‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi umumiy psixologiya


PSIXIKA VA ONG PAYDO BO‘LISHIDA MUHITGA



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/253
Sana27.08.2021
Hajmi5,99 Mb.
#157064
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   253
Bog'liq
77umumiypsixologiyapdf

47


PSIXIKA VA ONG PAYDO BO‘LISHIDA MUHITGA, 
A’ZOLARNING TUZILISHIGA VA MEHNAT 
FAOLIYATINING IJTIMOIY-TARIXIY 
MOHIYATGA EGA EKANLIGI
Agar jonli  mavjudotlaming hayot kechirish  muhiti hamma joyda 
mutlaqo bir xil bo‘lganida, ehtimol, yer yuzi bir xil turdagi hayvonlar 
bilan to‘lib ketgan bo‘lardi. Haqiqatda esa muhit iqlim jihatidan ham, 
yashash sharoiti jihatidan ham goyat rang-barang bo‘lib bu organizm- 
laming tabaqalanishini taqozo  etadi. Yer yuzida hodisalar juda rang- 
barang bo‘lsa ham, ulaming siklli almashinuvi va hokazolar mavjud- 
dir. Barcha jonzot mavjud shart-sharoitlarga moslasha boradi.
Misol  uchun,  muhitning  harorati  o ‘zgarishi  bilan  organizmdagi 
kimyoviy  reaksiyalaming  tezligi  ham  o‘zgara  boshlaydi:  harorat 
ko‘tarilishi  bilan  reaksiyalaming  tezligi  oshadi,  pasaygan  taqdirda 
pasayadi,  harorat haddan  ziyod oshib  yoki  pasayib  ketganda  esa  bir 
hujayrali  organizm halok bo‘ladi. Agar juda past  haroratli  sharoitga 
joylashtirilsa, shubhasiz, boshqa bir jonli organizm ham shunday qis- 
matga  uchraydi.  Lekin  mana  shunday  sharoitlarda  yuksak  taraqqiy 
etgan hayvonlaming xatti-harakatlarida jiddiy tafovut bo‘ladi.
Shunday  qilib,  hayvonlar  muhitga  bevosita  bog‘liqligidan  sekin- 
asta  qutila boradi.  Lekin jonli  mavjudotlar  rivojlanishning  har qan­
day darajasida ham bunday bog‘liqlikdan hech qachon qutila olmaydi. 
Muhit -  jonli organizmning hayot kechirish shart-sharoiti, jonli mav­
judotlar  hayot  kechirishining  bosh  omili,  boshqacha  aytganda, jonli 
organizmlaming  hayot  kechirishi  muhitning  shart-sharoitlari  bilan 
aniq belgilab qo‘yilgandir.
Aks ettirishning bir-biriga o‘xshashligi eng aw alo sezgi a’zolari va 
nerv  sistemasining  tuzilishiga  bog‘liqdir.  Retseptor  muayyan  turdagi 
qo‘zg‘atuvchilarga qanchalik nafis javob qilsa, reaksiya ham shuncha- 
lik  bir-biriga  o‘xshash  bo‘ladi.  Bunda  ma’lum  darajada  to ‘g‘ridan 
to‘g‘ri bog‘lanish bor.  Masalan, ko‘rish retseptori quyoshning tarqoq 
nurini aks ettirishga moslashuv munosabati bilan rivojlanadi.
Retseptorlaming  rivojlanishi  ma’lum  darajada  muayyan  turdagi 
nerv  sistemasining  rivojlanishi  bilan birga boradi.  Sezgi  a’zolari  va 
nerv sistemasining rivojlanish darajasi muqarrar  ravishda psixik aks
48


ettirishning darajasi va shaklini belgilab beradi. Nerv hujayralari faqat 
turlar emas, balki tugunlar (gangliylar) ham hosil qiladi. Tugunli yoki 
gangliyli nerv  sistemasi  eng ko‘p miqdordagi qo‘zg‘atuvchilami  qa­
bul  qilish va qayta  ishlash  imkonini beradi.  Negaki,  sezuvchan  nerv 
hujayralari  qo‘zg‘atuvchilarga  bevosita  yaqin joylashgan  bo‘ladi  va 
qo‘zg‘alishini tahlil etish sifatini o‘zgartirib yuboradi.
Tananing  har bir  qismida  gangliylar  qo‘shilib,  bir-biri  bilan  nerv 
yo‘llari  orqali  bog‘langan  nerv  markazlarini  tashkil  qiladi.  Ayniqsa, 
bosh qismida joylashgan markaz murakkab tuzilgandir.
Nerv  sistemasining  oliy  tipi  -   naychasimon  nerv  sistemasidir. 
U naychasimon birlashgan nerv hujayralaridan tashkil topgan bo‘ladi. 
Umurtqalilarda  evolyutsiya  jarayonida orqa va bosh miya -  marka- 
ziy  nerv  sistemasi  pay do  bo‘ladi  va  rivojlanadi.  Nerv  sistemasi  va 
retseptorlaming  rivojlanishiga  muvofiq  ravishda  psixik  aks  ettirish 
shakllari  ham  murakkablashadi.  Bosh  miyada  turli  xildagi  funksi- 
yalami  o ‘z  zimmasiga  oladigan  alohida  cheklangan  markazlar hosil 
bo‘ladi.  Bu markazlar maxsus  nerv birikmalari -  assotsiativ  zonalar 
orqali o ‘zaro bog‘lanadi.
Shunday qilib, psixikaning  evolyutsiyasi  retseptorlar fimksiyalari 
shakllarining,  shuningdek  signal  faoliyatining  murakkablashuvida 
ifodalanadi.
Shubha  yo‘qki,  odam psixikasi  bilan eng yuksak taraqqiy etgan 
hayvonning  psixikasi  o‘rtasida  juda  katta  tafovut  mavjuddir.  Ma- 
salan,  hayvonlaming  tili  bilan  odamning  tilini  bir-biriga  taqqoslab 
bo‘lmaydi.  Hayvon  o‘z  qabiladoshlariga  muayyan,  bevosita  vaziyat 
bilan  cheklangan  hodisalar  haqida  faqat  xabar  berishigina  mumkin 
bo‘lgan  bir  paytda  kishi  til  vositasida  boshqa  odamlarga  o‘tmish, 
hozirgi payt va kelajak haqida axborot berishi, ularga sotsial tajribani 
yetkazishi mumkin.
Odam psixikasi  bilan  hayvon  psixikasining  ikkinchi  farqi,  odam 
oldindan  o ‘ylagan  rejaga  binoan  qurol  yaratadi,  uni  belgilangan 
maqsadda  foydalanadi  va  saqlaydi.  Inson  nisbatan  doimiy  narsalar 
olamida  yashaydi.  Kishi  quroldan  boshqa  odamlar  bilan  birgalikda 
foydalanadi,  biridan  quroldan  foydalanish  tajribasini  o‘zlashtirsa, 
boshqasi bilan uni baham ko‘radi.
49


Inson psixik  faoliyatining  ajralib  turadigan uchunchi belgisi -   ijti­
moiy tajribaning biridan ikkinchisiga o‘tkazilib turishidir. Kishi psixi- 
kasini  ko‘proq  darajada  egallab  oladigan  ijtimoiy  tajribasida  rivoj- 
lantiradi.  Kishining  psixik  funksiyalari  alohida  subyekt  tomonidan 
insoniyatning madaniy rivojlanishida qurollarini egallab olishi tufayli
sifat jihatidan o‘zgaradi.  Kishidan oliy, 
xususan  insoniy  funksiyalar  (ijtimoiy 
xotira, ixtiyoriy diqqat, abstrakt tafak- 
kur) rivojlana boradi.
Inson psixikasining hayvon psixika- 
sidan  eng  muhim  farqi  ulaming  rivoj - 
lanish 
shart-sharoitlarida  ko‘rindi. 
Agar hayvonot dunyosining rivojlani­
shi  davomida  psixikaning  taraqqiyoti 
biologik  evolyutsiya  qonunlariga  bi- 
noan ro‘y bergan bo‘lsa, xususan inson psixikasining, kishi ongining 
rivojlanishi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot qonunlariga buysunadi.
To‘daning jamiyatga  aylanishigata’sirko‘rsatganom il-bu mehnat 
faoliyati, ya’ni qurollami birgalikda yaratish va qo‘llanish jarayonida 
odamlar tomonidan amalga oshiriladigan tarzdagi faoliyat bo‘ladi.
Rivoj  topayotgan  mehnat  faoliyati  ijtimoiy  munosabatlaming, 
jamiyatning  rivojlanishiga,  ijtimoiy  munosabatlaming  rivoji  esa 
mehnat faoliyatining takomillashuviga ta’sir ko‘rsatadi.
Shunday qilib, mehnatning paydo bo‘lishi va kishilik jamiyatining 
tuzilishi odamning odamsimon ajdodlarining odamga aylanish sababi 
bo‘lib hisoblanadi.
Mehnatda  kishining  ongi  -   aks  ettirishning  evolyutsion 
yo‘nalishidagi  eng  oliy  shakli  -   ashyoviy  faoliyatning  obyektiv 
barqaror  xususiyatlarini ajrata olish va shu asosda atrofdagi reallikni 
tubdan o ‘zgartira olish xususiyatiga ega bo‘lgan shakli ham rivojlana 
bordi.
Yuqorida aytib  o‘tilganidek,  hayvonlar tasodifiy narsalar olamida 
yashaydi, odam esa doimiy narsalar olamini yaratadi. Odamlar yarat- 
gan,  y a’ni  o ‘zidan  oldingi  ajdodlar  bajargan  ish jarayonlari,  xatti- 
harakatlar va faoliyatning moddiy ifodasi hisoblanadi.

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish