O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Òazkirachilik
O‘rta Osiyo xalqlari adabiyotida va kitobatchilik ishi tarixida
tazkira janri alohida o‘rin kasb etadi. Bu bibliografiya rivojiga ham
ta’sir ko‘rsatgan. Tazkiralarda mashhur shaxslar, asosan, shoirlar,
kitob san’ati ustalari, diniy arboblar va boshqa ijodkorlar haqida
biografik va bibliografik ma’lumotlar berilgan bo‘lib, alohida bir
to‘plamni  tashkil  etgan.  Bu  manbalarda  ma’lum  bir  shaxsning
qalamiga mansub asarlari, devonlari haqida, ulardan namunalar
va uning qo‘li bilan ko‘chirilgan kitoblar haqida ma’lumot ilova
qilingan.  Òazkirachi  shaxsning  xattotlikdagi,  kitob  san’ati  bilan
bog‘liq  faoliyatidagi  yutuqlariga  alohida  e’tibor  bergan,  uning
ayrim asarlariga adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan baho beradi.
O‘sha  paytda  tazkiralarning  uch  xili — sof  adabiy  tazkiralar,
shayx  va  avliyolarga  bag‘ishlangan  tazkiralar,  xattotlar  va  kitob


69
ishi  bilan  bog‘liq  shaxslar  haqidagi  tazkiralar  mavjud  bo‘lgan.
Oxirgi tazkira „Tazkirayi xattotiy“ deb nomlangan bo‘lib, uning
maqsadi o‘tmish va zamondosh kitob san’ati namoyandalarining
hayoti  va  faoliyatiga  oid  ma’lumotlarni  bir  joyga  to‘plashdan
iborat. Bu turdagi manbalar orasida XVI asrda yashab ijod etgan
xattot qozi Ahmad Qumiyning „Xattotlar va musavvirlar haqida
risola“  nomi  bilan  mashhur  asari  muhimdir.  Òazkiralar  hozirgi
zamon va Yevropa adabiyotidagi mavjud adabiy antologiyalar va
bibliografik  lug‘atlarga  yaqin  turadi.  Unda  shaxsning  hayoti  va
faoliyati,  so‘ngra  uning  asarlari,  u  haqda  zamondoshlarining
fikrlari beriladi. Bunday tuzilish uslubi va ma’lumotlar „Bibliografik
lug‘atlar“da  ham  qo‘llaniladi.  Yirik  shoir,  adabiyotshunos  M.
Shayxzoda  tazkira  janriga  quyidagicha  tavsif  bergan:  „Sharq
xalqlarining  adabiyot  tarixini  asl  manbalar  orqali  tekshirilgan,
degan  tadqiqotchining  asosiy  suyanadigan  manbasi  turli
zamonlarda,  turli  shaxslar  tomonidan,  turli  sabablar  bilan
yozilgan  tazkiralardir“.
„Tazkira“ arabcha so‘z bo‘lib, maqsadni unutmaslik uchun
uni yozuvda bayon etish degan ma’noni anglatadi. Ularda tazkira
yaratilgan davrdagi va mamlakatdagi mashhur kishilar, yozuvchi
va  shoirlar,  olimlar  haqida  ma’lumot  beriladi.  Bu  mazmuniga
ko‘ra  hozirgi  davrdagi  biobibliografik  ma’lumotnomalarga
o‘xshab  ketadi.  Bunday  tazkiralar  Sharq  mamlakatlari  xalqlari
orasida  keng  tarqalgan  va  mashhur  bo‘lgan.  Sharq  adabiyotida
birinchi marta yaratilgan va bizgacha yetib kelgan tazkira 1017-
yilda  Mansur  as-Salibiyning  arab  tilida  yozilgan  „Yatimat  ud-
duhr“  kitobi  bo‘lib,  uning  bitta  bobi  maxsus  turkistonlik  va
xurosonlik  124  shoirning  hayoti  va  ijodi  hamda  asarlariga
bag‘ishlangan. Muallif o‘sha davrdagi Buxoro hamda Xorazmdagi
adabiy  jarayon,  uning  ahvoli,  zamondosh  xattotlar,  ular  ko‘-
chirgan  qo‘lyozma  asarlar,  mualliflari,  asar  nomi,  ko‘chirilgan
joyi va yili haqida qisqa ma’lumot bergan. Forsiy tilda yozilgan
dastlabki  tazkira  Muhammad  Avfiyning  1221 — 1222- yillarda
yaratgan  „Lubob  ul-albob“  nomli  asaridir.  U  marvlik  bo‘lib,
Buxoroda tahsil olgan, tarbiya topgan. Avfiy o‘z  asarida O‘rta
Osiyoda  fors-tojik  tilida  XI — XII  asrlarda  yashab  ijod  etgan
shoirlar  haqida  ma’lumotlar  beradi.  Fors-tojik  tilida  yaratilgan
mashhur tazkiralar qatoriga A. Jomiyning „Bahoriston“ asaridagi
badiiy  ijod  namoyandalariga  bag‘ishlangan  VII  bobini  kiritish
mumkin. Bunda X — XV asrlarda yashab ijod etgan 30 dan oshiq


70
o‘rta  osiyolik  shoirlarning  hayoti  va  ijodi  hamda  ular  tuzgan
devonlar haqida ma’lumot beriladi. XV asrda yashab va fors-tojik
tilida ijod etgan shoir va adiblarga bag‘ishlangan yana bir tazkira
Davlatshoh Samarqandiyning „Tazkirat ush-shuaro“ asari bo‘lib,
1488- yilda yozib tugatilgan va unda 150 ta shoir haqida ma’lumot
berilgan.  Samarqandiy  Òemuriylar  davrida  harbiy  xizmatchi
bo‘lgani holda badiiy asarlar ham yaratgan, ularda shoirlar haqida
ma’lumotlar,  ularning  asarlariga  sharhlar  bergan.  Navoiydan
keyingi davrlarda yashagan adiblar uning tazkirachilik an’analarini
davom  ettirdilar.  Ana  shulardan  biri  1566- yilda  yaratilgan
„Muzakkiri ahbob“ tazkirasining muallifi buxorolik Hasan Xoja
Nisoriy edi. Bu tazkira XVI asrda yaratilgan yagona tazkira bo‘lib,
u o‘sha asrning birinchi yarmidagi O‘rta Osiyoning adabiy hayoti,
Òurkiston adabiy muhitiga oid va o‘sha davrda yashab o‘tgan 250
dan oshiq adiblar haqida to‘la ma’lumot beradi.
XVII — XIX asrlarda O‘rta Osiyoda yana 10 dan oshiq taz-
kiralar  tuzilgan  bo‘lib,  ular  o‘z  zamonasining  adabiy  muhiti,
ijod  ahli,  kitobatchilik  ishi  va  kitob  ustalari  haqida  ma’lumot
beradi.  Shulardan  biri  Muhammad  Malix  Samarqandiyning
„Muzakkir  ul-as’hob“  va  Mutribning  „Tazkirat  ush-shuaro“
tazkiralaridir.  Birinchi  tazkirada  161  ta  muallif  haqida,  ikkin-
chisida XVI va XVII asrda yashab ijod etgan 323 ta shoir, xattot
va kitob ustalari haqida ma’lumot beradi. 1759- yil Muhammad
Amin  bin  Nurmuhammad  Nasafiyning  „Mazhar  ul-musan-
nifin“  tazkirasi  XVIII  asrning  birinchi  yarmida  yashagan  ijod-
korlar haqidagi o‘sha davrda yaratilgan va bizgacha yetib kelgan
yagona antologiyadir.
XVI  asrda  Beruniy  asos  solgan  ustozlar  asarlarining
bibliografik ro‘yxatini tuzish an’anasi keyingi asrlarda ham davom
etdi. Navoiy o‘z do‘sti, maslakdoshi, ustozi A. Jomiy vafotidan
so‘ng unga bag‘ishlab 1492- yili „Xamsat ul-mutaxayyirin“ asarini
yozadi. Uning kirish qismida Navoiy risolaning yozilish sabablari
va tuzilish uslubi haqida qisqacha ma’lumot beradi va qo‘llanma
muqaddima, uch maqolat va xotimadan iborat ekanligini yozadi.
Muqaddima  qismida  A.  Jomiyning  hayoti,  nasl-nasabi,  Jomiy
bilan birinchi marta tanishgan onlari haqida, 1- maqolatda ikki
buyuk shaxs hayoti davomida yuz bergan do‘stlik, ijodiy hamkorlik
jabhalari haqida ma’lumot beruvchi manbalar haqida sharh beriladi.
2- maqolat ularning bir-birlariga yozgan qator maktublari va bu
maktublarning yozilish sabablari, 3- maqolat Jomiy yaratgan 30


71
ta asar, ularning yozilish sabablari, tarixi haqida ma’lumot beriladi
va ro‘yxati keltiriladi. Bir-biri bilan maslahatlashib yozgan asarlari,
ularning manbalari haqida ham ma’lumot beriladi.
Navoiyning  zamondoshi,  shogirdi,  tarixchi  olim  Xondamir
yaratgan  „Makorim  ul-axloq“  asari  Navoiy  hayoti  va  ijodini
o‘rganish uchun muhim bibliografik manba sifatida shu kungacha
o‘z  ahamiyatini  yo‘qotmagan.  Bu  asar  Navoiyning  vafot  etgan
yili yozilgan va kirish, 1 ta bob va so‘ngi so‘zdan iborat bo‘lib,
birinchi marta buyuk shoirning ijodiga badiiy-estetik baho beriladi.
Uning  „Xamsa“  va  „Chor  devon“  asaridan  tashqari,  20  dan
ortiq turk va fors tillarida yozilgan asarlari, 30 dan ortiq Navoiy
ijodiga  bag‘ishlangan  boshqa  shoir  va  yozuvchilar,  olimlarning
asarlari  haqida  qiziqarli  ma’lumotlar  keltirilgan.  Xondamir  o‘zi
guvoh  bo‘lgan  yoki  o‘qib  chiqqan  asarlarni  ro‘yxatga  kiritgan.
Shuning uchun u asarning ro‘yxatini beribgina qolmay, har bir
asarning  mazmuni  haqida  o‘zining  va  boshqalarning  fikrlarini,
bahosini  yozib  boradi.  Xondamir  birinchi  Navoiyshunos  olim
sifatida Navoiy shaxsi va ijodiga oid barcha ma’lumotlarni to‘g‘ri
va  to‘la  berganligiga  shubha  yo‘q.  Navoiy  asarlarining  yozilishi
tarixi,  uning  yaratilishiga  ta’sir  ko‘rsatgan  tarixiy  shart-sha-
roitlar, omillar haqida batafsil to‘xtaladi. Xondamirning bunday
ma’lumot berish tartibi hozirgi zamonda bibliografiyadagi anno-
tatsiya tuzish yoki bibliografik sharhni eslatadi. Xondamir „Xam-
sa“ning  turkiy  tilda  yozilganligini,  27  ming  baytdan  iborat
ekanligini, „Chor devon“ esa 25 ming baytdan iborat turkiy tilda
yozilgan  g‘azallardan  jamlangan  to‘plam  ekanligini,  to‘rtala
devon  Navoiy  hayotining  turli  fasllarida  yaratilgan  g‘azallarni
jamlab  turuvchi  nomlar  bilan  atalganligi  haqida  ma’lumot
bergan. Òarixchi bu asarida Navoiy haqidagi manbalar ro‘yxatini
ham beradi. Ular kitobning turli bo‘limlarida Navoiy hayoti va
faoliyatining  qirralariga  ko‘ra  joylashtirilgan.  Masalan,  „Ilm
fazilati  va  olimlar  martabasi  haqida“  bo‘limida  Òoftazoniy,
Nasimiy, Koshifiy, Imom Navaviy kabi zamondosh olimlarning
Navoiyga  bag‘ishlangan  21  ta  asari  haqida  ma’lumot  beradi.
„She’r fazilati va shoirlarning ulug‘ darajalari haqida“gi bo‘limida
A.  Jomiy,  Kirmoniy,  Gulistoniy,  Kamoliddin  Mir  Husaynning
Navoiyning  ulug‘  nomi  bilan  tugallangan  asarlarining  ro‘yxati
berilgan. Manbalarning bunday tartibda joylashtirilishi bibliografik
qo‘llanmalardagi  adabiyotlarni  mavzuli  joylashtirish  uslubiga
o‘xshab  ketadi.  Ko‘rinib  turibdiki,  Xondamirning  bu  asarida


72
bibliografiyaning  juda  ko‘p  elementlari  uchraydi.  Asar  ham
tarixiy, ham o‘zbek mumtoz adabiyotining tarixini o‘rganuvchi,
Navoiy  hayoti  va  ijodi  haqida  ilk  bor  to‘la  ma’lumot  beruvchi
muhim  bibliografik  qo‘llanma,  o‘zbek  milliy  bibliografiyasining
tarixini o‘rganishda muhim manba sifatida ahamiyatga ega.
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida ham tazkirachilik san’ati
davom etdi. O‘rta Osiyoning ayrim hududlarida yashab ijod etgan
shoir  va  yozuvchilar,  kitob  san’ati  ustalari  haqida,  o‘sha  davr
adabiy  hayoti  haqida  alohida  ma’lumotlar  to‘pladi.  Qo‘qonda
Fazliy  rahbarligidagi  bir  guruh  shoirlar  1821- yili  „Majmual
shoiron“ va boshqa tazkiralarni yaratishdi. Buxoroda bu davrda 6
ta tazkira yaratilgan, ulardan Abdumutallib Fahmiyning „Tazkir
al-Fahmiy“,  Hoji  Abdulazim  Shar’iyning  „Tazkirat  ush-
shuaro“ va boshqalarni esga olish mumkin. Xorazmda mashhur
shoir  va  tarixchi  Ahmad  Òabibiy  tazkiralar  yaratgan.  O‘rta
Osiyoda  kitob  bosish  ishi  (litografiya)  boshlangunga  qadar
tazkira  janri  keng  tarqaldi.  XIX  asr  oxiri  xivalik  shoir  Yusuf
Òunkrat „18 shoir to‘plami“ tazkirasini yaratdi. Buxoroda amir
saroyining ma’rifatli kishilaridan biri Sharifjon Mahdum tazkira
janrida faol ijod qildi. U „She’rlar to‘plami“, „Qadimgi shoirlar,
zamonaviy  davlatmandlar  va  diyonatli  kishilar  antologiyasi“ni
tuzdi,  bayoz  janrida  asarlar  yaratdi,  turli  tarixiy  davrlarda
yashab ijod etgan mualliflarning she’rlar to‘plamlarini tuzdi. Sh.
Mahdum Òurkistonda o‘z davrining yirik kitob shinavandasi edi.
Boy  va  qimmatli  qo‘lyozmalari  bilan  boshqa  kutubxonalardan
ajralib  turuvchi  shaxsiy  kutubxonasi  haqida  ma’lumot  yozib
qoldiradi.  Kutubxona  fondidagi  adabiyotlar  katalogini  tuzadi,
uning kirish qismida kutubxonada mavjud muhim qo‘lyozmalar,
ularning  ahamiyati  haqida  ma’lumot  beradi.  Katalogda
adabiyotlarni  tartibga  solishda  ma’lum  bir  xronologik  yoki
mavzuli  joylashtirish  prinsiðiga  amal  qilmaydi.  U  o‘zicha
qo‘lyozmalarni  tavsiflash  qoidasiga  rioya  etadi:  asar  nomi,
muallif  yoki  xattotning  ism-sharifi,  qog‘ozning  sifati  va  uning
ishlab  chiqarilgan  joyi,  zamonaviy  mualliflar,  uning  qarin-
doshlari haqida ma’lumot beradi. Undan tashqari, qo‘lyozmaning
asl narxini va uni sotib olingan narxini ham keltiradi. Mashhur
mualliflar asarini tavsiflashda muallifning hayoti va ijodi haqidagi
ma’lumotni  keltiradi,  uning  asarlariga  baho  beradi.  Shunday
qilib,  bu  katalog  300  dan  oshiq  adabiyot  haqida  keng  axborot
beradi.  Sh.  Mahdumning  katalogi  qimmatli  kitob  shina-


73
vandasining  ishi  bo‘lib,  ko‘pgina  elementlarni  berishi  bilan
hozirgi zamon bibliografik qo‘llanmalariga yaqin keladi. Òarixiy
manbalardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, qadimdan O‘rta Osiyo
kutubxonalarida olimlar, o‘z davrining mutafakkirlari, matema-
tiklar,  tilshunos  va  adabiyotshunoslar,  tabiatshunoslar  xizmat
qilgan, shu yerda xattotlik va kitob miniatura san’ati shakllangan
va takomillashib borgan.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish