Dramaturgik model — ijtimoiy o‗zaro ta‘sirlarni o‗rganishda teatr
bilan bog‗liq metaforalardan foydalanadigan yondoshuv.
Dunyo sistemasining yadrosi — sanoati rivojlangan yetakchi
mamlakatlar, jahon iqtisodiyotida ular markaziy mavqeni egallaydilar
(avvalo, AQSH, G‗arbiy Yevropa, Yaponiya mamlakatlari)
Dyurkgeym Emil (1858-1917) – fransuz sotsiologi va faylasufi,
klassik sotsiologiya asoschisi, jahonda birinchi sotsiologiya professori,
―Sotsiologik yilnoma‖ (1896-1913) jurnalining asoschisi va noshiri. D.
Sorbonna va Parij un-tlarida sotsiologiyadan dars berdi, sotsiologiyaning
o‗quv predmeti, fan va kasb sifatida rivojlanishiga katta hissa qo‗shdi.
―Sotsiologiya elementlari‖ (1889), ―Ijtimoiy mehnatning taqsimlanishi
to‗g‗risida‖ (1893), ―Sotsiologik metod qoidalari‖ (1895), ―O‗z joniga
suiqasd qilish‖ (1897), ―Diniy hayotning elementar shakllari‖ (1912),
―Sotsiologiya va falsafa‖ (1924) singari asarlarida Monteskye, J.Russo,
O.Kont, I.Kant, G.Spenserning ilg‗or an‘analarini davom ettirdi, sotsiologiya
ob‘ekti, sotsial reallikning o‗ziga xosligi, uning insonga nisbatan majbur
qiluvchi kuchga ega ekanligini asosladi. D. pozitiv sotsiologiyaning
nazariyotchisi sifatida ―sotsial fakt‖, ―sotsial bilish‖, ―sotsial birdamlik‖,
―mehnat taqsimoti‖, ―o‗z joniga suiqasd qilish‖ tushunchalarini ishlab chiqdi
va ilmiy muomalaga kiritdi. Uning barcha asarlarida ―sotsial fakt‖
tushunchasi muhim o‗rin egalladi. D.ning ta‘kidlashicha, sotsial hayot asosini
sotsial faktlar tashkil etadi, uni voqelikning na iqtisodiy, na psixik, na
jismoniy omillari b-n ayniylashtirib bo‗lmaydi: sotsial faktlar o‗ziga xos
xususiyat va belgilarga ega. Sotsial faktlarning eng muhim belgilari ularning
ob‘ektivligi, individga bog‗liq bo‗lmagan holda yashashga qodirligi va
individga nisbatan majbur qiluvchi kuchga ega ekanligidir. D. sotsial
faktlarni ikkiga ajratdi: 1) morfologik; 2) ma‘naviy, nomoddiy faktlar. D.
jamiyat taraqqiyotida kollektiv ongning muhim ahamiyatga ega ekanligini
ta‘kidlab, uning turli shakllari (din, axloq, xuquq)ni tadqiq etdi. D.
sotsiologik konsepsiyasining nazariy-metodologik asosini sotsiologizm
tamoyili tashkil etadi. D. sotsiologizm tamoyiliga tayanib, jamiyatning
individdan jismoniy va ma‘naviy jihatdan ustunligini ko‗rsatdi. D. inson
33
uchun individuallik va sotsiallik xosligini, jamiyatsiz din ham, axloq ham,
siyosat ham, iqtisodiy i-tlar ham mavjud bo‗la olmasligini, sotsiologizm
tamoyiliga ko‗ra, ―sotsiallikni faqat sotsiallik orqaligina‖ izohlash lozimligini
ta‘kidladi. D. ta‘limotining ikkinchi nazariy – metodologik tamoyili ―sotsial
birdamlik‖dir. Bu tamoyil D.ning mehnat taqsimoti, din, siyosiy hokimiyat,
jamiyat iqtisodiy i-tlari shakllarining o‗zgarishi to‗g‗risidagi ta‘limoti muhim
ahamiyatga ega bo‗ldi. D.ning ta‘kidlashicha, jamiyatdagi sotsial birdamlik
darajasining o‗sib borishi b-n sotsial taraqqiyot ro‗y beradi. U sotsial
birdamlikning ikki variantini: a) mexanik, b) organik birdamlikni farqladi.
Mexanik birdamlik arxaik jamiyatlar uchun xos bo‗lib,unda kishilar sotsial
jihatdan teng bo‗ladilar, individlar o‗z qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniga
ega bo‗lmaydilar, axloq normalaridan har qanday chekinish shafqatsiz
jazolanadi. Organik birdamlik sanoatlashgan jamiyat uchun xos bo‗lib, unda
inson faoliyati va uning mahsulini ayrboshlash imkoniyati jamiyat a‘zolari
o‗rtasidagi aloqadorlik va uzviy bog‗liqlikni kuchaytiradi. Ijtimoiy mehnat
taqsimotining muhim funksiyasi individlarni jipslashtirishga, sotsial
organizmning yaxlitligini ta‘minlashga qaratiladi. Chunki bunday jamiyatda
individlar yolg‗iz holda nomukammaldir. D.ning fikricha, ijtimoiy
birdamlikni rivojlantirish uchun turli kasaba uyushmalar tashkil etish lozim.
Ular ishlab chiqarishdan tortib to madaniy va axloqiy funksiyalarni bajarishi,
mehnat va kapital o‗rtasidagi munosabatlarni tartibga solishi, shaxsni
rivojlantirish va jamiyatdagi inqirozlarni bartaraf etish uchun imkoniyat
yaratishi kerak. D.ning barcha asarlarida din jamiyat tabiiy rivojlanishining
mahsulidir, degan g‗oya ilgari surildi. Uning fikricha, dinning muhim
vazifasi - jamiyatni jipslashtirish va ijtimoiy rivojlanishga beradigan
g‗oyalarni ilgari surish. D. axloqiy qadriyatlarni saqlashda, insonni
tarbiyalashda, ―pozitiv birdamlik‖ni qaror toptirishda dinning katta
ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidladi. D.ning ―o‗z joniga suiqasd qilish‖
asarila o‗z joniga suiqasd qilish asosan psixologik ildizga ega ekanligi
to‗g‗risidagi konsepsiyalarni keskin rad etib, o‗z joniga suiqasd qilishning
sababchisi sotsial hayot, uning qadriyatli-normativ talablari, sotsial
aloqalarning muayyan darajada tezlashuvi ekanligini ko‗rsatdi. D. o‗z joniga
suiqasd qilishning: 1) egoistik; 2) altruistik; 3) anomik tiplarini ajratdi. D.
tomonidan ishlab chiqilgan o‗z joniga suiqasd qilishning nazariy masalalari,
uni tadqiq etish usullari hoz. vaqtda jahon sotsiologlari tomonidan
qo‗llanilyapti. D. o‗zidan boy ilmiy meros, original sotsiologik naz-ya va
katta maktab qoldirdi. Uning shogirdlari (S.Bugle, J.Davi, Moss va b.) D.
ta‘limoti asosida sotsiologiyada yangi yo‗nalish yaratdilar. D. o‗zining
betakror va original sotsiologik ta‘limoti b-n jahon ijtimoiy fal.si va
sotsiologiyasi rivojida alohida o‗rin tutadi.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |