Norasmiy muloqot rasmiy uslub bilan teng ravishda har bir
tashkilotning muloqot uslubi mavjud boʻlib, u ingliz tilida «grapevine»,
greypvayn (tok novdasi) deb ataladi, chunki u barcha yo‘nalishlarda harakat
qiladi – gorizontal, vertikal, diagonal. Norasmiy muomalaga shaxslar oʻrtasidagi
oʽzaro munosabatlarga asoslangan muomalani koʻrsatish mumkin. Norasmiy
148
muomalaning oliy formasi sevgi va doʻstlikdir. Kishilar bilan norasmiy muomala
qilish qobiliyati quyidagilarga bogʻliq:
shaxsiy xislatlarga (muomalaga intilish, ishonch, tortinmaslik va boshqalar);
muomalaga ustalik (aloqa oʻrnata bilish,quloq solish, suhbatdoshni
tinglash,suhbatni boshlash, davom ettirish va yakunlash, suhbatdoshni tushuna
bilish, uning xislatlarini, oʽziga xos xususiyatlarini koʻra bilish, vaziyatni
yumshata bilish va boshqalar);
muomala odobini, nazokatini saqlay bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |