45
Mashg’ulotning
borishi:
Ma’lumki maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilar hayotining
asosini o’yinlar
tashkil
etadi. Shuni hisobga olgan holda tarbiyachilar
mashg’ulotlarni о’yin asosida tashkil qihshga harakat qiladilar. Bu esa
mashg’ulotdan ko’zlangan maqsadga erishish yo’lini qisqartiradi.
О’yinning birinchi bosqichida oldindan tayyorlab qo’yilgan
tomonlari 8 sm
ga teng tomonli kubiklarga bola kundalik hayotida ко’rib turadigan narsalarning
suratlari yelimlanadi va kubiklar aralashtirib tashlanadi. Bolalardan ma’lum
turkumga kiruvchi predmetlarning masalan, mashinalarning rasmlarini yoki uy
xayvonlarining rasmlarini kubiklar orasidan terib olish topshirig’i
beriladi. Bunday
mashqlarni bola tez uddalaydi. Bu o’yin bir necha marta takrorlansa bolaga
o’yinga qiziqish uyg’onadi.
O’yinning ikkinchi bosqichida kubiklarning bir tomoniga bir predmetning
olti yoki sakkizga bo’lingan rasmi yelimlanadi. Kubiklar aralashtirib tashlanadi va
boladan birorta rasmni tiklab berish talab qilinadi. Bunday o’yinlarda bolada
rasmlarni yodda saqlab qolish qobiliyatlari tarkib toptirila boradi.
O’yinning uchinchi bosqichida kubiklarning oltala tomoniga rasm bo’laklari
yelimlanadi. Endi kubik o’yinidan ko’zda tutilgan asosiy maqsadga erishish vaqti
yetib keladi. Kubiklar aralashtirib tashlanadi va bolalardan birorta rasmni tiklab
berish talab qilinadi. Bolalar rasmni tiklashga erishganlaridan so’ng rasm asosida
ertak to’qish vazifasi yuklanadi. Mashq bir necha marotaba takrorlanadi va bitta
rasm asosida bir necha hil ertaklar yuzaga keladi. Mashg’ulotda yaxshi
ishtirokchilar rag’batlantirib boriladi. Shunday qilib mashg’ulot osondan qiyinga,
oddiydan marakkabga qarab rivojlantirib boriladi.
Bunday mashg’ulotlarni tashkil qilish va o’tkazish, maktabgacha ta’lim
muassasasi tarbiyalanuvchilarining o’tilgan mavzu yuzasidan bilimlarining
mustahkamlanishiga, ijodiy, mustaqil fikrlash malakasiga ega bo’lishlarida, ijodiy
fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki, yozma shakllarda to’g’ri,
ravon ifodalash ko’nikmalariga ega bo’lishlarida, o’zaro o’rtoqlik, do’stlik
46
munosabatlarining tarkib topishida, chaqqonlik va epchillik fazilatlarining
rivojlanishida muhim omil bo’lib hizmat qiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ta’lim taraqqiyotida pedagogik
innovatsiyalarni to’liq o’zlashtirish nazariyasi va amaliyoti ta’lim sohasida
yangicha fikrlashga olib kelishi shubhasizdir. Bu o’rinda shuni ta’kidlash joizki,
yuqorida keltirilgan usullarni qo’llashda tarbiyachidan yuqori malaka va bolalar
fikrlarining to’g’ri- noto’g’riiligini baholash, sharhlab borish talab qilinadi. Biror
ko’rinishda baholangan faoliyat yanada jonlanish, fikrlash jarayonini faollashtirish
xususiyatiga ega bo’ladi.