Toshkent moliya instituti "tasdiqlayman"



Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/278
Sana26.08.2021
Hajmi5,15 Mb.
#156492
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   278
Bog'liq
akademik yozuv va notiqlik

«Kommunikatsiya»
 
soʻzi lotincha 
“communicare” 
soʻzidan kelib 
chiqqan boʻlib, xabar 
bermoq, qatnashmoq, 
boʻlishmoq, 
umumlashtirmoq 
degan ma’nolarni 
anglatadi.
 
Aloqaning asosiy 
maqsadi ma’lumot 
berish,  aniq  nuqtai 
nazarni amalga 
oshirish yoki 
harakatga erishishdir.
 
odam  ham  rahbar  boʻlolmaydi,  ayniqsa,  pedagogik  ishga  hamma  ham  qoʻl 
uravermaydi,  chunki  buning  uchun  undan  rasmiy,  ham  norasmiy  muloqot 
texnikasidan xabardorlik talab qilinadi. 
Faktlar,  gʻoyalar,  fikrlar,  hissiyot  va  aloqalarning 
almashinuv jarayonidir. Kommunikatsiya yakka shaxslar 
va  tashkilotlarning    mohiyat  va
 
tushunchalarini  bir-
birlari  bilan  boʻlishish  vositasidir.  Insoniyatning 
toʻsiqlar  va  chegaralar  osha  aloqa  qilish  qobiliyati 
insoniyat rivojiga  hissa qoʻshgan. Dunyo bo‘ylab tez va 
samarali  aloqa  qilish  qobiliyati  dunyoni  toraytirdi    va 
«globalizatsiya»ni   haqiqatga aylantirdi. 
Kommunikatsiya  muayyan  mamlakat  yo  madaniyat 
yoki  bir  tilda soʻzlashuvchilar guruhiga mansub odamlarning  bir-birlari bilan  va 
boshqa mamlakat yo madaniyat yoki bir tilda soʻzlashuvchilar  guruhiga  mansub 
odamlar  bilan    oʻzaro  faoliyatlari  va  aloqa  qilishlarida  muhim  oʻrin  tutadi.  
Kommunikativ aloqa  inson hayotiga ma’no qoʻshadi. U munosabat yaratishga va 
muhabbatni  shakllantirishga  yordam  beradi,  oʻzaro  tushunishni  ragʻbatlantiradi. 
U  bizning  butun  jahon  toʻgʻrisidagi  bilimimizni  boyitib,  turmushimizni  munosib 
qiladi. 
Muloqotga  ikki  va  undan  ortiq  kishilarning  oʻzaro  tushunish  va  xohlangan  
harakatining  amalga  oshirilishi  deb  ta’rif  berilishi  mumkin.  Bu    soʻzlar    va  
belgilar  orqali  ma’lumot  almashinuvidir.  Bu  faktlar,  gʻoyalar  va  nuqtai  nazar 
almashinuvi  umumiy  qiziqishlar  maqsad  va  harakatlarni  
amalga  oshiradi.  Amerika  Menejment  Assotsiatsiyasi 
«kommunikatsiya  ma’no  almashinuvining    natijasi 
boʻluvchi    har  qanday    xatti-harakatdir»,  deb  ta’rif 
beradi.   
Piter  Litl    muloqotga    quyidagicha  ta’rif  beradi: 
«Muloqot  yakka  shaxslar  va  tashkilotlar  oʻrtasidagi 


138 
 
ma’lumot  beruvchi  jarayon  boʻlib,  u  tushunish  javobini  keltirib  chiqaradi». 
Nyuman  va  Sammer  Juniorning  ta’kidlashicha,  «Muloqot  –  ikki  yoki  undan  koʻp 
shaxslarning  faktlar,  gʻoyalar,  fikrlar  yoki  his-tuygʻulari  almashinuvidir».    Keys  
Vevisning    fikriga  koʻra,  «Bir  insondan  boshqasiga  ma’lumot  va  tushunchani 
yetkazish  jarayonidir.  Bu,  ayniqsa,  insonlar  oʻrtasidagi  ma’no-mohiyat 
koʻprigidir. Koʻprikdan faoydalanish orqali inson tushunmovchiliklar daryosidan 
xavfsiz oʻtib olishi mumkin”. Lyuis A.Allen: « Muloqot – boshqa bir inson idrokida 
tushuncha  yaratishni  xohlaganda  amalga  oshirilgan    barcha  narsalar 
jamlanmasidir.  U  gapirish,  eshitish,  tushunishning  tizimli  va  davomiy 
jarayonidir», deya izohlaydi. Shunday  qilib, aloqaning asosiy maqsadi ma’lumot 
berish,  aniq  nuqtai nazarni amalga oshirish yoki harakatga erishishdir. 
 

Download 5,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish