Muloqotning maqsadi
Har bir kishining oʻz “Meni” atrofdagilar bilan
boʻladigan
muloqot
jarayonida
shakllanadi.
Shaxsning hayot yoʻllari avval oilada, bogʻcha,
maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh
va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy
ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga boʻlgan
ehtiyojdir.
Muloqotga
boʻlgan
ehtiyojimiz
qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning
uchun biz doimo muloqotga boʻlgan ehtiyojlarimizni
qondirishimiz lozim.
Kimlar bilandir boʻlgan muloqotdan qoniqish
9
Vikram Bisen Priya. Business communication.New Delhi. 2009, 2-4-betlar.
135
hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmasligimiz ham mumkin. Muloqot
jarayoni shaxslararo munosabatlarning shunday koʻrinishidirki, uning yordamida
odamlar bir-birlari bilan oʻzaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, oʻzaro axborot
almashadilar, bir-birlariga ta’sir oʻtkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, bir-birlarini
tushunadilar. Shuning uchun muloqot ijtimoiy psixologik hodisa sifatida ijtimoiy
turmushning barcha sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy,
ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga
keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil ehtiyojlarni maqsadga muvofiq ravishda
qondirish muloqot maromiga bogʻliq boʻlib, shaxslararo munosabat, barkamol
avlod, komil inson gʻoyalarini anglatadi. Muloqot muvaffaqiyatining negizi
shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, xarakter xislati, individual-
tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi insonning fazilatlari, sifatlari
namoyon
boʻlishi,
rivojlanishi
hisoblanadi.
Muloqot
jarayonida
muloqotdoshlarning tasavvurlari, qiziqishlari, his-tuygʻulari, koʻnikmalari, voqelik
natijasini oldindan sezish, payqash, ta’sir oʻtkazish uslubi tarkib topishi mumkin.
Barkamol insonlarning muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi,
munosabatga kirishish oʻquvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyati ham, boshqa
odamlar tomonidan taqlid qilinadi va hayot tajribasida unga rioya etib yashaydi.
Odamlar oʻrtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida gʻayritabiiy ijtimoiy holat
yoki hodisaga ongli tayanish, oʻzini oʻzi mukammallashtirish, oʻzini oʻzi
roʻyobga chiqarish, oʻzini oʻzi boshqarish, oʻzini oʻzi baholash, oʻziga oʻzi
buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot bosqichidir. Shuning
uchun ichki va tashqi taqlidni tushunish hamda ularni bosqichma-bosqich egallab
borish boʻlgʻusi mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi hamda barkamol shaxs
sifatida shakllanishining garovidir. Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi -
bu oʻzini oʻzi ortiqcha yoki past baholash tufayli oʻziga va uni qurshab turgan
odamlarga notoʻgʻri munosabatdir. Biroq buning oldini olish imkoniyatlari mavjud
boʻlib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samaralar sari yetaklaydi:
136
Do'stlaringiz bilan baham: |