Mantiqut-tayr (nasriy bayon).
Farididdin Attor
www.ziyouz.com кутубхонаси
20
sevganlarimdir».
Agar payg‘ambar sallallahu alayhi vassallam aytgan eng yaxshi odamlar sening
nazaringda eng yomon bo‘lsa, unda seni qanday qilib «sohibnazar» (valiy) deyish
mumkin? Rasululloh sahobalari nomunosib kishini (xalifalikka
haqli deb topilmagan
odamni) shu mansabga munosib deb qabul qilishlari mumkin deb aytishga qanday tiling
bordi? Yoki shunday nomunosib odamni ular Mustafo o‘rniga o‘tqazishlari mumkinmidi?
Sahobalar bu botil ishni hargiz qilmasdilar. Bu ularga nisbatan tuhmat! Agar ul
jamoaning ixtiyor-irodalari, so‘zlari rost bo‘lmasa, unda Qur’on sahifalarini jamlab kitob
qilganlari ham rost emas ekan-da!
Yo‘q, Payg‘ambar sahobalari nimaiki qilgan bo‘lsalar, rost va to‘g‘ridir, payg‘ambar
so‘ziga muvofiqdir. Agar bir kishini yolgonchiga chiqarsang (ishini xato deb bilsang),
o‘gtiz uch ming odamni yolg‘onchilikka chiqarasan. Haq yo‘lidan adashmay,
faqat
Haqning aytganini qilgan odam, tuyaning tizzasigacha tushovini kam qilmaydi. U
qanchalarning ishini Haq sari o‘nglagan (odam)dir, Haqqa manzur kishidan gumon-
shubha qilma. Agar Abubakri Siddiqqa (mansab) mayli bo‘lganida edi, oqillar safida hech
ham bo‘lmagan bo‘lardi. Agar Abubakrda mansabga zarracha mayl bo‘lganda edi, o‘z
o‘g‘lini darra urib jazolatmas edi. Siddiq hamma vaqt yo‘lda (safarda) edi, dargoh (taxtu
toj) tashvishidan ozod edi. Qizi, molini, jonini din yo‘lida sarfladi, bunday odam hech
qachon,
zulm qilmaydi, uyalgin. Rivoyatu afsonalar changidan xoli edi, chunki aqlu
zakovat mag‘zi edi. Minbarda odob saqlagan (odam) o‘zgalarning o‘rnini egallashga
intilmaydi. Buning hammasining orqa-oldi (oqibati)ni qo‘ra bilgan odam uni nohaq
ravishda kamsitishi, unga tuhmat qilishi noo‘rin.
Yana Umari Foruqkim,
adolati bisyor edi, o‘zi gohida g‘isht quyar, gohida tikan (o‘tin)
yig‘ardi. O’zi o‘tin orqalab keltirardi, bir diram bilan to‘qqiz shaharni (piyoda) kezardi.
Har kun mana shunday qafas hibsida edi, yetti luqma non uning taomi edi, xolos. Uning
dasturxonida sirka va tuzdan boshqa narsa yo‘q edi, u baytulmol (xazina)dan non
yemasdi. Agar yotsa, to‘shagi qum edi, belidagi charm kamarini yostiq qilardi. Saqqo
(suv tashuvchi) kabi suv to‘ldirilgan meshni yelkasiga ko‘tarib,
kechqurunlari qariyalarga
suv ulashardi. Kechalari uyg‘oq o‘girib, lashkarini qo‘riqlardi. O’zini kam tutib aytardi:
«Ey, insof bilan boquvchi kishi, Umarda biror ziddiyat, nifoq ko‘rasanmi, kimki mening
aybimni yuzimga aytsa, menga eng ulug‘ tuhfa keltirgan bo‘ladi», derdi. Umar xalifalikni
xato qilib (qasddan, mansabparastlik qilib), zo‘rlik bilan qo‘lda
saqlaganda edi, og‘ir va
dag‘al namatdan tikilgan kiyimda yurmas edi. Hech vaqt yangi libos kiymas, jun
xirqasini o‘zi yamab olardi. Shohligi mana shunday faqirona bo‘lgan odamni xalifalikka
maylu rag‘bati bor deb aytish mumkinmi? Ba’zan g‘isht, ba’zida loy tashib, imorat qurish
hasharida qatnashib yurgan odam bu azoblarni ataylab mansab uchun chekardi deyish
tuhmatdan boshqa narsa emas.
Agar xalifalikni kibru havo, manmanlik bilan
boshqarganda, saltanat taxtida o‘tirgan bo‘lardi. Uning zamonida qanchadan-qancha
munkir (imonsiz)larning shaharlari imonga kirib, taslim bo‘ldi.
Agar shuning uchun unga taassub qilayotgan bo‘lsang, insofing yo‘q ekan, o‘z
olovingga o‘zing qovurilib o‘l! U (Umar) zahrdan o‘lmadi, ammo sen bu hasaddan o‘lgin,
uning zahrini totima-gansan, totganingda yuz bor o‘larding! Ey Haqni tanimagan,
Haqiqatni tan olmagan (kishi),
bu ishni qilma, o‘zingningxojaliging, ahvolingga boqib,
xalifalikni qiyos qil. Agar sening shu xojaliging (oilangga bosh bo‘lishing, ishing,
mansabing) yemirilsa, g‘am chekib jigaringga ming olov o‘rlaydi. Agar ul zotlardan birov
xalifalikni tortib olganda edi, yuz xil ofatni boshiga olgan bo‘lardi. Toki jon badanda
ekan, xalqning mas’uliyatini bo‘yinga olish oson emas.