi lozim. Masalan, darsni kirib ko‘rishda u ma’lum bir
o‘qituvchining ish tizimini o‘rganishni, o‘quvchilarning biror fandan olgan bilimlari
darajasini yoki ma’lum sinflardagi o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlashni
maqsad qilib olmog‘i mumkin. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari kirgan
har bir dars yozma tahlil qilinib, alohida daftarga yozib qo‘yilishi ma’qul.
Maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari metodika ishlariga quyidagicha
rahbarlik qiladi:
Shu yilda maktab oldiga qo‘yilgan vazifalarni nazarda tutib, maktabdagi metodika
ishlari rejasining loyihasini tuzib chiqadi.
Metodik hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishini kuzatib boradi,pedagoglar yig‘ilishi va
metodik kengashlarga ma’ruzalar tayyorlashda yordam beradi.
138
O‘qituvchilar orasida tajriba almashish, yosh va tajribasikam o‘qituvchilarga
yordam berish ishlarini yo‘lga qo‘yadi. Bu ish o‘z kasbini yaxshi bilgan
o‘qituvchilarning yosh, tajribasi kam, ishga yangi kelgan o‘qituvchilarning darsiga
kirishi va ularga har xil ko‘rsatmalar berishi, metodika jihatidan yuksak saviyada
o‘tkazilgan dars namunalarini ko‘rsatish maqsadida yosh o‘qituvchilarni tajribali
o‘qituvchilarning darslariga taklif etish, nazorat ishlarining mavzusi va mundarijasi
masalalarida maslahatlar berish kabi shakllardan iborat bo‘ladi.
Maktab hayoti murakkab va ko‘p qirrali hayot yo‘lidir. Binobarin, maktab
rahbarlarining vazifalari ham xilma-xil. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor
o‘rinbosarining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hamma ishlarini tizimga solish, aniqlash
va rejalashtirish maqsadida ularni o‘quv yilining asosiy davrlariga taqsimlash yaxshi
natija beradi. Ma’lumki bunday asosiy davrlar uchtadir: 1. Yangi o‘quv yiliga
tayyorgalik ko‘rish.
Mashg‘ulotlarning boshlanishi va butun yil davomidata’lim-tarbiya ishlarining
borishi.
Imtihonlar va o‘quv yilining tugallanishi.
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik davrida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
maktabga taalluqli barcha buyruqlar bilan, yangi darsliklar, o‘quv qurollari va
ta’lim-tarbiya mavzularida va gazetalarda bosilgan eng muhim maqolalar bilan
yaxshi tanishib chiqishi kerak. U o‘qituvchi kadrlarni taqsimlash loyihasini
tayyorlashi, o‘quv dasturlarini o‘tish uchun taqvim-rejalarni qanday tuzish haqida
o‘qituvchilarga yo‘l-yo‘riqlar berishi zarur. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor
o‘rinbosari maktabning yangi o‘quv yilidagi ta’lim-tarbiya ishlari rejasining asosiy
qoidalarini ishlab chiqishi, o‘zining ish rejasini hamda maktabning sinfdan va
maktabdan tashqari ishlar rejasini ishlab chiqishi kerak. U kuzgi yakuniylarining
yaxshi o‘tkazilishi va 1 —4- sinfda yozgi topshiriqlarning bajarilish tadbirlarini
ko‘radi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bilan birgalikda imtihonlar
haqidagi qonun-qoidalarga to‘la rioya qilishini qattiq va puxta nazorat qilib turishi
zarur. U o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilimiga oshirib baho qo‘yishiga ham qarshi
139
kurashishi kerak. Shuningdek, hamma imtihonlar yakunlanib bo‘lib, natijalar
chiqarilgach, maktabning yillik hisobotini tuzishda rahbarga yordam beradi.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktab ishini chuqur va har tomonlama
bilgan taqdirdagina o‘qituvchi va o‘quvchilarning ishlariga aniq va amaliy rahbarlik
qila oladi. Bu rahbarlik vazifasiga ko‘tarilgan o‘qituvchi bir yoki ikki fanning
mutaxassisidir.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari quyidagilarni bilishi zarur:
O‘rta maktabda o‘qitiladigan hamma fanlarning dasturlarini va ularning uqtirish
xatlarini, xususiy metodikalarini, darsliklarini, ko‘rgazmali qurollarini.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning metodlarini.
O‘quvchilar tashkilotlari bilan ishlash metodlarini.
O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar nazariyasi va amaliyotini.
Bolalar adabiyotini.
Maktab gigiyenasi va ta’lim-tarbiya psixologiyasi masalalarini.
Rahbarlik qilish, nazorat qilish, hujjatlar yuritish vahisobga olish metodlarini.
Maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bularni bilmasa, rahbarlik qila
olmaydi. Shuning uchun u o‘z malakasini hormay-tolmay, har taraflama oshirib
borishi zarur. Unga bu sohada o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti, pedagogika
xonalari, xalq maorifi bo‘limlari, har turli seminarlar, qisqa muddatli kurslar va
tajriba almashish kabilar yordam beradi.
Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ham rahbar kabi ta’lim-
tarbiya ishlariga to‘g‘ri rahbarlik qilish uchun zarur bo‘lgan mustaqillik nazariyasi
bilan qurollangan siyosiy bilimdon kishi bo‘lishi kerak. O‘quv ishlari bo‘yicha
direktor o‘rinbosarining o‘qituvchi va o‘quvchilar oldidagi obro‘si uning o‘z ishini
qanchalik bilishiga bog‘liq. O‘quvchilar o‘quv ishlari bo‘yicha direktor
o‘rinbosariga faqat jadvallarni tuzuvchi va maktabning ichki tartib-qoidalarini
nazorat qiluvchi kishi debgina qaramasdan, balki ta’lim-tarbiya ishlari sohasidagi
bilimdon rahbar, qimmatli va foydali ko‘rsatmalar bera oladigan metodist va nihoyat
mohir pedagog deb qarashlari lozim.
Mustaxkamlash uchun savollar va topshiriqlar
140
1. Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlarining ijtimoiy maqomi xaqida
so’zlab bering.
2. Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlarining tarbiyaviy
ishlardagi vazifalari nimalardan iborat?
3. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosariga tashkilot bo’yicha
qanday talablar qo’yiladi?
4. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari qanday hujjarlarga ega
bo’ladi?
5. Nima uchun tarbiyaviy ishlar samaradorligi direktor o’rinbosari faoliyatiga
bog’liq bo’ladi?
Adabiyotlar:
2. Bola huquqlarini himoya qilish. Rasmiy to’plam. –T.: “O’zbekiston”. 2010.
3. O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish. To’plam. – T.: “Ma’rifat - Madatkor”.
2000.
4. To’raqulov X, Asqarov I, Usmanov N. Ta’lim muassasalarida ma’naviy –
ma’rifiy ishlar. – T.: “Fan va texnologiya”. 2008.
5. Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi rasmiy to’plam. T.: “Ma’naviyat”.
2008.
6. Xasanboyev Sh. va boshqalar. Pedagogika fanidan izoxli lug’at. – T.: “Fan va
texnologiya”. 2009.
7. Xasanboyev Sh. va boshqalar. Pedagogika. Darslik – T.: “Fan va texnologiya”.
2011.
141
10-MAVZU: JAMOA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA. SINF
Do'stlaringiz bilan baham: |