IKKINCHI XALIFA UMAR FORUQ VASFIDA
Shariat xojasi, dinni jam’ etuvchi oftob, Haqning soyasi, foruqi a’zam - ulug‘
ajratuvchi, dinning sham’i. U (Umar) adolat va insofni haq oldida xatm etgan, farosatda
mardlardan saboq olgan edi. Avvaldan «tah» (poklik: muqad-daslik) unvoni bilan Haq
taolo ulug‘lagan kishi u, shu bois u mutahhar (pok, muqaddas) bo‘ldi. U sirot ko‘prigidan
birinchilar qatorida o‘tadi, Payg‘ambar so‘zi ila u Umar (obod etuvchi) bo‘ddi.
Dorussalom (jannatdan) birinchi bo‘lib to‘n -xil’at qo‘lga kiritgan kishidir, oliy
maqomingta ofarin. Din ishi uning adolatidan rivoj topti, Misrning Nil daryosi zilziladan
tinchidi. U jannat sham’i edi, ammo hech kimda sham’dan soya yo‘q edi. Sham’da
nurdan soya bo‘lmaydi, uning soyasidan devlar qochib ketdi. So‘z aytganda Haq haqiqati
tilidan tomardi, qalbaki oltindan haqiqiysi ajralib ko‘rinardi. Gohida ishq dardidan joni
o‘rtanardi, gohida Haqni so‘zlab tili kuyardi. Payg‘ambar uning zorlanib, yonib
gapirishlarini ko‘rgach, dedi: «Aniqki u jannat sham’idir».
Do'stlaringiz bilan baham: |