4-reja ►
«Biznes muloqot»
atamasi biznesni
yuritish, tashkilotning
boshqaruvi, ixtiyoriy
tashkilotni rasmiy
ishlariga rahbarlik
qilish va shu kabilarni
rasmiy maqsadda
yuboradigan va qabul
qiladigan barcha
xabarlarni ifodalashda
ishlatiladi.
oʻqitishning bosqichi va oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasiga qarab ham
belgilanadi. Monologik nutqni tinglab tushunish mashqlari gapirishga
dialoglardagidek yaqin boʻlmasada, yetarli darajada bogʻliqdir.
Muloqotning biznesdagi o‘rni
Biznes muloqot Shaxsiy va ijtimoiy muloqotga nisbatan
rasmiyligi bilan xarakterlanadi. Har qanday biznesning
muvaffaqiyati gʻoyatda yaroqli va samarali
muloqotga bogʻliq boʻladi. Bu muloqot biznes
tashkilotlari, bozorda, tashkilotlar va ishchilarning
turli xil guruhlari, biznes egalari va ishchilari,
xaridorlar va sotuvchilar, xizmat ta’minotchilari va
mijozlar, savdo va tashkilot xodimlari hamda matbuot
xodimlari oʻrtasida ham sodir boʻladi. Bu kabi barcha
muloqotlar biznesga oʻz ta’sirini oʻtkazadi. Diqqat
bilan qilingan bu kabi muloqot biznes manfaatlariga
koʻmaklashadi. Aks holda, u tashkilotni nochor ahvolda koʻrsatadi.
Muloqot har qanday tashkilot uchun hayotiy kuch manbaidir. Har qanday
tashkilotda
asosiy
muammo
samarali
muloqot
jarayonidir. Odatda, boshqaruv muammosi yetarli
darajada boʻlmagan muloqotga sabab boʻladi.
Buyruqlarni notoʻgʻri talqin etish jiddiy xatolarni
keltirib chiqaradi. Muloqotdagi asosiy muammo talqin
etilgan ma’no boʻlib, uni soʽzlovchi koʽzda tutmagan
boʻlishi mumkin. Soʻzlovchi va tinglovchi alohida ikki
shaxsligi, ularning oʻz cheklovlari mavjudligini va
ular oʻrtasidagi xabarda ma’no buzilishi
mumkinligini anglab yetish shart.
Insonlar tashkilot ichida bir-birlari bilan muloqot
Muloqot biznesning
hayotiy kuch
manbaidir. Hech
qanday biznes
samarali muloqot
tizimi mavjud
boʻlmaganda
rivojlana olmaydi.
Muloqot biznesning
qandayligi va
oʻlchamidan qat’i
nazar tashkilotni
birgalikda ushlab
turuvchi poydevordir.
145
qilishlari ichki muloqot hisoblanadi. Bu bir jamoada ishlash va umumiy
maqsadlarni anglab yetish uchun qilinadi.
Muloqot rasmiy yoki norasmiy boʻlishi mumkin. Ichki muloqot yuzma-yuz va
yozma muloqotni oʻz ichiga oladi. Xabar, hisobot, ofis buyruqlari, aylanma
farmoyish, faks, videokonferensiya, yigʻilish va shu kabilar ichki muloqot
namunalaridir.
Tashkilotdagi xodimlar tashkilotdan tashqaridagi shaxslar bilan muloqotlari
tashqi muloqot deb ataladi. Bu shaxslar mijozlar yoki xaridorlar, dilerlar yoki
distribyutorlar, axborot vositalari xodimlari, hukumat, omma va shu kabilar tashqi
muloqot namunalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |