Umum harbiy majburiyat — muayyan yoshdagi individ (yoki muayyan
yoshdagi erkaklar) harbiy tayyorgarlik davridan o‗tishini ko‗zda tutuvchi davlat
xizmati tizimi.
Umumiy farovonlik davlati — o‗z fuqarolarini ko‗p imtiyoz va yordam
bilan ta‘minlovchi siyosiy tizim.
Undov-reaksiya — beixtiyor undovlar, masalan hayratlanish, rohatlanish
yoki kutilmaganlikni ifodalash.
Urbanistik ekologiya — tabiatdagi organizm va o‗simliklarning atrof-
muhitga moslashishiga qiyoslab shahar hayotini o‗rganishga bo‗lgan
yondoshuv. Mazkur yondoshuvga ko‗ra, shahardagi tuman va mintaqalar shahar
aholisining tabiiy moslashishi (adaptatsiya) natijasida yoki individlarning
muayyan zaxiralarga egalik qilish uchun raqobati natijasida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |