9. Ishchilarning xabardorligi (moʻljal olishi) uchun: yangi ishchi
tashkilotga kelgan vaqtida tashkilot dasturlari, siyosati, madaniyati va hokazolarni
bilmaydi.
Muloqot
orqali
insonlar
tashkilotda
hamkasblari,
yuqori
lavozimdagilarning siyosati, maqsadi, qoidalari va tartibga solish kabilar bilan
tanishadilar.
Jadval 1.1. Muloqot maqsadlari.
Boshqa funksiyalar: samarali qaror qabul qilish ushbu shaxs talab etilgan
va muvofiq ma’lumot bilan ta’minlanganda boʻlishi mumkin. Samarali muloqot
qaror qabul qilish jarayoniga yordam beradi. Umuman olganda, vazifalar
samarali va yaroqli bajarilishi uchun tashkilotdagi har bir shaxs zarur ma’lumot
bilan ta’minlanishi shart.
141
Monolog, ya’ni kontekstli nutqni tinglab tushunish
oʻziga xos qiyinchiliklarga ega. Eng avvalo shuni
aytish kerakki, monologik muloqot suhbat vaqtida
dialogik muloqotga nisbatan tinglovchiga kamroq
qaratilgan boʻladi. Ekstralingvistik faktorlar bevosita
muloqotdagiga qaraganda kamroq ahamiyat kasb
etadi. Monolog fikrning tuzilish kengligi, mantiqiyligi
bilan ajralib turadi, dialogdan farqli ravishda aytib
tugatilmagan oʻrinlar ekstralingvistik momentlar bilan toʻldirib ketiladi.
Monologik muloqotning oqimi, odatda normal tempda boʻlishi sababli qayta
soʻrab o‘tirishlarga imkon bermaydi, eshitib boʻlingan joyga qaytish uchun
toʻxtalishga yoʻl qoʻymaydi. Monologik nutqni tinglab tushunish hamma vaqt
ozmi-koʻpmi choʻziladigan vaqt bilan bogʻliq boʻladi, bu esa ayrim luqmalar
emas. Shuning uchun tinglovchining eshitish xotirasi yetarli darajada rivojlangan
boʻlishi talab qilinadi. Tinglab tushunishning eng murakkab turi radio yoki
magnitofondan eshitiladigan monologik nutqni idrok etishdir. Bunda avvalo
nutqning umuman hech kimga qaratilmaganligini aytish lozim. Tinglovchi
soʻzlovchini koʻrmaydi, axborot bittagina tinglash kanali orqali keladi. Monologik
nutq vaqtida tinglovchi har holda mimikani, masalan, lektor mimikasini kuzatib
borishi
mumkin.
Yozilgan
nutqni
tinglab
tushunishni
juda
ham
murakkablashtiradigan ikkinchi faktor yozilgan nutqqa ta’sir koʻrsatuvchi
nuqsonlar sababli paydo boʻladigan tovush kamchiliklaridir. Maxsus olib borilgan
tadqiqotlarda tovush signallarini hatto eng yuqori darajada yozib olinganda ham
axborotni qabul qilish va qayta ishlashga ta’sir koʻrsatuvchi kichik nuqsonlarni
yo‘q qilib boʻlmasligi isbotlangan. Apparatlarning buzuqligi tufayli paydo boʻlgan
nuqsonlar aytilayotgan fikrlar mazmunini tushunmaslikni tushinish mumkin.
Dialogik nutqdan faqat spektakl va radiopostanovkani tinglashda foydalanish
mumkin. Shubhasiz, monologik nutqni tinglab tushunish amaliy jihatdan muhimdir,
chunki koʻpincha dialogik nutq ichiga monologik nutq elementlari kirib qoladi.
142
Bundan tashqari, qisqa monologlarni idrok etishga doir nutq koʻnikmasining oʻzi
keng tarqalgan. Tovush yozish texnikasi rivojlangan hozirgi sharoitda yozib
olingan nutqni tinglab tushunishni talab sifatida qoʻyish lozim. Binobarin, yozib
olingan nutqni tinglab tushunish koʻnikmasi til ustida mustaqil ishlashning eng
muhim vositasidir. Shu bilan birga chet tilini oʻrganishga ajratilgan soatlar
miqdori cheklangan sharoitda til materialini muayyan doirada cheklamay,
oʻquvchilarning hamma yoki koʻpchilik mavzularga doir ovozli nutqning har xil
turlarini eshitib tushunishini talab qilib boʻlmasligi ayondir. Hozirgi vaqtda nutqni
idrok etish qiyinligini va amaliyot hajmining kamligini hisobga olib, birmuncha
kichikroq talablar qoʻyish maqsadga muvofiqdir: oʻquvchilar oʻrganilgan
materiallar boʻyicha turmush mavzusidagi shaxsan oʻzlariga yoki bevosita
muloqot jarayonida auditoriyaga qaratilgan ovozli (dialog) nutqni yoki normal
temp va soʻzlovchining aniq diksiyasi bilan magnit plyonkasiga yozilgan
(monolog) nutqni tushuna olishlari kerak. Tinglovchilar nutqni tinglab tushunishni
amalga oshirish uchun oʻzlashtirishlari lozim boʻlgan konkret koʻnikmalarni
belgilashga harakat qilamiz. Bunda koʻnikmalarning ikki guruhini: ogʻzaki
tushunish bilan bogʻliq koʻnikmalar va predmet hamda mantiqiy tushunish uchun
zarur boʻlgan koʻnikmalarni koʻrsatish mumkin. Birinchi guruhni bilish protsessni,
tovush kodini tovush motor kodiga aylantirishni va tasviriy tekstlarni ogʻzaki
tushunishni ta’minlovchi koʻnikmalar tashkil qiladi.
Hozirgi zamon metodikasi ana shu guruhga quyidagilarni kiritadi: 1) tanish
va notanish doirada oʻrganilgan leksika asosida tuzilgan nutq namunalarini bilish
koʻnikmasini; 2) yangi leksik ma’no bilan toʻldirilgan nutq namunalarini bilish va
tushunish koʻnikmasini; 3) kontekstga tayangan holda oʻxshash soʽzlarni, nutq
namunalarini differensiallash koʻnikmasini; 4) nutq vaziyatiga tayanib
kontekstdagi kam uchraydigan notanish soʻzlarni tushunish koʻnikmasini.
143
Eng avvalo shuni aytish kerakki, dialog jarayonidagi idrok etish gapirish
bilan uzviy bogʻlangan holda ishlab chiqiladi. Biroq shunga ham oʻziga xos
xususiyatlarga ega boʻlgan mashqlarni ajratish mumkin.
Eng avvalo dialog olib borish uchun luqmaga tez javob qaytarish lozim.
Dialoglarni toʻldirish mashqlari ham juda qimmatli omil hisoblanadi. Bunda bir
suhbatdoshning jumlalari olinib oʻquvchilarga ularni boshqa jumlalar bilan
toʻldirish tavsiya etiladi.
Tinglab
tushunish
mashqlari
dialog
protsessida
gapirishni
ham
shakllantirishi tufayli ikki xil vazifani bajaradi. Zotan, dialogda tinglab tushunish
va gapirish bir-biriga uzviy bogʻliqdir. Monologik nutqni tinglab tushunishga doir
nutq mashqlari eng avvalo, matnni tushunish bilan bajariladigan didaktik vazifaga
koʻra belgilanadi. Agar eshitilgan matn ichidan eng muhimini ajratib olish vazifasi
qoʻyilsa, quyidagi vazifalar berilishi mumkin: ona tili yoki chet tilidagi matn
mazmunini oʻz soʻzlari bilan qisqacha gapirib berish, reja tuzish, matn yuzasidan
berilgan savollarga javob qaytarish, audiotekst qismlariga sarlavhalar qoʻyish va
hokazo. Agar tinglab tushunish vaqtida oʻquvchilar diqqatini detallarga jalb etish
vazifasi qoʻyilsa, unda matnga yaqin mazmunda soʻzlab berish, ayrim gaplarga
savollar qoʻyish, gaplar tanlab olish, qahramonni, voqealar boʻlgan joyni
ifodalovchi gaplarni ajratib olish foydalidir. Ammo shu faktorni hisobga olishning
oʻzi yetarli emas. Didaktik vazifaning xarakteri yuqoridagilardan tashqari,
144
Do'stlaringiz bilan baham: |