39
Badiiy matn mazmunini anglash o
‘quvchidan
ijodkorona yondashuvni talab qiladi va bunda asar
matnining dialogik yaxlitlik tuzilishiga ega ekanligini
his etish, uni «bir tomonlama o
‘qish» mumkin
emasligini unutmaslik lozim.
Bartning talqinicha esa, har bir ma’no o
‘z-o
‘zicha
mavjud, bu ma’nolar hosil bo
‘lishi va yo
‘qolishi,
boshqalariga o
‘rin bo
‘shatib berishi mumkin. U holda
matn
mazmuni
qismlarining
mexanik
tarzdagi
birikishidan iborat tuzilishni olishi fransuz semiotigini unchalik qiziqtirmaydi.
Bu yo
‘sindagi tahlil, so
‘zsiz, matnning semiotik belgi sifatida qabul qilish,
uning tabiatiga xos mundarijaviy belgilarini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Zotan,
matn mazmunining mohiyati ko’pincha uning boshqa matnlar, madaniy hodisalar
bilan bo’lgan aloqasida namoyon bo
‘ladi. «Matnning asosini, deb yozadi R.Bart, -
uning bevosita tahlilga tortiladigan ichki yopiq tuzilish emas, balki boshqa matnlar,
kodlar, belgilar bilan bog’liqligi tashkil qiladi».
Bundan ko’rinadiki, olim mazmunning struktur tuzilishini matnlar
umumlashuvi, o’zaro birikuvi g’oyasi bilan bog’lash niyatida. Ammo fransuz
semiotigining yaxlitni qismlarga ajratib tashlash a’anasidan butunlay forig’ bo’la
Ya.Muxarjovskiyning
talqinicha, badiiy
matn, eng avvalo,
kommunikativ
vazifani bajaradi va u
axborot tashuvchi
semiotik birlikdir.
Shunga asosan
matnning har bir
qismi kommunikativ
qiymatga ega bo`ladi.
40
olmagani aniq ko’rinib turibdi. Bu esa mazmunning asl mohiyatini buzib talqin
qilishdan boshqa narsa emas.
«Global semiotika» oqimining yana bir vakili Yu.Kristeva diqqatni badiiy
matn
statik
tuzilishidan
mazmun
yaratilishi
jarayonlariga ko’chirish tarafdori. Uning e’tiroficha,
tayyor yoki tugallangan strukturalarni o’rganishdan
ko’ra «ma’no kvantlari»ning hosil bo’lish jarayonini
tadqiq qilish ma’qulroq. Bu olima ham xuddi R.Bart
kabi matn mazmuni boshqalardan ajralgan holda
mavjud bo’lishi mumkin emas, deb hisoblaydi.
Uningcha, mazmunlar ko’chib yuradi va bir-biriga ta’sir
qiladi. Shuning uchun ham uning matn tahliliga eng to’g’ri yondashuv -
transformatsiya amallaridan foydalanishdir.
Olim semiologik yondashuvni badiiy asar matnining ichki tuzilishini tahlil
qilishga tatbiq etadi hamda uning har bir unsurining ma’lum bir xususiy ma’noga
ega ekanligini hamda ushbu ma’nolar matn umumiy mazmunini shakllantirishda
o’z o’rniga ega bo’lishini e’tirof etadi. Badiiy matnning semiologik belgi, hodisa
sifatida e’tirof etilishida «o’rindoshlik» mezonidan ko’ra, uning timsollik va estetik
qiymatlarini inobatga olish va alohida turdagi kommunikativ vazifani bajarishini
unutmaslik talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: