O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Òemuriylar  davrida  bibliografiya



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Òemuriylar  davrida  bibliografiya
Òemuriylar  davrida  iqtisod  va  madaniyat  tez  rivojlandi.
Hirotda  tarixchi  olimlar,  yozuvchilar,  madaniyat  arboblari
yashab  ijod  etdi.  Saroy  kutubxonalari,  madrasa  va  masjitlar,
xususiy va jamoat kutubxonalari tashkil etildi. Hirotning madaniy
hayoti  bevosita  Alisher  Navoiy  nomi  bilan  bog‘liq.  Navoiy
qalamiga  mansub  60 ming  misradan  iborat  ulkan  madaniy
meros,  adabiy  asarlar  besh  asrdan  beri  insoniyatga,  jahon
jamoatchiligiga xizmat qilib kelmoqda. Ularning ko‘pchiligidan u
yoki  bu  yo‘nalishda,  insoniyat  faoliyatining  hamma  sohalariga
oid  bibliografik  axborot  olish  mumkin.  Navoiy  o‘zining  „Fors
davlatlari tarixi“ asarida qadimgi falsafa fanining namoyandalari
va ularning ijodi haqida juda boy ma’lumotlar bergan. 1498- yilda
yaratgan „Majolis un-nafois“ asari ham O‘rta Osiyo adabiyoti va
madaniyati tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega va hozirga
qadar o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Navoiy shu asari bilan turkiy
tilda  tazkira  yaratish  an’anasini  boshlab  berdi.  Bu  asarda
Òurkiston va Xuroson hududlarida yashab ijod qilgan 459 shoir
haqida  ma’lumot  berilgan.  Navoiy  tazkirasining  boshqa  taz-
kiralardan  farqi  shundaki,  boshqa  tazkiralarda  faqat  XV  asrda
yashab  ijod  etgan  adabiyot  namoyandalari — zamondoshlari


67
haqida  ma’lumot  berilgan  bo‘lsa,  Navoiy  tazkirasida  an’anaga
aylanib  qolgan  shoir  va  adiblar  haqida  ma’lumot  berishdan
tashqari, o‘sha davrdagi Hirot va Samarqandning adabiy hayoti,
adabiy  kecha  va  majlislar,  buyuk  shoir  davrida  yaratilgan
adabiyotshunoslik  va  tarixga  oid  asarlar,  o‘tmish  shoirlarning
tarqoq merosini to‘plash, ularni ko‘chirish, nusxalarini ko‘pay-
tirish  borasida  olib  borilgan  ishlar  haqida  turli  xil  zarur
ma’lumotlarni  beradi.  Unda  avval  har  bir  shoirning  hayoti  va
ijodi haqida biografik ma’lumotlar, hikoya va namunalar berilgan.
Shu  jihatlariga  ko‘ra  tazkira  shu  kungacha  o‘rta  asr  adabiy
hayotini,  madaniyatini,  tarixini,  kitobatchilik  san’atini
o‘rganishda muhim qo‘llanma sifatida qadrlanadi.
Navoiy o‘zidan avval yaratilgan tazkiralarni tahliliy va tan-
qidiy  o‘rganib  chiqadi,  bibliografik  tiðdagi  asarlarni  ham
o‘rganadi va „Majolis un-nafois“ asari bilan O‘rta Osiyoda yangi
tiðdagi  tazkirachilik  san’atiga  asos  soladi.  Bu  tazkiralarda
zamonaviylik prinsiði asosiy o‘rinda turadi. Ya’ni muallif o‘ziga
zamondosh  bo‘lgan  adiblar  haqidagina  ma’lumot  beradi,
zamonaviy  hayot,  adabiyot,  hayot  tarzi  va  adabiy  jarayon
haqidagi ma’lumotlarni birlashtiradi.
Navoiyning qo‘lyozma kitoblarni mukammal bilishi, adabiy
mahorati  va  o‘zining  shaxsiy  mavqeyi  yirik  kitobshunos,
bibliograf bo‘lib tanilishiga sabab bo‘ldi. Uning tashabbusi bilan
qurilgan kutubxona 10 mingdan oshiq qo‘lyozmani saqlagan va
turli  kitobxonlarga  xizmat  qilgan.  Uning  fondidan  ko‘plab
olimlar,  kitobsevarlar,  adabiyot  muxlislari  foydalangan.
XVII asrda taniqli turk olimi va bibliografi Hoji Xalifa o‘rta
osiyolik  olimlar,  yozuvchi  va  shoirlarning  asarlarini  hisobga
oluvchi  „Kitob  va  fandagi  shubhaning  bartaraf  etilishi“  nomli
ko‘rsatkichini tuzadi. Ko‘rsatkich XIX asrda lotin tilida G. Fluger
tomonidan  nashr  qilinadi.  Ko‘rsatkichda  olimlar,  yozuvchi,
shoir  va  din  namoyandalarining  15007  asarlari  fan  tarmoqlari
bo‘yicha  ro‘yxat  shaklida  tartibga  solingan.  Asarlar  haqidagi
ma’lumotdan  avval  asar  muallifining  nasl-nasabi,  kasbi,
egallagan  mansabi  haqida,  tug‘ilgan  va  vafot  etgan  yillari,
ijtimoiy  kelib  chiqishi  haqida  ma’lumot,  asarlarining  to‘liq
ro‘yxati  berilgan.  Ular  orasida  Ibn  Sino,  Beruniy,  Xorazmiy,
shoirlardan Sa’diy, U. Xayyom va boshqalar haqida ma’lumotlar
bor.  Hoji  Xalifaning  bu  ko‘rsatkichi  ko‘p  jildlik  bo‘lib,  400


68
yildan  oshiq  davrdan  beri  Sharq  madaniyatining  ajoyib
namunasi  sifatida  o‘zining  ilmiy  qiymatini  yo‘qotgan  emas.
O‘rta Osiyo tarixi, fan va madaniyati, kitobatchilik ishi  ha-
qida  ma’lumot  beruvchi  yana  bir  ish  XVII  asrda  tuzilgan  As-
Somoniyning  „Ismlar  genealogiyasi  kitobi“  nomli  lug‘atidir.
Uning  muallifi  Muhammad  Ibn  Mansur  As-Somoniy  aslida
Marv shahrida tavallud topgan, O‘rta Osiyoning ko‘plab shahar-
larida bilim olish maqsadida yashagan, 1144- yili Marv shahriga
qaytib,  Al-Ahmad  madrasasida  dars  bera  boshlaydi  va  bir
vaqtning o‘zida ilmiy ish bilan shug‘ullanadi. Uning asarlari 40
dan  ortiq  bo‘lib,  ular  orasida  „Geografik  lug‘at“,  ustozlariga
bag‘ishlab  tuzilgan  „Shayxlar  lug‘ati“,  ayniqsa,  O‘rta  Osiyo
tarixini o‘rganishda yordam beruvchi „Ismlar genealogiyasi kito-
bi“  4000  ta  diniy  asarlar  haqida  ma’lumot  berilgan.
XVI  asrda  Amin  Ahmad  Roziy  tomonidan  tuzilgan  „Yetti
iqlim“ nomli lug‘at ham geografik, ham ensiklopedik asar hisob-
lanadi. Unda Sharqning musulmon mamlakatlari va shaharlari,
ulardagi  yirik  arboblar,  mashhur  kishilarning  hayoti,  faoliyati,
ularning  asarlari  haqida  ma’lumotlar  berilgan.  O‘zFAning
Beruniy  nomidagi  Sharqshunoslik  institutida  bibliografik  maz-
mundagi bir qancha asarlar saqlanadi. Ulardan biri „Shayx ur-
rais  asarlari  ro‘yxati“,  ya’ni  Ibn  Sino  kitoblari  bibliografik
ko‘rsatkichidir. Bunda Ibn Sinoning 142 ta asari ro‘yxati berilgan
bo‘lib,  1664- yili  noma’lum  muallif  tomonidan  tuzilgan.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish