TAASSUB TANQIDIDA
Ey taassubga berilgan odam, har doim sen do‘stu dushman, bizniki - sizniki deb
ajratasan. Agar sen ong va lab bilan lof urar ekansan, nega endi ayirmachilik -
taassubdan gapirasan? Xalifalikda mayl - xohishga qaralmaydi. Abubakr va Umarning
(xalifalikka) hech bir mayl-xohishlari bo‘lmagan. Agar bu ikki rahnamoda mansab mayli
bo‘lganida edi, ikkalasi ham o‘g‘illarini o‘rinlariga tayinlagan bo‘lardilar. Har ikkalasi ham
agar o‘z haqini talab qilganda edi, boshqalarning (xalifa bo‘lishiga) mone’lik vojib
bo‘lardi. Ular mone’lik yo‘liga kirmadilar, man’ qilish zaruratini tark etish lozim deb
toptilar. Agar birov man’ qilish ishiga tarafdorlik qilmasa, hammani yolgonga chiqar yoki
qabul qilgin. Agar sen Rasulullohsahobalarini yolgonchi-ga chiqarsang, unda payg‘ambar
so‘zini durust anglamabsan*. Holbuki, payg‘ambar sallallahu alayhi vassallam dedi:
Do'stlaringiz bilan baham: |