59
2- ilova
Mehnatga ijobiy munosabatning tarkib topisi
Mehnatga ijobiy munosabatning tarkib toptirish maktabgacha yoshdagi bolalarning
har tomonlama yetuk shaxs bo’lib shakllanishlarida muhim ahamiyatga ega bolib,
zamonaviy sharoitda ushbu masalani texnologik yondashuv asosida hal qilish talab
qilinadi.
5-7 yoshli bolalar katta yoshlilar mehnatiga zo’r kizikishi biror mehnat
jarayonin kattalar bilan birga qatnashish yoki biror narsani mustaqil bajarish
ishtiyoqini namoyon qiladilar. Ularning faoliyatlari kichik maktab yoshidagilarga
nisbatan anchagina maqsadga yo’naltirilgan, e‘tiborlari hamda maqsadga
qaratilgandir. Bolalarda mehnat malakalari mehnat kilish odatini shakllantirish har bir
ishni ohiriga yetkazish ko’nikmasini tarbiyalash pedagogik jarayonni texnologik
yondashuv asosida to’g’ri tashkil etib quyidagi qoidalarga rioya qilinishini talab
qiladi:
Katta guruhlarga o’ziga o’zi xizmat ko’rsatish mehnati ho’jalik turmush mehnati
tabiatdagi mehnat, shuningdek qo’l mehnatini tashkil etish.
Kun tartibiga ko’ra «Bolalar bog’chasi ta‘lim tarbiya dasturi» asosida mehnat uchun
nazarda tutilgan vaqtdan to’lik foydalanish. Bolalarni har xil sport turlariga muntazam
jalb qilish.
Mehnatning har xil turlari tashkil etilar ekan bolalar faoliyatining yakka va
jamoa turlaridan foydalanish.
Bolalar mehnatiga rahbarlik metod va usullarini ta‘lim tarbiya vazifalariga muvofik
tanlash.
Xilma xil mexnat turlarini tashkil etishda ularning bolalar faoliyatining boshqa
turlari bilan oqilona biriktirish orqaligina amalga oshirish.
60
3- ilova
Ekologik madaniyatni tarkib toptirishga texnologik yondashuv
Bolalarning tabiatdagi mehnati katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Mehnat
jarayonida bolalarda tabiatga nisbatan extiyotkorlik, g’amxo’rlik munosabatlari
shakllantiriladi.
Tabiatdagi mexnat bolalarda burchlariga nisbatan ma‘suliyatni his etib
yondashishini tarbiyalaydi. Bolalar o’simlik va hayvonlarni parvarish qilar ekanlar
uning zarurligiga ishonch hosil kiladilar. Biroq tabiatdagi mexnatga nisbatan
ma‘suliyatini tarbiyalash uchun bolalar mehnat malakalarini egallab olgan bo’lishlari
o’z mehnatlarining ahamiyatini tushunishlari lozim.
Tabiatdagi mehnat maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi uchun qulay
sharoitlar yaratadi. Mehnat jarayonida bolalar o’simliklar xolati, ularni yorug’likka,
namlikka, issiqlikka yahshi tuproqqa bo’lgan extiyojlarini qondirilishiga bog’lik
ekanligini anglab oladilar.
Tabiatdagi mehnat kuzatuvchanlikni o’stirilishining usullaridan biridir. Tabiatdagi
mehnat jarayonida tarbiyaviy vazifalardan tashkari ta‘limiy vazifalar ham hal qilinadi.
Tabiat burchagida bo’ladigan navbatchilik ertalab baliqchalarni boqadilar, gullarga
suv quyadilar, yerlarni yumshatadilar, qushlar qafaslarini tozalashda yordam beradilar.
Vaqti vaqtida ko’chat utkazishda ham yordam beradilar.
Tarbiyachi va bolalar navbatchilar ishini nazorat qiladilar, xamda uni baholaydilar.