Deviant xulq-atvor - (lot. deviatio - og‗ish) - ijtimoiy normativlar va
me‘yorlardan og‗ib ketuvchi xatti-harakat.
Dezintegratsiya – butunning ayrim qismlarga parchalanishi.
Diada - ikki kishidan iborat guruh.
Dialektika – harakat, rivojlanish, o‗zgarish haqidagi falsafiy ta‘limot.
Differensiatsiya – butunning turli-tuman qismlar, bosqichlar,
shakllarga bo‗linishi, parchalanishi, ajralishi.
Diktator (lot. dictator - buyuraman) — 1) Qadimgi Rimda yuqori
lavozimdagi shaxs. Urushda va mamlakat ichida davlat uchun katta xavf
tug‗ilgan, juda mushkul favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan paytlarda
tayinlangan. D. ayni bir vaqtda oliy fuqarolik, harbiy va sud hokimiyatiga ega
bo‗lgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ham D.ning qo‗lida bo‗lgan, u o‗ziga
qarshi qaratilgan har qanday, hatto qonuniy xatti-harakatlardan ham
qo‗rqmagan. D.lik lavozimiga avval faqat patritsiylar, mil. av. 356 y.dan esa
plebeylar ham qo‗yilgan. Mil. av. I asrda muddatsiz diktatura ham bo‗lgan
(mas. Sezar diktaturasi); 2) cheklanmagan hokimiyatga ega bo‗lgan yakka
hukmron shaxs, hokimi mutlaq; 3) ko‗chma ma‘noda - o‗z xohish-irodasini
boshqalarga majburan qabul qildiruvchi shaxs.
Diktatura (lot. dictatura - cheklanmagan hokimiyat) — davlat
hokimiyatini nodemokratik usullar b-n amalga oshirish tizimini ifodalovchi
tushuncha, avtoritar yoki totalitar rejim. D.ga asoslangan siyosiy rejimda
xrki-miyat bir shaxs - diktator yoki bir necha shaxslarning qo‗lida
markazlashadi, siyosatda zo‗ravonlik va terror kuchayadi. D. o‗rnatilganligi
diktatorlik hokimiyatining cheklanmaganligi va nazoratsizligi, konstitutsiya
e‘lon qilgan demokratik ququklar va erkinliklar toptalishi, vakillik
organlarining huquklari cheklanishi b-n ajralib turadi. Hokimiyat to‗g‗ridan-
to‗g‗ri zo‗ravonlikka tayanadi. Odatda, yirik ijtimoiy guruhlar D.ni ifoda
etuvchi kuch sifatida namoyon bo‗lsa ham, u bir shaxs yoki bir guruh
shaxslarda mujassamlashadi (Qad. Rimda harbiy boshliqlar D.si va
triumviratlar, mutlaq monarxlar, hoz. avtoritar tuzumlar, xuntalar va h. k.).
Tarixga ko‗ra, biron-bir davlatda D. o‗rnatilishi, odatda, ichki o‗zaro kurash
g‗oyat keskin tus olgan davrlar b-n bog‗liq bo‗lgan (mas., Ispaniyada Franko
D.si, natsistlar Germaniyasida fashistlar D.si, sobiq sho‗rolar davrida Stalin
D.si va b.).
Din (religion) — muayyan hamjamiyat a‘zolarining e‘tiqodi bo‗lib, o‗z
ichiga sig‗inish va ehtirom bilan qaraladigan timsollar, shuning-dek,
ritual(marosim)larni qamrab oladi. G‗ayritabiiy moxiyatlarga e‘tiqod qilish
hamma dinlarda ham mavjud emas. Din va sehrgarlik o‗rtasidagi tafovutni
anikdash ancha qiyin, ko‗pincha sehrgarlik alo-hida individlar tomonidan
amalga oshiriladi va u ijtimoiy ritu-allar fokusida bo‗la olmaydi, deb
hisoblanadi.
31
Do'stlaringiz bilan baham: |